7-Tajriba ishi Uch fazali asinxron dvigatelini tekshirish Asinxron motorda bo‘ladigan shikastlanishlar tasnifi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1095986
  1   2   3
Bog'liq
7 Tajriba ishi Uch fazali asinxron dvigatelini tekshirish



7-Tajriba ishi Uch fazali asinxron dvigatelini tekshirish 
 
Asinxron motorda bo‘ladigan shikastlanishlar tasnifi. 
 
Elektr uskunalarni belgilangan meyyoriy ko‘rsatkichlar doirasida ishlatish, xizmat 
ko‘rsatish sifatini oshirish, texnologik elektr uskunalarini optimal ish rejimida ushlab 
turish va shunga o‘xshash tadbirlar kiradi. Ishlab chiqarishda asosiy ekspluatatsiya 
qilinuvchi elektr uskunalar elektr yuritma va yoritish uskunalari tashkil qiladi.
Korxona elektr energiyasi istemolining asosiy qismi texnologik mashinalarning 
elektr yuritmalariga to‘g‘ri keladi. Elektr yuritmalarni ish rejimlarini optimallash va 
rostlanadigan elektr yuritmalardan foydalanish katta iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. 
Elektr yuritmalarni samarasiz ishlashiga turli omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Asinxron 
motordagi shikastlanishlar turli me’zonlar asosida tasniflanadi. Asosan motorlar mexanik 
va elektr shikastlanishlarda uchraydi. Asinxron motorni mexanikaviy shikastlanishlariga 
rotor valini deformatsiyalanishi, mahkamlangan statorni bo‘shashi, podshipniklarni ishdan 
chiqishi, aylanuvchi qismlarni ifloslanishi va shunga o‘xshashalar kiradi.
Elektr motorlarni samarasiz ishlashi sabablari: 
-kam yoki ortiqcha yuklama berilishi
-nominal kuchlanishdan past yoki yuqori kuchlanishda ishlashi;
-sifatsiz elektr energiyasidan ta’minlanishi(sifatsiz deganda fazalardagi amplitudalari 
bir xil bo’lmagani nazarda tutilgan );
-sifatsiz ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish;
-istemolchilarni past energetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi(chastota);
Elektr yuritmalardagi energiya tejash tadbirlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-motor quvvatini oqilona tanlash;
-energetik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan motorga almashtirish;
-salt ishlash rejimini cheklash va ish jarayonini intensifikatsiyalash;
-elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini rostlash;
-optimal ish rejimlarini ushlab turish.
-yuklamaga bog‘liq ravishda motor ulash sxemasini o‘zgartirish
-texnologik talab bo‘yicha motor tezligini rostlash
-yuklamaga muvofiq motor energiya sarfini rostlash
- reaktiv quvvatni qoplash. 
Asinxron motorlar asosan tez aylantirish, o‘ta yuklanish, reverslash va tormozlash
jarayonida shikastlanadi. Shikastlangan motorlar belgilangan tartibda ta’mirlanadi.
Hozirgi kunda, ishlab chiqarishda tamirlangan asinxron motorlarning salmog‘i ortib 
bormoqda. Ta’mirlash texnologiyasiga to‘la amal qilinmaganligi tufayli motor ish rejimi 
parametrlari pasport parametrlariga muvofiq kelmaganligini kuzatish mumkin. Motorning 
energetik ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi tufayli korxonadagi isroflar miqdoriga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatmoqda.


Asinxron motorni mexanikaviy shikastlanishlarini sabablari quyidagilar bo‘lishi 
mumkin:
Motorni titrashiga olib keluvchi fazalarni nosimmetrikligini kelib chiqishi
Motor valini mexanik yuklama bilan o‘ta yuklanishi tufayli
Motor butlovchi qismlarini yig‘ishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli.
Mexanik shikastlanishlar asinxron motorlarni umumiy shikastlanishlarni o‘rtacha 
10% tashkil etadi.
Elektr shikastlanishlar:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling