9-Ma’ruza. Internet tarmog‘ining tuzilishi Reja


Download 136.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi136.86 Kb.
#1239530
  1   2
Bog'liq
9-Ma’ruza. Internet tarmog‘ining tuzilishi



9-Ma’ruza. Internet tarmog‘ining tuzilishi 
Reja: 
1. 
IP va URL adreslar tushunchasi 
2. 
Internet manzillari. 
3. 
Domen usuli. 
4. 
FAQ tizimi. 
Tayanch iboralar: IP, URL, Domen, FAQ. 
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan axborot tarkibi о‘zaro о‘xshashdek 
tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz “birni-kо‘plikka” usulda tashkil etilgan obyektlar 
bog‘liqligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud 
bо‘lgan ixtiyoriy kompyuter kо‘plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog‘langan bо‘ladi. 
Bunday bog‘lanish "tarmoq" (Net) deb ataladi. Axborot nuqtai nazardan internetda e’lon qilingan 
har bir elektron ma’lumot, tarmoqdagi bir nechta ma’lumotlar bilan о‘zaro bog‘lanishda bо‘lishi 
mumkin. Bu holdagi bog‘lanish axborot bog‘liqlik ya’ni “tо‘r” (Web) nomini olgan. 
Shunday qilib, “tarmoq” (Net) - haqida sо‘z yuritilganda о‘zaro bog‘langan kompyuterlar 
majmuasi tushunilsa, “tо‘r” (Web) - haqida sо‘z yuritilganda esa yagona axborot muhitni tashkil 
etuvchi elektron ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. 
Amaliyotda internetning real, fizik bog‘lanishlar orqali tashkil topgan tarmog‘idagi 
kompyuterlar bilan virtual axborot fazoni tashkil etuvchi elektron ma’lumotlari har xil adreslar 
yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter tо‘rt qismdan tashkil topgan 
о‘z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb 
ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar о‘zgarmas IP-adresga ega bо‘ladi. Agar 
kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bо‘lsa, u 
holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega bо‘ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-
manzil deb ataladi. 
Tarmoqda mavjud bо‘lgan ixtiyoriy kompyuter IP-adresini bilgan holda, unga har xil 
kо‘rinishdagi sо‘rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bо‘ladi. Bu sо‘rovlar о‘sha kompyuterda 
saqlanayotgan elektron ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasi yoki bо‘lmasa undagi biror bir dasturni 
ishlatishga, о‘sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid 
bо‘lishi mumkin va hokazo. 
Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron ma’lumotlarning har biri 
kompyuterlarning IP-adreslaridan boshqa о‘zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu 
adres URL (Uniform Resource Locator) - adres deb ataladi. Masalan, О‘zbekistan Respublikasi 
hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beruvchi elektron sahifa 
adresi https://www.gov.uz 
Internet yoki har qanday boshqa TCP/IP li tarmoqlarga ulangan har bir kompyuter bir –
birini “tushunadigan” bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa, tarmoq xabarlarni sizning 
kompyuteringizga qanday yuborishni bilmaydi. Agar bir va bir nechta kompyutyerda bir xil 
identifikator bo‘lsa, tarmoq xabarni yubora olmaydi. Internetda kompyuter tarmoqlari Internet 
manzili yoki aniqrog‘i IP-manzilini belgilash bilan aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda va har 
biri 8 bitdan iborat to‘rt qismdan tashkil topgan va har bir qismi 0 dan 255 gacha bo‘lgan 
qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nuqta orqali ajratiladi. Masalan, 232.25.234.156 
yoki 147. 120. 3. 28 lar IP da ikkita har xil manzilni belgilaydi. Internet tarmoq manzili haqida 
gap ketganda, odatda IP manzili tushuniladi. Agar IP - manzilida barcha 32 bit ham foydalanilsa, 
u holda to‘rt milliarddan ko‘p mumkin bo‘lgan manzillar paydo bo‘lar edi. Lekin ba’zi bir 
manzillar birlashmalarning maxsus maqsadlari uchun zahiraga olib qo‘yiladi. IP manzili ikki 
qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va uning xost manzili. IP manzilning ushbu tuzilishiga 
asosan har xil tarmoqlardagi kompyuter raqamlari bir xil bo‘ladi.
Shuni aytish joizki, manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun tushunarli bo‘lsada, 
foydalanuvchi uchun aniq ma’lumotni bermaydi. Shuning uchun ham kundalik hayotda odatda 
manzillashning domen usuli foydalaniladi. Xost kompyuterlar Internetning server xizmatini 


bajaruvchi kompyuterlardir. Xost tizim (kompyuter) Internet bilan bog‘langan aloqa xabarlarini 
oluvchi va uni mos aloqa bo‘limlariga jo‘natuvchi kompyuterdir. Ko‘p hollarda xost kompyuter 
lokal tarmog‘idagi oddiy kompyuterga o‘xshagan bir kompyuterdir. Umumiy holda u Internet 
provayderi vazifasini bajaruvchi tashkilot modemi orqali ulangan kompyuterdir. Xost 
kompyuterlarni nomlash oddiydir. Misol uchun maripov@tashsu.silk.org elektron pochta 
manzilida silk.org tarmog‘iga mansub domen bo‘lsa, tashsu esa elektron pochta xost tizimining 
dasturlari bajariladigan kompyuter nomidir. Domenning eng yuqori pog‘onasidagi so‘z (bizning 
misolimizda org) uning sinfini aniqlaydi. U xizmat turi yoki geografik joylashganiga qarab 
belgilanadi. Masalan: 

Download 136.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling