9-laboratoriya ishi


-misol. Sharcha harakatining animatsiyasi uchun Create Motion Tween


Download 53.13 Kb.
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1470200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-laboratoriya ishi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Tween
2.2-misol. Sharcha harakatining animatsiyasi uchun Create Motion Tween komandasi yordamida quyidagi harakatlarni bajarish talab etiladi (sharcha birinchi kadrda mavjud deb hisoblaymiz):

  1. o‘ng tugmacha bilan birinchi kadr yacheykasi ichiga cherting va v kontekstli menuda Create Motion Tween (Harakat animatsiyasi yaratilsin) komandasini tanlang. Bu holda shar tasviri avtomatik tarzda tweenl nomli grafik ramzga o‘zgartiriladi (o‘zgarishning vizual belgisi – shar markazida “bog‘lanish” nuqtasi va ajralib turadigan ramka paydo bo‘lishi

hisoblanadi);

  1. o‘ng tugmacha bilan animatsion ketma-ketlikda so‘nggi qilib qoldirmoqchi bo‘lgan kadringiz yacheykasi ichiga cherting (masalan, 10chi) va kontekstli menuda Insert Frame (Vstavit kadr) komandasini tanlang. Natijada birinchi va so‘nggi kadrlar orasida uzuq chiziq paydo bo‘ladi;

  2. sharni yangi pozitsiyaga ko‘chiring (stolning o‘ng qismiga), natijada animatsiyaning so‘nggi kadri avtomat tarzda asosiy kadrga aylanib, uzuq chiziq esa strelkali chiziqcha bilan almashtiriladi.

Shu bilan animatsiya yaratish tugallandi. Agar siz endi kadrning xossalar inspektori paneliga ko‘z tashlasangiz, bu holda Tween ro‘yxatida
Motion varianti tanlanganini ko‘rasiz.
Harakatning tweened-animatsiyasi tarkibiga kirgan kadr uchun xossalar inspektora panelida quyidagi parametrlar o‘rnatilishi mumkin:

  • obyektni masshtablashtirish imkoniyati. Avtomatik animatsiyaning ushbu variantiga yo‘l qo‘yish uchun Scale (masshtab) bayroqchasini o‘rnatish lozim;

  • O‘zgarishlar tezligi. O‘rnatilgan tarzda (po umolchaniyu) o‘zgarishlar doimiy sur’at bilan kechadilar, ammo siz Easing

(Sekinlashuv) parametrining qiymatlarini o‘zgartirib, uni boshqarishingiz mumkin: bu parametrning manfiy qiymatlari (-1 dan -100 gacha) o‘zgarishlar asta-sekin tezlashib borishini, musbat qiymatlar esa (1 dan 100 gacha), aksincha, o‘zgarishlarning bir maromda sekinlashuvini anglatadilar;

  • obyekt aylanishini animatsiya qilish imkoniyati. Aylanish yo‘nalishi va davomiyligi ochiladigan Rotate (aylantirish) ro‘yxati va u bilan yonmayon joylashgan times (davomiylik) matn maydoni yordamida tanlanadi. Rotate ro‘yxatida quyidagi variantlar mavjud:

None (aylantirishsiz) – aylantirish animatsiyasi ishlatilmaydi;
Auto (Avtomatik aylantirish) - obyekt eng kam miqdordagi harakat talab qiladigan yo‘nalishda aylanadi;
CW (Clockwise - soat strelkasi bo‘ylab) - obyekt soat strelkasi bo‘ylab aylanadi. Aylanishlar soni times maydonida beriladi;
CCW (Counterclockwise - soat strelkasiga qarshi) - obyekt soat strelkasiga qarshi aylanadi. Aylanishlar soni times maydonida beriladi;

  • Obyekt harakatining nochiziqli (ixtiyoriy) trayektoriyasini berish imkoniyati; Orient to Path (Ukazat marshrut) bayroqchasini o‘rnatish bilan ta’minlanadi. Trayektoriyaning qo‘shimcha parametrlariga Sync (Synchronization - sinxronizatsiya) va Snap (Privyazka) bayroqchalari yordamida o‘zgartirish kiritiladi.

Obyektlar o‘lchamlarini o‘zgartirish animatsiya qilish amaliyotini batafsilroq ko‘rib chiqaylik. Buning uchun yana sharli misolga qaytamiz.

Download 53.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling