9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga


Download 456.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1776684
  1   2   3   4
Bog'liq
9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalari



9-MA‘RUZA. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga 
qo'yiladigan asosiy talablar 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarida sanitar normalari (QMQ 3. 01. 
02 — 00) bo'yich belgilangan havo tarkibidagi zararli moddalarnirig ruxsat etilgan 
miqdorlari saqlanishi kerak. Har qanday normal sharoitda ishlayotgan sanoat 
korxonalari ishlab chiqarish zonalarida, chang yoki zaharli moddalar ajralmagan 
taqdirda ham, inson organizmi uchun yetarli darajada ta'sir ko'rsatuvchi birmuncha 
omillar mavjudki, ularni hisobga olmay iloj yo'q. Bu omillar havo harorati, nisbiy 
namligi va harakati, shuningdek, ishlab chiqarish jihozlaridan ajralib chiqayotgan 
issiqlik, ma'lum bir hajmga ega bolgan ishlab chigarish zonasida doimiy 
mikroiqlim tashkil qiladiki, bu muhitda doimiy mehnat qilish, inson organizmining 
issiqlik balansi talablariga javob bermay qolishi mumkin. Issiqlik balansining 
saqlanmasligi qanday kasalliklarga olib kelishi mumkin ekanligini aytib o’tgan 
edik. 
Inson organizmi har xil sharoitlarga ko'nikish va moslashish qobiliyatiga ega. 
Lekin bu moslashish ma'lum chegaradagina amalga oshadi. Ana shu moslashish 
chegaralari SN 245-71 bo'yicha belgilangan. Shuning uchun ham shamollatish 
qurilmalarini loyihalash va o’rnatishda qurilish qoida va normalariga, tashkiliy 
masalalarga, shamollatish sistemalarida yong'inga va portlashga qarshi qo’yilgan 
shartlarni ta'minlashga alohida e’tibor berish zarur. Shuningdek; O'zbekiston 
qurilish davlat qo'mitalari tomonidan chiqarilgan tarmoq normalari va normative 
adabiyotlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. 
Sanitar norma talablari bo'yicha ishlab chiqarish zonalaridagi havo muhitiga yil 
fasllariga qarab har xil talab qo'yiladi. Shamollatishni uch xil rusum bilan 
ishlaydigan qilib hisoblash kerak: yilning issiq, o’rtacha va sovuq davrlari. Bunda 
har bir davr uchun sanoat muhitining va tashqi muhitning ma'lum harorati va 
nisbiy namligi hisobga olinadi. 
9.1. Shamollatish usullari 

Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling