9-Ma’ruza. Atrof muhitning inson salomatligiga ta’siri. Ekologik monitoring


Download 45.2 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi45.2 Kb.
#1832212
  1   2   3   4
Bog'liq
9 mavzu


9-Ma’ruza.
Atrof muhitning inson salomatligiga ta’siri. Ekologik monitoring.
Reja:

  1. Atrof muhitning inson salomatligiga ta`siri.

  2. Atrof muhit holatini kuzatish. Antropogen o’zgarishlar.

  3. Monitoring. Kosmik monitoring.

Tayanch so‘z va iboralar: monitoring, radioaktiv chang, maromlar,


Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta'siri ham ijobiy, ham salbiy bo'lishi mumkin. Mabodo, fan va texnika yutuqlarini xo'jalik faoliyatiga tatbiq etishda jamiyat va tabiatning uyg'un holda rivojlanish talablari e'tiborga olinmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi.
Fan-texnika taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo'lmaydigan rivojlanishi natijasida insoniyat shunday chegaraga yetib keldiki, chang-tutun va nur kasalligi, turli toksik, allergiya, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan patologiyaning boshqa turlari bilan bog'liq xastaliklar xavfi ko'ndalang bo'lib turibdi.
Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlarning ba'zi oqibatlari muta­gen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta'sir ko'rsatishi g'oyat tashvishlidir.
Hozirgi vaqtda insonning xo'jalik faoliyati ko'pincha biosferaning asosiy ifloslanish manbayi bo'lib qolmoqda. Tabiiy muhitga tobora ko'proq miqdorda ishlab chiqarishning gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilari chiqarilmoqda. Chiqindilardagi turli xil kimyoviy moddalar tuproq, havo yoki suvga tushib, ekologik bo'g'inlar bo'yicha bir oziq zanjiridan boshqasiga va oxir-oqibatda inson organizmiga o'tadi.
Yer kurrasida u yoki bu darajada ifloslantiruvchi moddalar yetib bormagan biror joyni topish amri maholdir. Hatto hech qanday ishlab chiqarish korxohalari bo'lmagan Antarktida muzliklarida ham olimlar hozirgi zamon ishlab chiqarishining turli toksik (zaharli) moddalari mavjudligini aniqladilar. Holbuki, u yerlarda faqat kichik ilmiy stansiyalar joylashgan, xolos. Demak, ularni bu joylarga boshqa hududlardan havo oqimi olib keladi.
Tabiatni ifloslantiradigan moddalar juda xilma-xildir. O'zlarining tabiati, konsentratsiyasi, inson organizmiga ta'sir etish vaqtiga bog'liq holda ular turli noqulay oqibatlar keltirib chiqaradi. Bunday zaharli moddalar kichik konsentratsiyaning qisqa muddatli ta'siri ham, masalan, bosh aylanish, ko'ngil aynishi, tomoq qurishi va yo'talga sabab bo'lishi mumkin. Agar toksik moddalar katta konsentratsiyasi inson organizmiga ko'proq miqdorda kirib qolsa, hushdan ketishga, o’tkir zaharlanish va hatto o'limga olib keladi. Organizmning ifloslanishiga bo'lgan reaksiya insonning individual xususiyatlariga yoshi, jinsi, salomatligi holatiga bog'liq. Odatda, bolalar, keksa, kasalmand kishilar tez xastalanadilar.
Organizmga toksik moddalarning muntazam kirishi surunkali zaharlanishga olib keladi. Surunkali zaharlanish belgilari: me'yoriy xulq-atvor odatlarning buzilishi, neyropsixologik chetga chiqishlar, tez toliqish yoki doimiy charchoq hissi, uyqu bosishi, yoki aksincha, uyqisizlik, apatiya, diqqatning kuchsizlanishi, parishonxotirlik, tez unutish, kayfiyatning tez o'zgarishi va boshqalar.
Ayni bir modda bilan surunkali zaharlanish turli odamlarda turlicha xastalanish keltirib chiqarishi mumkin. Insonning turli tabiiy muhit yoki shart-sharoitlarga moslashuvchanlik imkoniyati juda katta bo'lsa-da, lekin u baribir muhitni ifloslantiruvchilar yoki ular birikmalarining yuqori konsentratsiyasi ta'siriga uzoq muddat bardosh bera olmaydi.
Наг bir inson tug'ilganidan boshlab, o'z biologik soatlari bo'yicha yashaydi. Hozirgi vaqtda organizmda sodir bo'ladigan qator maromiy (ritmik) jarayonlar biologik maromlar deyiladi Yurak ishi maromi, nafas olish, miyaning bioelektrik faolligi va boshqalar biologik maromga misol bo'la oladi.
Odatda, maromlar ichki va tashqi maromlardan iborat. Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega. Agar insonning ichki maromlari atrof-muhitda kechadigan maromlar bilan muvoflq kelmasa, uning kayfiyatida o'zgarishlar bo'lib, kasallik belgilari paydo bo'la boshlaydi (uyqusizlik, ish faoliyatining pasayishi va boshqalar). Inson hayotida sutkalik marom juda muhimdir. Uyqu, dam olish, orom, mehnat, toliqish va boshqalar biologik omillarga bogcliq.
Iqlim ham inson kayflyatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Inson kayfiyati ob-havo sharoitining o'zgarishi bilan ham bog'liq. Masalan, atmosfera bosimi, namlik, havo oqimi, kislorod konsentratsi- yasi, Yer magnit maydonining g'alayoni, atmosferaning ifloslanish darajasi kishi ruhiyatida o'zgarishlar keltirib chiqaradi. Ob-havo sharoitidagi o'zgarishlar bemor kishilarga, ayniqsa, asab, yurak-qon tomirlari, bo'g'in, nafas yo'li xastaliklariga duchor bo'lganlarga salbiy ta'sir qiladi. Atmosfеra xavosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta'sir kiladi. Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faoliyatiga, tabiatiga fizik jixatiga boglik buladi. Masalan, xavodagi chang tarkibidagi kurgoshin (Pb), margimush, marganеts (Mn), kadmiy (Cd), ftor (F), ayerozollari organizmga mutassil tushib turgach, surunkali kasalliklar paydo bulishi anik. Jumladan, kamkonlik, flyuoroz poliartrit, polinеvrit kabi kasalliklarni kеltirib chikarishi mumkin Ayniksa radioaktiv changlar nakadar xavfligi bilan ajralib turadi.
Radioaktiv changlar naqadar xavfliligini Chеrnobl fojiasida,
Sеmipalatinsk poligonining asorati borgan sari namoyon bo’layotganida
ko’rish mumkin. Zaxarli bo’lmagan yirik diamеtrli chang zarrachalari kuz va
burunning shilliq qavatlariga tushib, ularni jaroxatlaydi, yallig’lanish
jarayoni burunda, tomokda, kеkirdakda va bronx naylarida kuzatiladi. Bunday
xollar o’tkir va surunkali rinit, laringit, faringit, troxеit, bronxit yoki
troxеo-bronxit, larеngotroxеit kabi kaslliklarni kеltirib chiqaradi. Nafas
Atmosfеra ifloslanishining atrof muxitga ta'siri yo’llariga, o’pkaga kvarts changlari tushsa pnеvmokoniyoz kasalligini, elеktr stantsiyalaridan chiqadigan qurumlar tarkibida 14,9-19,7% krеmniy (silitsiy) qo’shoksid moddasining bo’lishi esa silikoz kasalligini kеltirib chiqaradi. Katta industrial shaxarlarining atmosfеra xavosi tarkibida mazkur modda 20-30% ga еtishi mumkin. Shuni aytish kеrakki, changlarning eng mayda zarrachalari organizmga zararli ta'sir ko’rsatadi. Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigеnik nuqtai nazardan xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir noxush xid sеzilsa va nafas yo’llari orqali organizmga ko’proq kirib qolsa, albatda kasallik sodir bo’ladi. Biroq shunday gazlar ham borki, ular o’ta zaxarli bo’lishiga qaramay, sira xidi bo’lmaydi. Jumladan is gazini inson sеza olmaydi. Ko’pincha shaxar atmosfеra xavosiga sanoat korxonalari juda ko’p turli xususiyatli xidsiz va xidli gaz aralashmalarini chiqarib tashlashi mumkin. Katta industrial shaxarlarga kirib kеlganda xavo tarkibi, uning musaffoligi buzilganligini sеzish mumkin. Masalan, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaxarlar atmosfеra xavosining tarkibida 10 va undan ortiq gazlar bo’ladi.
O’zbеkistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari zaxarli gazlar ko’pincha yoshi o’tgan kishilarga, shuningdеk yosh bolalarga ancha kеskin ta'sir etishini, kasalliklar xiyla og’ir o’tishini, bunda bеmorlarning ancha qismi nobud bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi Agar havoda oltingugurt oksidi ko’p to’planib qolsa kishilarda bronxit, gastrit, o’pka kasalliklarini vujudga kеltiradi. Angliyalik olimlar shaxarlarda qishloqlarga nisbatan o’pka rakidan o’lganlar soni ko’p bo’lganligini aniqlaganlar.
Atmosfеrada vodorod sulfid (H2S) gazining ortib kеtishi natijasida odamning boshi og’riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi va xatto xid bilish qobiliyati zaiflashadi. Ftor (F) birikmalari ta'sirida burundan qon kеladi, tumov paydo bo’ladi, kishi yo’taladi. Azot oksidlari tufayli o’pka kasallanadi, qon bosimi pasayadi, va natijada bosh aylanadi, xushidan kеtadi, qayt qiladi. Qo’rgoshin (Pb) changi kishi asabiga ta'sir qiladi bosh miya yallig’lanishiga sabab bo’ladi, jigar va buyrak faoliyatini susaytiradi, bolaning jismoniy taraqqiyotini kеchiktiradi. Kishi organizmiga radioaktiv moddalar xam yomon ta'sir yetib buyrak usti bеzini, jinsiy bеzlar faoliyatini, qalqonsimon bеz faoliyatining normal ishlashiga salbiy ta'sir etadi, qon tarkibini o’zgarishiga sababchi bo’ladi.

Download 45.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling