4-mashq. Bir necha asosiy kadrli animatsiya
Vazifani bajarish namunasi 5_4.swf faylida joylashgan:
suv tomchisining rasmini chizing. Uni ramzga aylantiring;
birinchi kadrda asosiy kadrni joylashtiring. Tomchini stolning yuqorisida joylashtiring;
ma’lum miqdordagi kadrlarni o‘tkazib yuboring va ikkinchi asosiy kadrni joylashtiring;
ikkinchi asosiy kadrda ishchi stolining quyi qismida tomchini joylashtiring va uning masshtabini kattalashtiring;
Tweening (Kadrlashtirish) vkladkasiga o‘ting va ochilayotgan Tweening ro‘yxatida Motion (Harakat) bandini tanlang;
bir tomchi, kattalasha borib, harakatlanayotgani yoki harakatlanmayotganligini tekshiring;
yangi qatlam yarating;
bir necha bo‘sh kadrni o‘tkazib yuboring va, masalan, 10-kadrda asosiy kadrni joylashtiring;
ramzlar kutubxonasi oynasini oching, Window |Library (Okno | Biblioteka) komandasini bajarib, tomchi tasvirini stolga o‘tkazing;
tomchini stolning tepasida joylashtiring;
shundan keyin kattalashib borayotgan tomchi harakatini yaratish bo‘yicha bandlarni takrorlang;
harakatlanayotgan tomchilari bo‘lgan 5 ta qatlamni shunday yaratingki, ular o‘z harakatini turli vaqtda boshlab, turli vaqtda tugatsinlar;
olingan animatsiyani tekshirib ko‘ring.
5-mashq. Ko‘p qatlamli tasvirdagi animatsiya
Vazifani bajarish namunasi 5_5.swf faylida joylashgan:
eng quyi qatlamda akvariumdagi suvni anglatgan moviy rangli to‘g‘ri to‘rtburchak rasmini chizing;
navbatdagi qatlamda suv havzasi tubidagi toshlar va suv o‘tlari rasmini chizing;
navbatdagi qatlamda berilgan trayektoriya bo‘ylab suzayotgan baliqchani chizing;
navbatdagi qatlamda yana suv o‘tlari rasmini chizing. Shunda baliqcha ular ortida suzayotgan kabi tasavvur hosil bo‘ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |