9 Ma’ruza: Endоgen jаrаyon vа хоdisаlаr. Seysmik хоdisаlаr. Reja
Download 310.54 Kb. Pdf ko'rish
|
9-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tektonik harakatlarga moyil 2 ta belbog’
- 1) Burama dislokatsiya 2) uzulma dislokatsiya
- Nazorat savollari
9 - Ma’ruza: Endоgen jаrаyon vа хоdisаlаr. Seysmik хоdisаlаr. Reja: 1. Tektonik hodisalar. 2. Tektonik hodisalarning muhandis inshootlarga ta’siri. Tayanch so’z va iboralar: endogen jarayon va hodisalar, tektonika, buralma dislokatsiya, uzilma dislokatsiya Yer qobig’i paydo bo’lgandan buyon hozirgacha doimo harakatda bo’lib kelmoqda. Bu harakatlar tektonik harakat deb, uni o’rganuvchi fanni geotektonika fani deyiladi. Tektonik harakatlar Yerning ichki qismida yuz beradigan murakkab jarayonlar natijasida ro’y beradi.Tektonik harakatlarning sodir bo’lishi sabablarini turlicha talqin qiladilar. Ularni quydagicha ifodalash mumkin: 1).Yer sharining turli qavatlardan tashkil topganligi (yer qobig’i, mantiya va yadrodan ) 2).Yer ichki qismining ba’zi bir joylarida suyuq olov oqimining (magmaning )bo’lishi. 3).Yerning ichki qismida harakatning yuqori darajada ekanligi. 4). Yer qobig’i qavatning yupqaligi va uning qattiqligi. Bu fikrlar quyidagicha izohlanadi. Agar yer sharining diametri 4m deb olsak, bunda yer qobig'ining qalinligi 1sm ni tashkil qiladi. Bunda juda kichik qalinlikdagi yer qobig'i sodir bo'ladigan siqilishlarga qarshilik ko'rsata olmayi, natijada yer sekin- asta harakatiga keladi. 41-rasm Ayrim olimlar bunday harakatga sabab yerning qismida radioaktiv elementlarning parchalnishidan chiqayotgan issiqlikning yuqoriga qarab tarqalish, yana bir sabab yer ostida kuchlanishlaring yig'ilishidan harakatlar payo bo'ladi. Bu harakatlar natijasida yer qobig'ida tashkil etuvchi qatlamlarni joylanish va etish shakllari, uning ustida esa yer yuzasining shakli o'zgaradi. Natijada yerning ayrim joylari ko'tarilib tog'lar hosil bo'ladi, buning hisobiga esa yerning ayrim joylari cho'kadi. Tog'larning hosil bo'lish jarayoni yer yuzasida doimo sodir bo'lib turadigan jarayon, bu asta sekin (sokinlik davri) yoki juda tez ro'y berish ( tektonik inqilob) mumkin. Yer sharining tarihida qoldig'i tektonik inqiloblar ajraladi, kaledon tektonik inqilobi - bu kembiriy-silur davrlarida sodir bo'lgan ; gertsin inqilobi-yura davriga mansub. Alp tektonik inqilobida Kavkaz, Karpat va Qrim tog'lari hosil bo'ladi. Tektonik zilzilalar yer sharida eng ko'p bo'ladigan va ko'pincha talofatli yer qimirlashlar. Tektonik zilzilalar natijasida inshootlar, yo'llar, qishloq va shaharlar vayron bo'lib, minglab odamlar halok bo'ladi, boshpanasiz qoladi. Kuchli zilzilalar oqibatida yer yuzida kengligi bir necha o'nlab metr, uzinligi bir necha yuz kilometr bo'lgan darzlar hosil bo'ladi. Tektonik zilzillalar okean va dengiz tublarida ham odir bo'ladi, ularni dengiz yer qimirlashilar yoki sunami deyiladi. Dengiz yer qimirlashilar natijasida balandligi bir necha o'n metr bo'lgan to'lqinlar hosil bo'ladi. Bu to'lqinlar hosil bo'lish markazidan okean bo'ylab100 va 1000 dan ko'p km/soat tezlikda tarqaladi. Tektonik harakatlarga moyil 2 ta belbog’:1) Tinch okeani seysmik mintaqa bo’lib, bu maydonga Amerika qitasining tog’li o’lkalari – Alyaska, Kamchatka, Kuril, Yangi gvineya, Yaponya hududlari kiradi. 2) Alp – Himolay mintaqasiga O’rta yer dengizi, Karpat, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Oltoy, Baykaldan Indoneziyagacha bo’lgan hududlar kiradi. 2009 4.09 may Gvatemalada 6.1 balli zilzila. 1) Tektonika- yer qobig'idagi bo'ladigan harakatlari o'rganadigan fanir. Yer qobig'i oimo harakatda bo'ladi. Bu harakatlar bir joyda kuchli bo'lishi mumkin. Tektonik harakatlar sust bo'ladigan yerning qismiga platforma deyiladi. Kichli harakatlar sodir bo'ladigan qismiga esa geosinklinal deyiladi. Tektonik harakat natijasuda tektonik hodisalar ro'y beradi. Ularga tof'larning hosil bo'lishi, tog' qavatlari yemirishining o'zgarishi kabi hodisalar kiradi. 1) Burama dislokatsiya 2) uzulma dislokatsiya Kuchsiz tektonik harakatlar natijasida tog' jinslarinig qavatlari buzilmasdan shaklini o'zgarishiga buralma dislokatsiya deyiladi. Ularga misol: antiklinal (tog’lar hosil bo'ladi), sinklinal (daryo vodiylari hosil bo'ladi) kiradi. Kuchli tektonik harakatlar natijasida uzilma dislokatsiyala hosil bo’ladi. Ularga misol: uzilma, ko’tarma , siljish, siljiq, do’nglik, o’pirilmalar kiradi. Uzilma natijasuda hosil bo’lgan yoriqlar tektonik yoriqlar deyiladi. Bu yoriqlarning kengligi 1 smdan bir necha yuz, ming metrgacha boradi. Bu yoriqlar tog’ jinslarining nuragan mahsuloti bilan to’lib qolishi, ularda yer osti suvlari paydo bo’lishi mumkin. Nazorat savollari: 1.Tektonik harakatlarning qanday sodir bo’lish sabablarini bilasiz? 2. Buralma dislokatsiya va uzilma dislokatsiyalarninig bir- biridan farqi Sinklinal Antiklinal Download 310.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling