Elektr shikastlanishlarni kelib chiqish sabablari quyidagi 3 guruhga bo‘linadi:
1.Tarmoqdagi avariyalar. Elektr tarmoqda turli sabablar bilan (masalan, shamol
kuchayishi, momoqaldiroq, yomg‘ir va boshq.) elektr ta’minotining uzilishi. Bu buzilishlar
eng ko‘p qayd qilinadigan bo‘lib asinxron motorlar to‘xtashlarining 80% ni ushbu
avariyalar sabab bo‘ladi. Bunda ko‘pincha kuchlanishni og‘ishi yoki tebranishi,
nosimmetrikligi, faza uzilishi, sinusoidallikni buzilishi kabi buzilishlar sabab bo‘lishi
mumkin.
2. Katta toklar tufayli vujudga keladigan shikastlanishlar. Bunga sabab motorni
o‘ta yuklanishi, fazalararo yoki o‘ramlararotutuashuvlarni yuzaga kelishi, izolyasiyani
yomonlashuvi va boshqa sabablar bo‘lishi mumkin.
3.Izolyasiyani eskirishi, namlanishi, buzilishi tufayli qarshiligini kamayishi sababli
vujudga keladigan shikastlanishlar kiradi. Bundan tashqari, Asinxron Mashinadagi
shikastlanishlrni quyidagi 2 guruhga: tashqi va ichki shikastlanishlarga ajratib o‘rganiladi:
Tashqi shikastlanishlarga quyidagilar kiradi:
1. Motorni tarmoq bilan noto‘g‘ri ulanishi yoki tarmoq simlarini uzilishi;
2. Saqlagich eruvchan quymasini kuyishi
3. Nominal kuchlanishdan katta yoki kichik kuchlanishni motorga berilishi.
4. Yurgizish yoki boshqaruv apparatatlarini noto‘g‘ri ishlashi yoki ulanishi
5. Motorni o‘ta yuklantirilishi
6. Motorni shamollatish tizimini yomon ishlashi yoki ishdan chiqishi.
Ichki shikastlanishlar o‘z navbatida mexanik va elektr shikastlanishlarga
bo‘linadi.Mexanik shikastlanishlarga quyidagilar kiradi:
1. Podshipniklarni shikastlanishi;
2. Rotorni deformatsiyalanishi yoki sinishi;
3. Cho‘tka tutqichlarni bo‘shashishi yoki sinishi;
4. Kontkt halqalarda yoki cho‘tkalarda chuqur ariqchalarni paydo bo‘lishi;
5. Statorni korpusga noto‘g‘ri mahkamlanishi yoki bo‘shashi;
6. Podshipniklarda va korpusda yoriqlar hosil bo‘lishi.
Elektr shikastlanishlar:
1. O‘ramlararo tutashuv;
2. Cho’lg‘amlarni uzilishi;
3. Korpus bilan o‘ramlarni qisqa tutashuvi;
4. Izolyasiyani eskirishi;
5. Cho’lg‘amlardagi g‘altaklarni noto‘g‘ri ulanishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |