9-ma’ruza elektromagnit induksiyasi. Magnitlar va toklarning magnit maydoni. Amper qonuni


Download 369.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi369.18 Kb.
#1326118
  1   2   3
Bog'liq
9-Ma\'ruza



9-MA’RUZA 
Elektromagnit induksiyasi. 
1. Magnitlar va toklarning magnit maydoni. 
2. Amper qonuni. 
3. Magnit maydon kuchlanganligi. Amper formulasi. 
4. Bio-Savar-Laplas qonuni. Chap qo‘l qoidasi. 
5. Lorens kuchi 
Magnit maydon xossali va uning xarakteristikasi
Elektr zaryadlar atrofidagi fazoda ma’lum fizik xossalarga ega bo’lgan 
elektrostatik maydon paydo bo’lgani kabi elementar toklarning atrofidagi fazoda 
ham alohida tabiatli maydon paydo bo’ladi. Bu maydon magnit maydon deb 
ataladi. Magnit maydon shu maydonga kiritilgan tokli o’tkazgichlarga ta’sir 
qiluvchi kuchlar orqali namoyon bo’ladi. Masalan, bir xil yo’nalishdagi toklar 
oqayotgan parallel ikkita o’tkazgich o’zaro tortishadi (90-rasm). Toklarning har 
biri o’z atrofidagi fazoda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi tokka 
ta’sir ko’rsatadi. Magnit maydonning tokka ta’siri shu tok oqayotgan 
o’tkazgichning shakliga, o’tkazgichning maydondagi vaziyatiga va undagi tokning 
yo’nalishiga qarab turlicha bo’ladi. Bir xil yo’nalishdagi tokli o’tkazgichlar bir-
birini toratadi, har xil yo’nalishdagi tokli o’tkazgichlar bir-biridan itarishadi. Shu 
sababli, magnit maydonni xarakterlash uchun uning muayyan bir tokka 
ko’rsatadigan ta’sirini o’rganish lozim. Bunda biz hozircha tokli o’tkazgichlar 
bo’shliqda joylashgan deb hisoblaymiz. 
9.1-rasm 
Magnit maydonning xossalarini shu maydonning tokli berk yassi konturga 
ko’rsatadigan ta’siriga qarab o’rganamiz. Bunday kontur ramka deb ataladi. Bu 
konturning magnit maydoni asosiy maydonga ta’siri juda kichik. Magnit maydon 
xossalarini tekshirish uchun shu ramkadan foydalanamiz (9.2-rasm). 


9.2-rasm Tokli ramka 
Tokli ramka o’tkazgich yaqiniga joylashtirilsa, u ma’lum vaziyatga buriladi, 
ya’ni, magnit maydon ramkaga oriyentirlovchi ta’sir ko’rsatadi. Bunda ramkaning 
oriyentirlanishi undagi tokning yo’ialishiga ham bog’liq bo’ladi, ramkadagi 
tokning yo’nalishi o’zgarganda ramka 180
o
ga buriladi. 
Maydonning ramkani oriyentirlash ta’siridan magnit maydon yo’nalishini 
aniqlash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun ramka tekisligiga normal 
o’tkazamiz. Ramkadagi tok soat strelkasi harakatiga teskari yo’nalganda 
normalning bizga qarab yo’nalishi musbat yo’nalishi deb qabul qilinadi. 
Boshqacha aytganda, normalning musbat yo’nalishi deb dastasi ramkada 
oqayotgan tok yo’nalishi bo’ylab aylanayotgan parmaning ilgarilanma harakati 
yo’nalishiga mos keladi.
9.3-rasm
9.4-rasm 
Magnit maydon ta’sirida tokli ramka ma’lum vaziyatni oladi, binobarin, unga 
o’tkazilgan normal ma’lum yo’nalishga ega bo’ladi. Magnit maydoni ramkaga juft 
kuchlar momenti bilan orientirlovchi ta’sir ko’rsatadi. Tajribalar juft kuch momenti 
(M) ning kattaligi tok kuchiga, tokli o’tkazgichlarning vaziyatiga, shuningdek, 
ramkaning o’lchamlariga va u orqali oqayotgan tok kuchiga bog’liq bo’ladi. Tokli 
ramka shunday bo’lishi kerakki, uning magnit maydoni o’rganilayotgan magnit 
maydoniga ta’siri juda kichik bo’lishi kerak. Ramkadan magnit maydonni 
miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun M juft 
kuch momentining maksimal qiymatini hisobga olish kerak. Bu juft kuch momenti 
quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
(9.1) 
Ramkadan oqayotgan tok kuchi bilan ramka yuzining ko’paytmasiga 
ramkanang xususiy magnit momenti deb yuritiladi: 


(9.2) 
Magnit maydonning ramkaga ko’rsatadigan orientirlovch juft kuchlar 
momentining maksimal qiyamati ramkaning xususiy magnit momenti bilan shu 
maydon uchun doimiy kattalik B bilan ko’paytmasiga teng bo’ladi. Bu doimiy 
kattalikka magnit maydon induksiyasi deyiladi. B uning o’lchov birligi 1 Tesla 
Magnit maydonni magnit maydon induksiyasidan tashqari magnit maydon 
kuchlanganligi degan kattalik ham xarakterlaydi. Bu kattalik quyidagi bog’lanishga 
ega:
(9.3) 
Bu ifodada proporsionallik belgisining o’rniga tenglik belgisini yozish uchun 
k proporsionallik koeffisiyentini kiritish kerak: 
(9.3a) 
Magnit maydon kuchlanganligi ham yo’nalishi, ham son qiymati bilan 
xarakterlanadi. Uning yo’nalishi magnit maydon induksiya vektori bilan mos 
tushadi. Magnit maydon kuchlanganligining o’lchov birligi 1 Erstet (E). 
To’g’ri tokli o’tkazgich atrofidagi magnit maydonining kuch chiziqlari unga 
tik tekislikda joylashgan kuchlanganlik chiziqlari egri chiziqlardan iborat 
bo’ladi. Magnit maydon kuch chiziqlari boshlanmaydi ham, tugamaydi ham, 
balkim berk halqalardan iborat bo’ladi. 
9.5-rasm. To’gri tok magnit maydoni kuchlanganlik chiziqlarining yo’nalishi 
Magnit maydon induksiyasi bilan magnit maydon kuchlanganligi quyidagicha 
bog’langan: 
B= μ μ
0
H ` 
(9.4) 
Vakuumda ular bir-biriga teng.
Bio-Savar-Laplas qonuni ixtiyoriy shakldagi tokli o’tkazgichdan r masofadagi 
nuqtada magnit maydon kuchlanganligini aniqlashga imkon beradi. Uning 
matematik ifodasi
(9.5) 

Download 369.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling