9-ma’ruza elektromagnit induksiyasi. Magnitlar va toklarning magnit maydoni. Amper qonuni


Magnit maydoniga kiritilgan tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch


Download 369.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi369.18 Kb.
#1326118
1   2   3
Bog'liq
9-Ma\'ruza

 
Magnit maydoniga kiritilgan tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch
Agar I tok oqyaotgan l uzunlikdagi tokli o’tgazgich magnit maydoniga 
kiritilsa, maydon tomonidan unga vaziyatini o’zgartiruvchi kuch ta’sir etadi. Bu 


kuchga Amper kuchi deyiladi. Uning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi.
F=IBlsinα
(9.6) 
Amper kuchining yo’nalishi chap qo’l qoidasi bilan aniqlanadi. Agar bosh 
barmoq, o’rta barmoq va ko’rsatkich barmoqlarni bir-biriga nisbatan 90
0
qilib 
joylashtirilsa, ko’rsatkich barmoq tok yo’nalishini, o’rta barmoq magnit maydon 
yo’nalishini ko’rsatsa, bosh barmoq Amper kuchining yo’nalishini ko’rsatadi. 
Magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga maydon tomonidan 
orientirlovchi kuch ta’sir etadi. Bu kuch quyidagi formula bilan ifodalanadi.
F=qBvsinα
(9.7) 
Bu yerda B – magnit maydon induksiyasi, v – zarrachaning tezligi, α – magnit 
maydon induksiya vektori bilan tezlik yo’nalishi orasidagi burchak. 
Agar vakuumda magnit maydon induksiyasi B
0
bo’lsa, biror muhitdagi 
magnit induksiyasi B bo’lsa
(9.8) 
ga muhitning magnit singdiruvchanligi deyiladi. 
Agar magnit maydonning S yuzasini maydon kuch chiziqlari kesib o’tayotgan 
bo’lsa magnit oqimi degan tushuncha paydo bo’ladi. Uning kattaligi quyidagi 
formula bilan aniqlanadi:
Φ=Bscosα
(9.9) 
Bu yarda α – yuzaga o’tkazilgan normal bilan magnit induksiya vektori 
orasidagi burchak. Magnit oqimining o’lchov birligi 1 Veber (Vb)
 
DOIMIY MAGNIT VA AYLANMA TOK. MAGNITLAR VA 
TOKLARNING MAGNIT MAYDONI. Doimiy magnit borligi va temirni 
magnitlanishi va kompas 3000 yil burun ham Xitoyda mavjudligi, kompasning 
strelkalari meridian bo‘ylab joylashishi ham qadimdan ma’lum. 1600 yilda Gilbert 
doimiy magnitni batafsil tekshirdi. Magnitni ikki qutbi bor: janubiy va shimoliy. 
Magnitlarning turli qutblari o‘zaro tortishadi bir xil qutblari esa itarishadi. 
XVIII asrda chaqmoq ta’siri natijasida temir buyumlarning 
magnitlanishi, kompasning magnitsizlanishi aniqlandi. Ya’ni magnit hodisa-larini 
elektr hodisalari bilan bog‘likligi aniqlandi. Buni 1820 yili Ersted tasdiqladi: ya’ni, 
simdan o‘tayotgan elektr toki magnit strelkasiga ta’sir qilishini aniqladi-simga 
perpendikulyar ravishda magnit strelkasi oriyentirlandi. Amper esa ikki tokli 
o‘tkazgichni o‘zaro ta’sirni o‘rgandi. Keyingi tekshirishlar har qanday 
harakatlanayotgan elektr zaryadi magnit hossasini tekshirdi. Bundan shunday 
xulosa chiqadiki faqatgina harakatlanayotgan elektr zaryadlarigina magnit tasiriga 
egadir. Demak harakatlanayotgan elektr zaryadlari atrofida, ya’ni bir maydon turi 
magnit maydoni hosil bo‘lishi aniqlandi. 
Magnit maydoni kuch chiziqlarini elektr maydoni kuch chiziqlari kabi 
grafikda tasvirlash mumkin. magnit kuch chiziqlariga uning ixtiyoriy nuqtasidagi 
o‘tkazilgan urinma magnit maydoning shu nuqtadagi musbat magnit qutbiga tasir 
qiluvchi kuch bilan bir xil yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Magnit kuch chiziqlarini oyna 
ustidagi temir kukun yornamida ko‘rish mumkin. 


Ersted tajribalarida simdagi J tokning hosil qilgan magnit maydoni kuch 
chiziqlari markazlari bu simga jolashgan simga perpendikulyar kontsentrik 
aylanalardan iborat bo‘ladi. 
Magnit maydon kuch chiziqlari elekti maydon kuch chiziqlaridan farqli 
doimo berk bo‘ladi. 

Download 369.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling