9-ma’ruza burg’ulash mashinalarini ishlatish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish. Reja


Download 1.29 Mb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1464492
  1   2
Bog'liq
маруза 9 кму


9-MA’RUZA
Burg’ulash mashinalarini ishlatish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish.
Reja

  1. Burg’ulash mashinalarining asosiy mexanizmlarini elektr yuritmalari.

  2. Burg’ulash mashinalarining asosiy turlari.

  3. Burg’ulash mashinalariga qo’yiladigan talablar.

  4. Burg’ulash mashinalarni boshqarish va himoya qilish.

  5. Burg’ulash mashinalarini elektrik sxemalarini o’rganish.

Ochiq kon korxonalarida (Kar’erlarda) foydali qazilmalarni ochish, qazib olish, tashish va kon ag’darmalarini (otval) xosil qilish uchun turli ekskovatorlar, Burg’ulash mashinalari, otval-transport mashinalari, konveyerlar va boshqa mashinalardan foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan mashina va mexanizmlarda - elektryuritgichlar, generatorlar, kuch transformatorlari, tarqatish punktlari, boshqarish, ximoyalash, xabarlash, aloqa qilish va yoritgichlar kabi elektr uskunalarni uchratish mumkin.
Kar’YER mashina va mexanizmlarida bir vaqtda, bir mashinada ham o’zgaruvchan, ham o’zgarmas tok uskunalari, har xil rejimda ishlaydigan elektryuritmalar uchraydi. Bu elektr yuritmalarning turlari, ishlash printsipi, texnik ko’rsatkichlari, ishlatish chegaralari oldingi boblarda ko’rib chiqilgan, quyida esa, ochiq kon korxonalarining mashina va mexanizmlarida, ishlatiladigan elektr uskunalar to’g’risida maolumotlar beriladi. Yer osti kon korxonalarida (shaxtalarda) kon tayyorlov laximlarining o’tish, foydali qazilmalarni qazib, chiqarish, ularni tashish uchun o’tish, qazib olish kombaynlari, turli transport vositalari, yuklash va Burg’ulash mashinalari qo’llaniladi. Bu mashinalar o’z joyini o’zgartirib turish xususiyati bilan boshqa kon mashnalaridan ajralib turadi. SHaxtalarda qo’llaniladigan, yuqorida qayd qilingan mashina va mexanizmlarda asosan uch fazali o’zgaruvchan elektr energiyasi (bundam zlektrovozlar mustasno) qo’llaniladi. SHu sababli, ularda eng sodda q.t.r. asinxron yuritgichlarda qo’llanadi va ularni boshqarish uchun elektromagnitli ishga tushirgichlardan yoki magnit staitsiyalardan keng foydalaniladi. SHu bilan birga yuqori kuchlanishli elektr uskunalar qo’llaniladigan xar xil yuritgichlar bilan jixozlangan, katta quvvatli, ko’zg’almas isteomolchilar xam mavjud. Bularga ko’tarish, suv xaydash (nasos), shamollatish (ventilyator) va xavo siqish (kompressor) mashinalari kiradi.
Kar’erlarda portlatish ishlarini olib borish uchun zarur bo’lgan quduqlarni Burg’ulash uchun maxsus Burg’ulash mashinalari ishlatiladi. Ular burg’uni aylantiruvchi va uni zaboyga tirkovchi o’rnidan qo’zg’atuvchi hamda turli yordamchi mexanizmlarni harakatga keltiruvchi elektr uskunalar bilan jixozlangan.
Kar’erlarda eng keng tarkalgan 2SBSH-200 (stanok burilono`y sharoshechno`y) burgulash mashinasi 50 kVt kuvvatli G-Yu tizimidagi o’zgarmas tok yuritgichi (bosh yuritma), o’rnidan qo’zgatuvchi, burguni ko’taruvchi maxanizmlar, ventilyator va boshka yordamchi mashinalarga mo’ljallangan asinxron yuritgichlar, boshqarish, ximoyalash, yoritih elektr uskunalari bilan jixozlangan. Bu mashinaning umumiy quvvati 400 kVt ni tashkil kiladi. 2.1 rasmda elektr uskunalar o’rnatilish sxemasi keltirilgan.
SBSH-250 turidagi mashinada umumiy quvvati 322 kVt, bo’lgan 14 ta q.t.r. AYu lar o’rnatilgan bo’lib, burguni aylantirishi kompressorni xarakatga keltirish yuritmalari sifatida 75 kVt li va mashinani o’rnidan qo’zg’otish mexanizmi uchun 30 kVt li yuritgichlar qo’llanilgan.
Mashinani boshqarish va ximoya qilish uchun stansiyalar, shitlar boshqarish shkaflari, bevosita boshqarish uchun esa, pulotlar o’rnatilgan 2SBSH - 200 Burg’ulash mashinasi uchun to’rtta boshqarish stansiyasi kkki panelli shit va Burg’ulashni boshqarish puloti bor. Bundan tashqari mashinani o’rnini o’zgartirish yoki yuritish uchun aloxida pulotlar (mashinani o’zida va tashqariga chiqarilgan) ko’zda tutilgan.
SBSH-250 esa, uchta boshqarish pulotga ega. Bulardan biri boshqaruvchining xonasida, ikkinchisi mashinaning tashki qismida, uchinchisi esa tashqariga chiqarilgan va egiluvchan kabel yordamida boshqarishga mo’ljallangan.
Barcha burgulash mashinalarida tashqi yoritish qurilmadari 127-220V ga, ichki yoritish kurilmalari esa 36 V ga mo’ljallangan.

1. rasm. SBSH-250 Burg’ulash mashinaningelektr uskunalarini joylashish sxemasi

YER osti korxonalarida ?o’llanadigan burg’ulash mashinalari uch guruxga bo’linadi: qo’l elektr parmalari, ustunga ma?kamlanadigan elektrparmalar, va burg’ulash stanoklari.


qo’l elektr parmalari asosan kichik diametrdagi shpurlarni parmalash uchun ?o’llaniladi. SHuning uchun, bu mashinalar yetarli quvvatga ega va yengil bo’lishi kerak. Bu talab issi??a chidamli izolyatsiya materiallari ?o’llab, intensiv sovutish natijasida erishiladi.
Bu mashinalarning ishlash tartibi, tez-tez ulanish va o’zgaruvchan yuklama bilan xarakterlanadi. Olib borilgan kuzatishlar natijasida bir smenada ularni "ulash-o’chirish" 500 dan 800 gacha bo’lishi aniklangan. Bu mashinalyar 1,9-1,2 kVt kuvvatli k-t.r. asinxron yuritgich, bilan jixozlangan.
Kon korxonalarida kabul kilingan koidalarga muvofik elektr energiyani kuchlanishi 127 V dan oshmasligi kerak. SHuning uchun, bu mashinalarni elektr energiya bilan ta’minlash uchun, ma;sus kurilmalar - kuchlanishni pasaytiruvchi, yuritgichni boshkaruvchi va ximoya kiluvchi apparatlar - AP, AK, ABK, APVI, AOS kabi uskunalar kullanadi.
10.3. rasmda xozirgi kunda keng tarkalgan AP-4 apparatning alektr sxemasi keltirilgan. Bu apparat pasaytiruvchi kuch transformatori (TI), kommutatsiya apparatlari KM1, KM2 va ximoya jixozlaridan (BRU) tashkil topgan.
AP-4 kurilma kuyidagi vazifalarni bajarishga muljallangan:
- bir vaktda 1,6 kVt kuvvatga ega bulgan ikkita parmalash mashinasini boshqarish;
- uchkundan xavfsiz zanjir orkali, masofadan boshqarish;
- zaminlash zanjirini uzilish extimolidan, k-t. toklardan, boshqarish kobiliyatini yukotish xavfidan, 127 V tarmokdagi yerga sizish toklaridan va kuchlanini pasayishidan ximoyalash;
- 127 V kuchlanishli yoritish tarmoklarini ta’minlash.
Parmalash mashinasini ishlatish uchun SV knopka bosiladi va KMI esa uzining bosh kontaktlari bilan yuritgichga kuchlanish uzatadi.
Parmalash mashinasining zanjirlarini k.t. jarayonida ximoya kilish uchun, maksimal tok relelari KA1, KA2 kuzda tutilgan.
Ustunga urnatib boshkariladigan parmalash mashinalarining 2,5 kV kuvvatli k.t.r. asinxron yuritgichi turt tolali GRSHE 3x4 1x2,5 kabel orkali, PRSHI, PRV-3 yoki PVI-25 ishga tushirgichlar bilan boshkariladi.
Katta diametrli kuduklarni (skvajina) burgulash uchun "Start", BIP-2 va shunga uxshash burgulash stanoklari ishlatiladi. Bu mashinalarda bir necha yuritgichlar (aylantiruvchi, yog nasos, kayta yuklash) kullaniladi va ular masofadan boshkariladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling