9-ma’ruza. Ip va gazlamalarni pardozlashga tayyorlash va kimyoviy pardozlash jarayonlari haqida umumiy ma’lumot
Download 19.11 Kb.
|
1 2
Bog'liq9- маъруза
1) oqartirilgan gazlamalar olish uchun ular ohorsizlantiriladi qaynatiladj va oqartiriladi; lozim bo'lsa, merserlanadi, appretlanadi (ayrim gazlama turlariga kumushsimon ipak tusini berish uchun kalandrlanadi);
sidirg'a bo'yalgan gazlamalar olish uchun ular ohorsizlantiriladi, qaynatiladi, oqartirib, lozim bo'lsa merserlanadi, bo'yaladi (o'rta va och ranglarga bo'yash uchun) yoki faqat ohorsizlantiriladi va qaynatiladi, lozim bo'lsa merserlanadi, bo'yaladi (qora va to'q ranglarga bo'yash uchun appretlanadi, ayrim gazlama turlariga kumushsimon ipak tusini berish uchun kalandrlanadi); gulli gazlamalar olish uchun ular ohorsizlantiriladi, qaynatiladi, oqartiriladi, lozim bo'lsa, merserlanadi, ba'zan bo'yaladi, gul bosiladi va appretlanadi (ayrim gazlama turlariga kumushsimon ipak tusini berish uchun kalandrlanadi); melanj va olachipor gazlamalar olish uchun esa ular oqartirilmaydi va bo'yalmaydi. Ular faqat appretlash yoki mexanik ishlov berishlardan o'tishi mumkin. Bunday gazlamalar bo'yalgan toladan ishlab chiqariladi. Shuningdek, ayrim oqartirilgan va bo'yalgan gazlamalarga mexanik ishlovlar ham beriladi (masalan, tuk chiqarish, tuk qirqish va h.k.). Gazlamalarga pardozlash fabrikalarida ishlov berish chog'ida gazlama tolalariga ta'sir qiladigan eritmalarning tarkibi, harorati va ta'sir etish vaqtini eng maqbul holatda doimiy tutib turish juda muhimdir. Shuning uchun hozirgi kunda ishlatilayotgan barcha jihozlarni avtomatik moslamalar bilan ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda. Download 19.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling