9-Ma‘ruza Elektr o’zaro ta’sir Reja
-misol. Bir tekis zaryadlangan cheksiz tekislik maydoni
Download 293.75 Kb.
|
Maruza9
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-misol . Bir tekis hajmiy zaryadlangan sharning maydoni
- 10 - r asm. Bir tekis h ajmiy zaryadlangan shar maydoni
- Nazorat savollari
1-misol. Bir tekis zaryadlangan cheksiz tekislik maydoni. Faraz qilaylik, bir tekis zaryadlangan cheksiz tekislik s – sirt zichligiga ega bo’lsin (9 - rasm).
9 - rasm. Bir tekis zaryadlangan cheksiz tekislik Induktsiya chiziqlari tekislikka perpendikulyar bo’lgan va tashqariga yo’nalgan va vektorlardan iborat bo’ladi. Bu chiziqlar S tekislikda boshlanib ikkala tomonga cheksiz davom etadi. Ӗpiq sirt sifatida har ikkala tomonidan dS asoslari bilan chegaralangan to’g’ri tsilindr ajratib olamiz. S1 va S2 sirt asoslari A va V nuqtalardagi sirtlarga joylashgan. Tsilindr ichidagi zaryad qdS dan iborat. Tsilindr yasovchilari induktsiya chiziqlariga parallel bo’lgani uchun, tsilindrning yon sirtidan chiquvchi elektr induktsiya oqimi nolga teng. Zaryadlangan tekislik maydonining A va V nuqtalaridagi induktsiya vektori D1 va D2 miqdor jihatdan o’zaro teng va qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi: Tsilindrning asoslaridan chiqayotgan induktsiya oqimlari quyidagiga teng: , Umumiy oqim esa, , (9.26) Ostrogradskiy – Gauss teoremasiga asosan yopiq sirtdan chiqayotgan elektr induktsiya oqimi N, shu yopiq sirt ichidagi zaryad ga tengdir: , (9.27) , (9.28) , (9.29) 2-misol. Bir tekis hajmiy zaryadlangan sharning maydoni. Radiusi R bo’lgan, hajm bo’yicha zaryadlangan sharning hajmiy zichligi r > 0 bo’lsin (10 - rasm). Zaryadlangan sharning tashqi (r > R) va ichki (r¢ < R) qismlaridagi maydonni hisoblab ko’ramiz. 10 - rasm. Bir tekis hajmiy zaryadlangan shar maydoni A nuqtani olamiz. Sharning zaryadi hajmiy zaryad bilan quyidagicha bog’langan , (9.30) Maydon induktsiyasi va maydon kuchlanganligi quyidagiga teng bo’ladi ; , (9.31) ; , (9.32) V nuqtaga nisbatan maydon induktsiyasi va kuchlanganligi quyidagiga teng bo’ladi. Ichki sfera zaryadi q¢ ga teng bo’lsa , , (9.33) Demak, ichki yopiq sirtdan chiqayotgan elektr induktsiya oqimi N¢ quyidagiga teng bo’ladi: Boshqa tarafdan, Ostrogradskiy – Gauss teoremasiga asosan, bir tekis hajmiy zaryadlangan sharning ichki yopiq sirtidagi maydon kuchlanganligi ga teng bo’ladi. Agarda shar sirti bir tekis sirt zaryad zichligi bilan zaryadlangan bo’lsa, u holda q' = 0, maydon kuchlanganligi ham E = 0 bo’ladi. Nazorat savollari: Elektr zaryadining o`lchov birligi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Kulon qonuni. Elektr maydon, maydon kuchlanganligi. Download 293.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling