9-laboratoriya ishi


Download 53.13 Kb.
bet2/9
Sana09.06.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1470200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-laboratoriya ishi

Nazariy qism


Mavjud vaqt, film sujetidan kelib chiqqan holda, hamda o‘z badiiy imkoniyatlaringizdan foydalanib, film personajlarini «tiriltirish» usullaridan birini tanlab olish mumkin:

  • kadrma-kadr animatsiya (Frame-by-frame, «kadr ortidan kadr»), bunda har bir navbatdagi kadrni siz o‘z qo‘llaringiz bilan yaratasiz (yoki uni tashqi manbadan olasiz (import qilasiz));

  • avtomatik animatsiya (tweened-animatsiya), bu holda siz faqat asosiy kadrlarnigina terasiz, barcha oraliq kadrlarni esa Flash mustaqil tarzda shakllantiradi;

  • dasturiy animatsiya, bunda obyekt harakatlari ActionScript tili yordamida bayon etiladi.

Barcha ushbu mexanizmlarni birlashtirish mumkin.
Oddiy kadrni joyiga qo‘yish uchun F5 klavishasi, asosiy kadrni qo‘shish yoki oddiy kadrni asosiyga aylantirish uchun esa – F6, sof asosiy kadrni qo‘shish uchun – F7, istalgan kadrni o‘chirib yuborish uchun – SHIFT+F5 klavishasi bosiladi.
1-misol. Misol uchun, film «qahramoni» - yerga tushib, uch qismga bo‘linib ketadigan shar bo‘ladi deb faraz qilamiz. Buning uchun besh kadr kifoya qiladi:

  1. boshlang‘ich holatdagi shar;

  2. shar pastga tushdi, ammo u hali sinmagan;

  3. sharning birinchi bo‘lagi bo‘linib ketdi;

  4. undan ikkinchi bo‘lak ajralib tushdi;

  5. stol ustida sharning singan parchalari sochilib yotibdi.

Tasvirlangan sujetga muvofiq, ish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. stolda yuqorida ko‘rsatilgan kadrlarga muvofiq to‘rt tasvir yarating;

  2. Flash instrumentlari asosiy panelidagi New (Yaratilsin) tugmachasiga chertib, filmning «toza» stolli yangi faylini yarating;

  3. muvaqqat diagrammada birinchi kadr yacheykasiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan cherting va kontekstli menuda Insert Keyframe (Asosiy kadrni joylang (Asosiy kadr joylansin)) komandasini tanlang;

  4. shar tasviri yaratilgan oynadan dastlabki tasvirni ko‘chirib oling va uni stolning biron-bir yuqori qismida joylashtiring; bunda muvaqqat diagrammadagi birinchi kadr asosiy kadr sifatida (qora nuqta bilan) belgilab qo‘yiladi;

  5. sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan ikkinchi kadr yacheykasiga cherting va kontekstli menuda Insert Keyframe komandasini tanlang. Bunda kadr shu zahoti asosiy sifatida belgilab qo‘yiladi, chunki uning uchun avvalgi kadrdagi tasvir olib qo‘yiladi. undan foydalaning va shar tasvirini stolning quyi qismiga ko‘chirib qo‘ying;

  6. sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan uchinchi kadr yacheykasiga cherting va kontekstli menuda yana Insert Keyframe komandasini tanlab oling. Yangi kadr ham asosiy sifatida belgilanib, uning uchun avvalgi tasvir saqlab qolinadi. Uni tahrirlash yoki kerakli tasvir bilan almashtirish mumkin;

  7. kontekstli menuda Insert Keyframe komandasini tanlash va stolga tegishli tasvirni joylashtirish bilan to‘rtinchi va beshinchi kadrlarni yarating.

Film namoyish etilishi uchun shunchaki klavishasiga (Control menusi, Play - «namoyish etilsin» komandasi) bosishning o‘zi kifoya. Bunda muvaqqat diagrammalar panelining «o‘qib oladigan» kallagi avtomat tarzda joriy kadrdan so‘nggi asosiy kadrga o‘tadi. Siz muvaqqat diagrammaning tegishli yacheykasiga sichqonchaning chap tugmachasi bilan chertib, istagan kadringizni majburiy ravishda ko‘rib chiqish uchun tanlab olishingiz mumkin.
Alohida kadr xossalarini ham kadr xossalari inspektori paneli yordamida o‘zgartirish mumkin. Har qanday «statik» kadr uchun, bu panel bir xil elementlar yig‘indisiga ega:

  • matn maydoni (Kadr belgisi), u kadr nomi (yoki belgisi)ni kiritish uchun mo‘ljallangan. Flash da joriy etilgan belgilar mexanizmi film kadrlari orasida navigatsiyani amalga oshirish imkonini berib, bu tufayli saytga tafrif buyuruvchilar u yoki bu kadrga qaytishlari mumkin. O‘tish mexanizmining o‘zi ActionScript dagi ssenariy ko‘rinishida amalga oshiriladi;

  • tweened-animatsiya dan foydalanishning ehtimoliy usullari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan Tween (xizmatga tayyor) ochiladigan ro‘yxati; bunday usullar uchta:

None (Nikak) — tweened-animatsiya qo‘llanmaydi;
Motion (Harakat) - tweened-harakat animatsiyasi;
Shape (Forma) - tweened-animatsiya obyektning transformatsiyasi animatsiyasi;

  • Sound (tovush) ochiladigan ro‘yxati, tovush ramzini tanlash va uni kadr bilan bog‘lash imkonini beradi. Agar filmning bironta kadri bilan tovosh bog‘liq bo‘lmasa, u holda ro‘yxat yagona bandga ega bo‘ladi - None (hech qanday). Tovush parametrlarini o‘rnatish bilan bog‘liq qolgan elementlarni, faqat kadrga tovush ramzi belgilanganidan so‘ng ishlatish mumkin bo‘ladi;

  • Nomsiz, ammo uzun izohiga ega bo‘lgan tugmacha - Edit the action script for this object (ushbu obyekt uchun ssenariy tahrir etilsin), unga chertish ActionScript redaktori paneli chaqirilishini ta’minlaydi.


Download 53.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling