9-ma’ruza. Asinxro Mashinalarning turlari va ishlash printsipini o’rganish. Reja


Download 0.53 Mb.
bet3/5
Sana01.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1317683
1   2   3   4   5
Stator chulg’ami EYuKlari. Sinxron va asinxron mashinalarda aylanma magnit maydon hosil qilish usullari har xil bo’lsa ham (masalan, sinxron generatorda rotor bilan birga aylanadigan qo’zg’atish chulg’amiga o’zgarmas tok berib aylanma magnit maydon hosil qilinsa, uch fazali asinxron motorda esa bunday maydon stator chulg’amidan uch fazali tok o’tganda hosil bo’ladi), stator chulg’amida elektro-magnit induktsiya qonuniga asosan aylanma magnit maydon tufayli EYuK larning hosil bo’lish jarayoni bir xil kechadi.
Sinxron generatorlarning stator chulg’ami o’tkazgichlariga (o’ramlariga ham) nisbatan har xil qutbiylikdagi (ishoradagi) qutblar navbatma-navbat o’tishi tufayli hosil bo’ladigan EYuK o’z yo’nalishini o’zgartirib turadi, ya’ni o’zgaruvchan bo’ladi. Magnit maydon bir marta aylanganida o’tkazgichdagi
EYuK ning davri «r» ga, «n» ta aylanganida esa «rn» ga teng bo’ladi; demak,
uning chastotasi: f1 = rn / 60.
Mashina havo oralig’ining «x» nuqtasidagi o’tkazgich EYuK ning oniy qiymatini aniqlash formulasi umumiy hol uchun quyidagicha yoziladi:
eotk.x = Vx l v . (10.7)
Bundan, rotorning burchak tezligi v ni o’zgarmas qilinganda va stator
chulg’ami o’tkazgichining aktiv (magnit maydon ta’siridagi) uzunligi l = const bo’lganligi tufayli, EYuK magnit maydonga mutanosib ravishda o’zgarib, uning vaqt bo’yicha o’zgarish shakli mashina havo oralig’idagi magnit induktsiya V ning qo’sh qutb bo’linmasi (2)dagi taqsimlanishini takrorlaydi.
Umumiy holda induktsiyaning taqsimlanish shakli nosinusoidal xarak-terda bo’ladi. Induktsiyaning egri chizig’i abstsissalar o’qiga va qutblar o’qiga nisbatan simmetrik bo’lganligi tufayli, bu egri chiziqni Furьe qatoriga yoy-ganda, unda faqat toq garmonikalar bo’ladi (10.12-rasm). Ularni fazoviy garmonikalar deyiladi, chunki bu garmonikalar induktsiyasining taqsimla-nishi fazoviy koordinatalarga bog’liq bo’lib, vaqtga esa bog’liq emas. Bu gar-monikalarga oid qutblar sonining oshishi va mos ravishda qutblar bo’linma-
s ining kamayishi ularning tartibiga bog’liq bo’ladi; bu esa ularning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Magnit maydon 1-garmonikasining o’t-kazgichda hosil qilgan EYuK ning 1-gar-monikasi (eotk1), uning amlitudasi (Eotk.max1) va ta’sir etuvchi (Eotk1) qiymatlari quyi-dagilarga teng bo’ladi:
eotk.1 = Yeotk.max1sint; (10.8)
Eotk.max1= Vmax1l  v ; (10.9)
Eotk.1= Yeotk.max1 / = (Vmax1/ ) l  v, (10.10)

bu yerda: Vmax1– mashina havo oralig’idagi magnit maydon induktsiyasining 1-


garmonikasi, T; l – o’tkazgichning aktiv magnit maydon ta’siridagi uzun-ligi, m; v – aylanma magnit maydonning burchak tezligi, m/s.
EYuK ni hisoblashda qutb bo’linmasidagi magnit oqim F dan foydala-
nish ma’qul hisoblanadi. Uning 1-garmonikasi quyidagiga teng:
F1 = V (ort).1 l , (10.11)
bu yerda: V (ort).1– magnit induktsiyaning o’rtacha qiymati;  = D1 / (2r) – qutb bo’linmasi; D1 – statorning ichki diametri.
Sinusoida uchun V(ort).1= (2/)Vmax1 bo’lganligi tufayli (10.11) for-muladan quyidagiga ega bo’lamiz:
Vmax1= F1 / (2 l). (10.12)
Vmax1 ning bu qiymatini (10.10) ga qo’yib va
v =  D1 n1/ 60 = 2rn1/ 60 = 2f
tenglikni hisobga olgan holda quyidagiga ega bo’lamiz:
Eotk.1= 2 [/ (2 )]f F1 = 2,22 f F1. (10.13)
Magnit maydon shakli nosinusoidal bo’lganda o’tkazgichdagi EYuK quyi-dagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Eotk = 2 kV f F; (10.14)
bu yerda: kB = Vmax1/ Vort – magnit maydon shaklining koeffitsienti. Magnit maydon sinusoidal shaklga ega bo’lganda kB= / (2 ) = 1,11 ga teng.
Taqsimlangan chulg’amda qo’shni pazlarda joylashgan o’tkazgichlar o’zaro fazoviy (geometrik) burchak ( =360/ Z) ga siljiganligidan, ularning EYuK lari faza jihatdan mos tushmaydi. Qo’shni pazlardagi o’tkazgichlar EYuK larining vektorlari bir-biridan o’zaro
e = 360 r / Z =  r
elektr burchakka siljigan bo’ladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling