9-ma’ruza intellekt va uni o’rganish reja


Intellektual rivojlanish mezoni


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1604911
1   2   3   4
Bog'liq
9-ma\'ruza

Intellektual rivojlanish mezoni (ong IQ – aqliy yosh (AYO) va xronologik 
yosh (XYO) orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon: IQ = AYO/XYO 100. 
Intellektning biror bir yosh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali 
rivojlanishini aniqlash mumkin. 
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar 
orqali bevosita bilib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar T.da ongli ravishda aks etadi. 
T. jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm, tushuncha, xulosa 
shakllarida yuzaga keladi. 
Klassifikatsiya - tevarak-atrofdagi olamni o‘rganishda birgina narsa bilan 
emas, balki ko‘p va xilma narsalar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi, ya’ni 
narsalarni o‘rganish maqsadida guruhlarga, sinflarga ajratishdir. 
Assotsiativ psixologiya - XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya 
fani yo‘nalishi bo‘lib, ko‘proq Angliyada tarqalgandir, ya’ni psixik hodisalarning 
o‘zaro bog‘lanishi bo‘lib, ma’lum qonunlar bo‘yicha tarkib topishdir. 
Analiz-tahlil - murakkab ob`ektni turli tarkibiy qismlarga ajratish yoki 
tavsifnoma berishdan iborat fikralsh operatsiyasidir. 
Kreativlik – bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning 
an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul 
qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 1922 yilda D.Simpson 
tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan. 
Kreativlikni o‘rganish bo‘yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, 
M.G.Yaroshevskiy, V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar. 
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya 
mavjud. 
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va 
kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt 
kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik 


intellektning hosilasidir. YUqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi 
qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga 
keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb 
hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan. 
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. 
V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi 
hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular 
o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali 
tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab 
olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 
yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan 
sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ 
koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam 
yutuqlarga erishishgan. 
Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa 
tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling