Kadrlarni ko‘rib chiqish rejimlarini boshqarish. Ko‘pgina hollarda stolda bir vaqtning o‘zida animatsiya barcha asosiy kadrlarining mazmunini ko‘rish qulay. Flash ana shunday birlashtirishning bir necha variantini ta’minlab beradi. Variant muvaqqat diagramma panelining quyi chekkasida joylashgan tugmachalar yordamida tanlanadi:
Onion Skin (Kalka) – bir vaqtning o‘zida bir necha kadrni ko‘rib chiqish rejimini ishga tushirish;
Onion Skin Outlines (Kalkadagi konturlar) – faol kadrga qo‘shni
(yonidagi) kadrlar faqat kontur ko‘rinishida taqdim etiladigan rejimni ishga tushirish;
Edit Multiple Frames (Bir necha kadrga tuzatish kiritish) – barcha ko‘rinib turgan kadrlarni tahrir qilish imkoni mavjud bo‘lgan rejimni ishga tushirish;
Modify Onion Markers (Markerlar parametrlari o‘zgartirilsin) – tugmachaga chertish shunday menuni ochib, uning yordamida chegara markerlari parametrlari o‘zgartirilishi mumkin;
Onion 2 (2 tasi ko‘rinadi) – stolda faol kadr yonidagi ikkitadan kadr aks etadi (o‘ng va chapdagi);
Onion 5 (5 tasi ko‘rinadi) – stolda faol kadrning o‘ng va chap tarafidagi beshtadan kadr aks etadi;
Onion All (Hammasi ko‘rinadi) – stolda animatsiyaning barcha kadrlari aks etadi.
2-mashq. Berilgan trayektoriya bo‘yicha harakatni kadrlash Vazifani bajarish namunasi 5_1.swf faylda joylashgan:
Stolning chap yuqori burchagida yashil rangli to‘g‘ri burchakni hosil qiling. Birinchi asosiy kadrni ajratib oling va Vstavit/Sozdat dvoynoye dvijeniye komandasini bajaring;
40-kadrni ajratib oling va Vstavit/Kadr komandasini bajaring. Obyektni stolning o‘ng quyi burchagiga siljiting;
obyektning harakat tezligini shunday o‘zgartiringki, u sekin sur’at bilan harakatlana boshlab, harakat oxirida tezlashsin;
qatlamni ajratib oling va Insert | Motion Guide (Vstavka | Trayektoriya dvijeniya (Harakat trayektoriyasi)) komandasini bajaring, yoki muvaqqat diagrammasidagi Dobavit sloy dvijeniya Harakat qatlami qo‘shilsin tugmachasidan foydalaning;
Do'stlaringiz bilan baham: |