9. Ma’ruza: Boyitishning Gravitatsiyon usuli


Download 339.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi339.69 Kb.
#1560823
1   2
Bog'liq
9-Mavzu

Segregatsiya – mahsulotni o’lchami va zichligiga qarab tabiiy ravishda 
qayta taqsimlanishi. Masalan: ruda qiya tarnovcha bo’ylab pastga 
harakatlanganda mayda zarrachalar pastga tushib oladi va tarnov osti bo’ylab 
harakatlanadi, yirik zarrachalar esa ularning ustida harakatlanadi. 
Agar qutichaga po’lat va yog’och sharlarni solib silkitsak, birozdan so’ng 
ularning qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi: pastda mayda (po’lat) sharlar, uning 
ustida yirik po’lat sharlar, uning ustida mayda yog’och sharlar va eng ustida yirik 
yog’och sharlar joylashadi. Xuddi shunga o’xshash hodisa cho’ktirishda ham 
kuzatiladi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin cho’ktirish mashinasi panjarasida 
mahsulot qatlami hosil bo’lib, unda mineral zarrachalar balandligi bo’yicha 
quyidagi tartibda joylashadi: panjaraning ustida panjaradan o’tib ketmagan 
mayda og’ir zarrachalar, keyin yirik og’ir zarrachalar, uning ustida mayda engil 
zarrachalar va eng yuqorida yirik engil zarrachalar joylashadi. 
Mayda og’ir zarrachalar mashina kamerasiga panjara orqali bo’shatiladi. 
Yirikroqlari panjara bo’ylab harakatlanib, panjara oxiridagi tuynukdan ajratib 
olinadi. Engil zarrachalar quyulma bilan chiqib ketadi.
Cho’ktirish mashinalarida o’lchami 0,25 dan 50 mm gacha bo’lgan rudani boyitish 
mumkin. Cho’ktirish usulida boyitish samaradorligini oshirish uchun ruda elab 
turli sinflarga ajratib olinadi va har bir sinf alohida – alohida boyitiladi.

Download 339.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling