9-ma’ruza intellekt va uni o’rganish reja


tavakkal va  muammoni  engib  o‘tishdagi qat’iylikda


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1604911
1   2   3   4
Bog'liq
9-ma\'ruza

tavakkal va 
muammoni 
engib 


o‘tishdagi qat’iylikda deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan 
shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi. 
4. Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani 
echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning 
muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin 
e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz 
bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u 
shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb 
javob bergan. 
5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam 
beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni 
kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi 
tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan. 
Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan 
inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa 
guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 
ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda 
biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy 
intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni 
tushunib etish va uni engib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar ham bu fikrga 
qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini 
topishga, 
oilaviy 
baxtga 
erishishga, 
biror 
bir 
yutuqqa 
erishishda 
muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy 
intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini 
qabul qilish, ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional etuk 
shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar engib 
bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar hisoblanishadi. 
Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq 
etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional 


intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular 
quyidagilar: 
Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash) 
Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish) 
Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan 
foydalanishni bila olish) 
Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish 
Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining 
biror joyidan jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog 
Antonio Damasio o‘z tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol 
qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U 
bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida 
emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiona 
va turli tabiiy offtlar orqali insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni 
ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his yo‘qligini bilgan va uni ifodalay 
olmagan. U endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada Elliot 
o‘z ishi va oilasini yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot 
jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib muvaffaqiyatsizlikka erishdi. 
Lekin ba’zi olimlarning fikricha, emotsional intellekt – intellektdan yiroq 
tushuncha. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, emotsional intellekt bizdagi bor 
hohish va qiziqishni aktivlashtiradi. Muammoning ma’nosini kamroq o‘ylashga 
majbur qiladi. Bu jarayon kreativlik uchun muhim hisoblanadi. 
Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani 
tadqiq etishganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining 
og‘irligi normal odamning miyasidan anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi 
og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan qarashlar ham mavjud 
bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan ancha 
pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir jinoyatchilarning miyasining og‘irligi 
xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan 
miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning 


yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki miyannig frontal va parietal manglay 
bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini aniqlashgan. 
After the brilliant English poet Lord Byron died in 1824, doctors discovered 
that his brain was a massive 5 pounds, not the normal 3 pounds. Three years later, 
Beethoven died and his brain was found to have exceptionally numerous and deep 
convolutions. Such observations set brain scientists off studying the brains of other 
geniuses at their wits' end (Burrell, 2005). Do people with big brains have big 
smarts? 
Alas, some geniuses had small brains, and some dim-witted criminals had 
brains like Byron's. More recent studies that directly measure brain volume using 
MRI scans do reveal correlations of about +.33 between brain size (adjusted for body 
size) and intelligence score (Carey, 2007; McDaniel, 2005). Moreover, as adults age, 
brain size and nonverbal intelligence test scores fall in concert (Bigler et al., 1995). 
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi 
o‘rtasida deyarli hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning 
miyasining kuyi qismi kanadalikning miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon 
bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy ma’lumotlarga javob 
beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari pastroq 
joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa fiziklarning 
gapirish va o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan. 
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni 
ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha 
xarakter irsiyat yo‘li bilan avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq ravishda 
aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning 
tadqiqotlari unchalik yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali 


ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini ko‘rishimiz mukin. Galtonning 
tadqiqotlari o‘z samarasini bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni 
aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida 
aniqlash yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan. 
Unga 
frantsuz 
maktablarida 
yaxshi 
o‘zlantirmayotgan yoki aksincha juda yaxshi o‘zlashtirib maxsus ta’lim 
programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq etish topshirilgan. Bunning sababi 
ularning qobiliyatlaridagi farqlar bo‘lishi mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o‘z 
xodimi Tedor Simon bilan birga maktabda o‘zlashtirishda ma’lum muammolarga 
duch keluvchi o‘quvchilarni aniqlovchi ob’ektiv testlarni yaratishgan. Bine va 
Simon aqliy yosh va xronalogik yosh degan hodisani o‘rgantishni 
boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik yoshiga mos kelishi kerak edi. Agar 
kimda bu mutanosib kemasa, uni maxsus ta’lim metodi orqali moslashitirish 
mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon Galtondan farqli o‘laroq aqliy qobiliyatni 
muhitga bog‘liq deb bilgan. 
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va 
Simonning intellekt testlari Stanford universitettining talabalariga mos 
kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish kiritdi. Endilikda unga Stenford- 
Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy qobiliyat 
koeffitsenti 
hisoblangan 
o‘sha 
mashhur 
IQ
atamasini 
fanga 
kiritdi.
Aqliy yosh 
IQ ------------------------------------------------ x100 
Xronologik yosh 


Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni 
tadqiq etgan. Lekin unda buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan 
bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida 
o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. Xuddi Galton dek 
L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi bu 
ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan. 
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli 
kuchlimi? F.Galtonning fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini 
yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-
tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola deb hisoblashga 
tg‘ri keladi.
Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti 
deyarli bir xil natijani ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa 
boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir 
natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin. 
YAna bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta 
bo‘lgan bolalarning intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan. Lekin 
ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik kamayib borishini kuzatishgan. Aynan aqliy 
qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini tadqiqotlar isbotlab bergan. 
Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-onalariga 
qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan. Irsiyat va 
ijtimoiy muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga ega bo‘lgan 
bolani maxsus matematikaga yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar o‘tib uning 
itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Buning sababi ham irsiyat ham 
ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz bizning 
muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan. 
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi 
tarbiyalanuvchilarini tadqiq etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira 
olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini kuzatgan. Tarbilovchilar 
bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. Natijada 


bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji 
yo‘q qoloq bolalar bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma 
qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi. 
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni 
yaratdi. Dastur davomida Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar 
orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11 
oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani aniqlandi. Natijada 
o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning 
shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning 
dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin 
yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z ta’sirini 
ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-muhitga 
bog‘liq bo‘lib qoladi.
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi 
erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa 
matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz 
qilishimiz bilan uni testlar orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana 
shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin. 
Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini 
hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf 
etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu 
teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday 
testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va 
amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija 


ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z 
ahamiyatini zararcha ham yo‘qotmagan. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling