9-ma’ruza. Homuzaga arqoq tashlash va jipslashtirish


Download 483.19 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi483.19 Kb.
#1427275
Bog'liq
9-MA\'RUZA TMTJ-ma\'ruzalar-XATM


9-ma’ruza. Homuzaga arqoq tashlash va jipslashtirish
Reja:
  • Arqoq ipini homuzaga tashlash usullar
  • Mokili vamokisiz arqoq tashlash usul
  • Zarb mexanizmi.

  • To'quv dastgohlarida to'qima hosil qilish uchun bajariladigan 5 ta asosiy jarayondan 4 tasi (homuza hosil qilish, jipslashtirish, to'qimani tortish va o'rash, tanda ipini bo'shatish va taranglash) hozirgi zamonaviy dastgohlarda ham saqlanib qolgan, faqatgina o'sha jarayonlarni amalga oshiruvchi mexanizmlar takomillashtirilgan, avtomatlashtirishgan bo'lsada, lekin asosiy mohiyati saqlanib qolgandir. Hozirgacha bo'lgan davr ichida eng katta o'zgarish bo'lgan mexanizm - bu arqoq ipini homuzaga tashlash mexanizmidir.

Arqoq tashlash usuli dastgohlarni belgilovchi asosiy ko'rsatgichdir.
To'quvchilik jarayonining dastlabki kunlaridanoq homuzaga arqoq ipini tashlash katta muammolardan biri bo'lib kelgan. SHuning bilan birga arqoq tash- lovchi elementga harakat berish yana bir muammolardan biri bo'lgan. Muammoni echimi an'anaviy bo'lib, arqoq tashlovchini o'lchamiga bog'liq bo'lgan, u element qattiq yoki suyuqlik bo'lishi mumkin.
Arqoq tashlash usulini takomillashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida to'quv dastgohlarini tezligi va ish unumdorligini bir necha bor ortishiga erishildi. Arqoq ipini homuzaga tashlash mokili va mokisiz usullarga bo'linadi (1-rasm).
1-rasm. Mokili va mokisiz arqoq tashlash usullari
  • Mokili usulda arqoq ipi homuzaga moki yordamida tashlanadi. Mokini ichiga arqoq tuftagi joylashtirilib, mokini homuzadagi erkin harakati natijasida ip chuvalib chiqib to'qima eni bo'yicha tashlanadi. Bu usulga mokili dastgohlarning barcha (AT) turlari, hamda ko'p homuzali to'quv mashinasi (TMM-360) kiradi.
  • Mokisiz usulda arqoq ipi homuzaga tashlash -o'z ichiga bir necha usullarni oladi - ular mitti mokili, rapirali, pnevmatik, gidravlik (suv tomchisi) va pnevmorapirali usullaridir. To'quv dastgohlarida arqoq ipini homuzaga uzlukli va uzluksiz usullarda tashlanadi.

Quyidagi 2- rasmda arqoq tashlash usullari kеltirilgan. Arqoq ipini mokisiz tashlash usulida: Arqoq ipi mikromokida, rapirada, havo bosimi,suyuqlik ya'ni suv yordamida tashlanadi.
2- rasm. To’quv dastgohida arqoq tashlash usullari.
Mokili arqoq tashlash usuli
Moki yordamida arqoq tashlash eng qadimgi arqoq tashlash sistemasi hisoblanadi.
4-rasm. Mokini tuzilishi
1-qisqich; 2-mashinka; 3-misok; 4- plastinka.
5-rasm. Moki turlari
Mokini tuzilishi va uning o'lchamlari arqoq o'ramasini turiga, arqoq almashtirish mexanizmiga, arqoq ipining chiziqli zichligiga, mokini harakat turiga, homuza turi va balandligiga hamda zarb mexanizmining ishlash sharti kabi omillarga bevosita bog'liqdir (5-rasm).
Mokisiz arqoq tashlash usullari
Mokisiz to'quv dastgohlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi:
  • Yaxshi va sifatli to'kima ishlab chiqariladi.
  • Ishlab chiqarish unumdorligini yuqoriligi.
  • Doimiy va ishonchli ishlashni ta'minlanadi.
  • Dastgohlarni universalligi.
  • Dastgohni assortiment imkoniyatlarini yuqoriligi.
  • Enli va texnik to'qimalar ishlab chiqarish imkoniyatiga egaligi va x.k.z.

Mitti mokili arqoq tashlash printsipi
Mitti moki yordamida arqoq tashlashning texnologik chizmasi
Rapira vo yordamida homuzaga arqoq tashlash
Qattiq rapirali arqoq tashlash sistemasi
Egiluvchan rapirali to'quv dastgohida arqoq tashlash.
Egiluvchan rapirali to'quv dastgohlari
Nazorat savollari
  • Dastgohlarni arqoq tashlash usullariga qarab turlanishini izohlab bеring.
  • Mokili va mokisiz arqoq tashlash usullari ?
  • Mokili arqoq tashlash usullari?
  • Mokili arqoq tashlash usulini kamchiliklari.
  • Arqoq tashlashning zamonaviy usullarida arqoq tashlash tеzliklarini taqqoslang.
  • STB dastgohining zarb mеxanizmi qanday tuzilgan va qanday ishlaydi?
  • STB dastgohida zarb kuchi va zarbning boshlanishi qnday sozlanadi?
  • Zamonaviy elеktron boshqariluvchi Somеt dastgohining elastik rapirali arqoq tashlash mеxanizmi qanday tuzilgan va qanday ishlaydi?
  • Bikr pnеvmorapirali dastgohda arqoq ipi tashlashning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
  • Arqoq ipi pnеvmatik usulda qanday tashlanadi?

Download 483.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling