9-ma’ruza (2 soat) 15-mavzu. Fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari(2 soat). Reja


Download 36.39 Kb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi36.39 Kb.
#1021774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza

II-qism. Ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda (favqulodda rejimda):
-favqulodda vaziyat sodir bo‘lgani haqida boshqaruv organlariga, ishchi va xizmatchilarga, qolgan aholiga bildirish tartibi. Favqulodda vaziyat o‘chog‘ida razvedkani tashkil etish va sharoitni oldindan bashoratlash;
-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarga jalb qilingan kuch va vositalarni shaylik holatiga keltirish. Ularning tarkibi, shay bo‘lish muddati, vazifalari. Ishlarni tashkil etish;
-aholini muhofaza qilish: muhofaza inshootlariga yashirish, shaxsiy muhofaza vositalari, dozimetrik va kimyoviy o‘lchov asboblari bilan ta’minlash, davolash va epidemiyaga qarshi tadbirlar. Aholini evakuatsiya qilish va ko‘chirish, ularning hajmi, muddatlari, tartibi va buning uchun jalb qilinadigan kuchlar va vositalar;
-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar o‘tkazishga jalb etiladigan, shuningdek aholini, qishloq xo‘jaligi xayvonlarini, chorvachilik va ekin mahsulotlarini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilishiga jalb qilinadigan FVDT hududiy quyi tizimi kuch va vositalarining faoliyatini ta’minlash;
-odamlar hayoti va salomatligiga bevosita xavfni yo‘q qilish yuzasidan qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni o‘tkazish, aholi hayot faoliyatini qayta tiklash;
-harbiy qo‘mondonlik organlari bilan hamkorlik qilish;
-FVDT hududiy quyi tizimi tadbirlarini boshqaruv, boshqarish punktlariga joylashish tartibi, FVDT boshqaruv organlari kuchlarini, ishchilar, xizmatchilar va qolgan aholini sharoit haqida, ularning shikast o‘chog‘idagi faoliyatlari va xatti-harakat qoidalari haqida xabarlash va axborot bilan ta’minlash, bo‘ysunuvchi, yuqori va xamkorlik qiluvchi boshqaruv organlari bilan aloqa tashkil etish;
-Favqulodda vaziyatlar joyida atrof tabiiy muhit holatini, avariya holatidagi ob’ektlar va ularga tutash hududlardagi sharoitni uzluksiz nazorat qilish rejalashtiriladi.
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining favqulodda vaziyatlarni tugatish to‘g‘risidagi qarori (viloyat xaritasi va shaharlarning rejasi).
2. FVDT hududiy quyi tizimining favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lgandagi asosiy tadbirlarining kalendar rejasi.
3. FVDT hududiy quyi tizimining favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lgandagi tadbirlarini bajarishga jalb qilinadigan kuch va vositalarining hisobi (har bir tadbir haqidagi umumiy ma’lumotlar).
4. Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruv, xabar berish va aloqani tashqil qilish (sxemasi).
Izohlar:
Respublika, shahar, tuman, qishloq kengashi, mahalla qo‘mitasi va xalq xo‘jaligi ob’ekti (XXO) rejalari bir xil tuzilishda ishlab chiqiladi;
ikkinchi bo‘lim favqulodda vaziyatlarning viloyat uchun ehtimoli bor har qaysi turi bo‘yicha ishlab chiqiladi;
rejalarni tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlari tasdiqlaydi, itoat tartibiga binoan kelishib olinadi, reja ikki nusxada tuzilib, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotga jo‘natiladi.
Iqtisodiyot, kimyoviy obyektlari rejalarining xususiyatlari.
Korxona fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarori ob’ektning Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish rejasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Fuqaro muhofazasi boshlig‘i kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqib (chiqib) ketganda yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan kimyoviy sharoitdan chiqariladigan xulosalarni beradi va quyidagilarni belgilaydi;
-ob’ekt xodimlarini va korxona yaqinida yashovchi aholini muhofaza qilishga oid asosiy vazifalari;
-muhofaza tadbirlarini o‘tkazish qaroridan maqsad;
-jalb qilinadigan FVDT kuchlari, ularning tarkibi, vazifalari va shay bo‘lish muddatlari;
-hamkorlikni tashkil etish xamda kuchlar va boshqaruv organlari xatti-harakatlarini ta’minlash asoslari.
Rejani fuqaro muhofazasi boshlig‘ining o‘rinbosari ishlab chiqadi. Ayrim masalalarini hal etish uchun xabar berish va aloqa xizmatining, tibbiy, radiatsiyaga va kimyoviy moddalarga qarshi muhofaza, jamoat tartibini saqlash, yong‘indan saqlash xizmatlarining, moddiy-texnik ta’minoti, avariya, texnik va boshqa xizmatlarning boshliqlari rejani ishlab chiqishga jalb qilinadi.
Reja – bu kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqib (chiqib) ketgan avariyalarda xodimlar va aholini muhofaza qilish tadbirlarining hajmini, tashkil etilishini bajarilish tartibi va muddatlarini belgilab beradigan hujjatdir. Unda fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tadbirlarni bajarish haqidagi qarori, gazdan qutqarish ishlari kuch va vositalarini aniqlash, kuch va vositalar o‘zaro hamkorligini, har yoqlama ta’minlanishini va ularni boshqarish, ob’ekt xodimlarining va aholining xatti-harakat tartibini belgilash, boshqaruv organlarining ish tartibi bayon etiladi.
Bu bo‘limda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1. Ob’ektning umumiy ma’lumotlari va kimyoviy xavf tavsifi.
Bunda quyidagilar bayon etiladi: qaysi idoraga qarashligi, korxonadagi ishchi va xizmatchilar soni, eng ko‘p odam ishlaydigan smena, ob’ekt yaqinida yashovchi aholi soni, istiqomat va ishlab chiqarish hududlariga nisbatan ob’ektning joylashgan o‘rni, ishlab chiqarishda ishlatiladigan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar turlari va miqdori.
2. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning saqlash va ishlab chiqarishda ishlatilish sharoiti haqidagi ma’lumotlar: saqlanish usullari; texnologik jarayonda ishlatiladigan moddalarning har biri bo‘yicha alohida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddaning saqlanish joylari, miqdori va sharoiti, ishlab chiqarish qurilishlariga nisbatan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning joylashtirilganligini, ehtimol bo‘lgan kimyoviy shikast o‘choqlarini cheklab oladigan avariyaga qarshi vositalar soni.
3. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni olish va turdosh ob’ektlarga jo‘natish, shuningdek ob’ekt ichida tashish tartibi: qanday transportda ob’ektga kelishi va boshqa ob’ektlarga jo‘natilishi, kelib turish (jo‘natilish) davriyligi.
4. Ob’yektda avariya xavfsizligi xizmati tashkil etish:
a) shikastlanish o‘choqlarini cheklab olish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kuch va vositalar, ob’ektda dispetcherlik xizmati yoki kecha-kunduz navbatchilik tashkil etilishi;
b) ob’yekt xodimlari va ob’ekt yaqinida istiqomat qiluvchi aholining shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanganligi, shikast o‘choqlarini yo‘qotish va avariya-qutqaruv ishlari o‘tkazishga mo‘ljallangan tuzilmalarning shaxsiy tarkibi muhofaza vositalari bilan ta’minlanganligi;
v) ob’yekt joylashgan joydagi meteorologik va topografik sharoit tavsifi: shamol yo‘nalishlari sxemasiga muvofiq erga yaqin shamol qatlamining yo‘nalishi va esish tezligi, yer yuzasi relefining va qurilishlarning xarakteri, ularning kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda bug‘lari tarqalishiga qanday ta’sir etishi mumkinligi, kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda to‘planib qolishi va oqib kirishi ehtimoli bor joylar;
g) ishlab chiqarishda ishlatib bo‘lingan kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda saqalanishidagi ehtimoli eng ko‘p qaltis joylar hamda ishlab chiqarish avariyasi yuzaga kelgudek bo‘lsa bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy sharoit: texnologik ish tartibidagi quvurlarning germetikliligini buzilish ehtimoli bor tutash joylari, tabiiy ofatlar va h.k, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddadan zaharlanish ehtimol bo‘lgan zonaning uzunligi va maydoni, ishchi smena va aholining zaharlanish xavfi qay darajada ekani.
Rejaning birinchi bo‘limiga ilova tarzida ob’ektda yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan sharoit tasvirlangan sxema xarita ishlab chiqilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: omborlardagi va texnologik jarayondagi kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddaning qaerdaligi, turlari va miqdori. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda bug‘ining tarqalish masofasi haqidagi ma’lumotlar; kimyoviy xavfli korxonalar yaqinidagi ob’ektlar va turar joy mavzelari, ob’ekt turgan joydagi o‘rtacha meteorologik sharoit; avariya-qutqaruv ishlari olib boradigan kuch va vositalar tarkibi, ularni shikastlanish o‘chog‘iga kiritish tartibi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kimyoviy sharoitga berilgan bahodan chiqarilgan qisqacha xulosalar.
Xulosalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf darajasi ko‘rsatiladi:
-ishlab chiqarish (bitta sex, umuman korxona) xodimlarini va aholini muhofaza qilish tadbirlari qanday ko‘lamda o‘tkazilishi kerakligi;
-shikastlanish o‘chog‘ini cheklab olish va yo‘qotish uchun ob’ekt kuchlar bilan qay daraja ta’minlanganligi hamda bu kuchlarni xalq xo‘jaligi boshqa ob’ektlari kuchlari bilan kuchaytirish zarurati.
Birinchi bo‘limga ilova tarzida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar zahirasining saqlanish sharoiti hamda ob’ekt xodimlari va aholi shaxsiy muhofaza vositalari bilan qanchalik ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar ishlab chiqiladi.

Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling