9-laboratoriya ishi


Harakatlanishda mo‘ljal (yo‘nalish) olish (oriyentatsiya`)


Download 53.13 Kb.
bet9/9
Sana09.06.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1470200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-laboratoriya ishi

Harakatlanishda mo‘ljal (yo‘nalish) olish (oriyentatsiya`). Harakatlanishda eng ma’qul variantlardan biri – yo‘naltiruvchi yo‘l bo‘ylab harakatlanishdan iborat. Ana shunday yo‘lni yaratish uchun maxsus qatlam kerak bo‘lib, u yo‘naltiruvchilar qatlami deb nom olgan. Bunday qatlamda tushirilgan chiziqlar SWF-faylda ko‘rinmaydi va ana shunday yo‘l obyektni ilon izi trayektoriyasi bo‘ylab olib borishi mumkin bo‘lsa ham, shunga qaramay, u filmni tomosha qilish paytida ekranda paydo bo‘lmaydi.
Obyektni yo‘naltiruvchi yo‘l bo‘ylab harakatlantirish uchun quyidagi harakatlarni bajarish shart:

  1. boshi va so‘nggi qismida ikkita asosiy kadri bo‘lgan motion tweening tipidagi sodda animatsiyani hosil qiling;

  2. motion tweening tipidagi animatsiyali kadrlarni o‘z ichiga olgan qatlamni tanlang, so‘ng Insert / Motion Guide komandasini tanlab harakat yo‘naltiruvchisini qo‘shing. Uning muqobili sifatida sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan ochilgan kontekstli menuda Add Motion Guide bandini tanlang. Harakat yo‘naltiruvchisini shuningdek, muvaqqat shkalaning chap quyi burchagida joylashgan Add Motion Guide tugmachasi bilan chertish orqali ham yaratish mumkin. Bu holda harakat yo‘naltiruvchilari qatlami hosil bo‘ladi;

  3. hosil qilingan harakat yo‘naltiruvchilari qatlamining birinchi kadrini tanlab oling va rasm chizish instrumentlari yordamida obyekt harakatlanishi kerak bo‘lgan silxish trayektoriyasini yarating;

  4. endi obyektni hosil qilingan harakat trayektoriyasi bilan bog‘lang. Animatsiyaning birinchi kadrini tanlang, Properties (Parametrlar) panelini oching, Snap (Privyazka) bayroqchasi belgilab qo‘yilganligiga ishonch hosil qiling. Bu obyektning qayd etilish nuqtasini harakat trayektoriyasiga bog‘lash uchun zarur;

  5. obyektni tanlab oling va uni shunday siljitingki, obyektning qayd etilish nuqtasi harakat trayektoriyasining boshlang‘ich nuqtasiga muvofiq kelsin;

  6. animatsiyaning so‘nggi asosiy kadrini tanlang. Obyektni shunday siljitingki, obyektning qayd etilgan nuqtasi harakat trayektoriyasining yakuniy nuqtasi bilan mos tushsin. Agar obyektni harakatlantirishda qayd etilish nuqtasi paydo bo‘lmasa, sichqonchaning chap tugmachasini bosing va obyektni harakatlanish yo‘lini tugatish nuqtasiga jildirishdan avval, uni bir necha soniya tutib turing.

Nazorat savollari

    1. Kadrma-kadr animatsiya avtomatik animatsiyadan nimasi bilan farq qiladi?

    2. Avtomatik animatsiyaning o‘zi nima?

    3. Avtomatik animatsiyaning qaysi turlari mavjud?

    4. Obyektning avtomatik harakat animatsiyasi qanday yaratiladi?

    5. Animatsiyaning bir necha turlarini qo‘shish mumkinmi?

Download 53.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling