9-ma’ruza (2 soat) 15-mavzu. Fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari(2 soat). Reja


Download 36.39 Kb.
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi36.39 Kb.
#1021774
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza

Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish rejasi. Reja ikki bo‘lim va to‘rt ilovadan (matn qismi va ilovalaridan) iborat bo‘ladi.
Birinchi bo‘limda yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar ro‘y berganda viloyat hududidagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitga qisqacha baho berilib quyidagilar yoritiladi:
1. Radiatsiyaviy, kimyoviy va yong‘indan xavfli shaharlarning va aholi punktlarining, portlash xavfi va biologik moddalari bor ob’ektlarning, shunday moddalar ortilgan transport vositalari to‘planib qolishi ehtimol bo‘lgan temir yo‘l uzellarining, bu moddalar tashiladigan magistrallarning, neft-gaz konlari, neft quvurlari, gidrouzellar va boshqa ob’ektlarning ro‘yxati.
Viloyat hududidagi, shuningdek qo‘shni viloyatlardagi va muayyan mamlakatlar hududlaridagi epidemiologik, epizootik, epifitotik va seysmik jihatdan noqulay joylar, tabiiy ofatlar (ko‘chkilar, o‘pirilishlar, qor ko‘chkilari, suv bosishlar va boshqalar).
Shu joylarda yashayotgan aholi soni, taxminan ko‘riladigan talofat.
2. Sanoat va qishloq xo‘jaligiga etishi mumkin bo‘lgan zarar.
Yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlarning oldini olish yoki ular oqibatlarini tugatish yuzasidan, aholi, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va o‘simliklarini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan bo‘lajak tadbirlar va ularning taxminiy hajmlari, shuningdek yuqoridagi hodisalar ro‘y berganda o‘tkaziladigan qutqarish va boshqa shoshilinch ishlar hamda viloyatning bo‘lajak tadbirlar bajarilishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan boshqa hususiyatlari.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitdan kelib chiqib, quyidagi aniq tadbirlar rejalashtiriladi:
-boshqarish, xabarlash va aloqani tashkil etish;
-razvedkani, kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;
-FVDT guruhini tashkil etish;
-odamlarni va moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
-moddiy va moliyaviy ta’minotning hamma turlarini tashkil etish;
-favqulodda vaziyatlarning oldini olishni va ularni tugatishni tashkil etish.
Rejaning ikkinchi bo‘limida yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bo‘lish xavfi tug‘ilgandagi va sodir bo‘lgandagi quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi (bo‘lim ikki qismdan iborat bo‘ladi):
I-qism. Yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bo‘lish xavfi tug‘ilganda (yuqori tayyorgarlik rejimida):
1. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lish xavfi tug‘ilgani haqida boshqaruv organlarini, ishchilar, xizmatchilarni va aholini xabardor qilish tartibi.
2. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ular ta’sirini kamaytirish tadbirlarining hajmi, amalga oshirilish muddatlari va tartibi, jalb etiladigan kuchlar va vositalar.
3. FVDT kuchlarini, mavjud muhofaza inshootlarini shay holga keltirish.
4. Shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berishga tayyorlash va tarqatish.
5. Odamlarni evakuatsiya qilish va ko‘chirish uchun avtotransportni hamda shahardan tashqari huduni tayyor holga keltirish.
6. Aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish.
Yong‘indan saqlash tadbirlarini o‘tkazish va ishlab chiqarishni avariyasiz to‘xtatishga tayyorlash.
7. FVDT faoliyati amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar quyidagilar hisoblanadi:
-tegishli boshqaruv organlari FVDT quyi tizimlariga va bo‘g‘inlariga bevosita rahbarlik qilishni o‘z zimmasiga olishi;
-zarurat bo‘lganda sharoit yomonlashgani sabablarini ehtimoli bor falokat joyining bevosita o‘zida aniqlash uchun, sharoitni normallashtirish takliflarini ishlab chiqish uchun tezkor guruhlar tuzish;
-doimiy dislokatsiya punktlarida rahbarlar tarkibining kecha-kunduz navbatchilik qilishini tashkil etish;
-tezkor navbatchilik xizmatini kuchaytirish;
-atrof tabiiy muhit ahvolini, potensial xavfli ob’ektlardagi va unga tutash hududlardagi sharoitni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish;
-boshqaruvni tashkil etish;
-rahbarlar tarkibiga, FVDT tuzilmalariga xabar berish, yig‘ish, kalendar rejalarga, vazifalarga aniqlik kiritish;
-razvedkani, nazoratni, kuzatishni tashkil etish;
-vaziyat rivojini oldindan taxminlash rejalashtiriladi.

Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling