9-ma’ruza. Kvant optikasi reja


Chunki bu holatda odam gavdasining biror qismi eshiklar orasiga kelganda ular mo’jizaviy tarzda o’z-o’zidan orqaga qaytadi


Download 1.01 Mb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1503215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-ma\'ruza

Chunki bu holatda odam gavdasining biror qismi eshiklar orasiga kelganda ular mo’jizaviy tarzda o’z-o’zidan orqaga qaytadi.
Berilgan katod moddasi va yorug‘lik nuri chastotasi uchun to‘xtatib qoluvchi – U0 kuchlanishni o‘lchash, katoddan chiqayotgan fotoelektronlarning tezligi va kinetic energiyasi qiymatlarini aniqlash imkonini beradi:
, (2)
Har xil katod materiallari uchun, katodga tushayotgan yorug‘likning chastotasi va har xil yoritilganlik jadalliklarida olingan fotoeffekt VAX natijalariga asosan quyidagi uchta fotoeffekt qonunlari o‘rnatildi:
1. Stoletov qonuni. Katodga tushayotgan yorug‘likning belgilangan chastotasida, birlik vaqtda katoddan ajralib chiqayotgan fotoelektronlar soni yorug‘lik jadalligiga proportsionaldir;
2. Fotoelektronlar boshlang‘ich tezligining maksimal qiymati katodga tushayotgan yorug‘lik jadalligiga bog‘liq bo‘lmay, faqat n chastotaga bog‘liq bo‘lib, uning oshishi bilan chiziqli o‘sib boradi;
3. Har bir modda uchun fotoeffektning «qizil chegarasi» mavjud, ya’ni yorug‘likningn0 – minimal chastotasi mavjud bo‘lib, bu chastotada yorug‘likning istalgan jadalligida fotoeffekt kuzatiladi.



Ko’p odamlar bilishadi, liftlarning elektr ko’zi bor, ular eshik orasiga kelgan barcha narsani sezishadi.

Bu qonunlarni tushuntirish uchun Eynshteyn 1905 yilda fotoeffektning kvant nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyada, n chastotali yorug‘lik nurlanishda ham, tarqalishda ham va moddalarda yutilishda ham alohida energiya portsiyalari



orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, yorug‘lik tarqalishini uzluksiz to‘lqin jarayoni deb tasavvur qilmay, uni fazoda diskret yorug‘lik kvantlari oqimi sifatida, vakuumda esa s tarqalish tezligi bilan harakatlanadi, deb hisoblash kerak. Bu elektromagnit nurlanish kvantlari fotonlar deb ataladi.

Lekin judayam kam odamlar bu oddiy moslama ortida fizik prinsiplar borligini anglab yetadi, bu uskuna zamonaviy fizikaning tuzilishlaridan biridir.
Kvant nazariyasiga asosan, har bir kvantni faqat bitta elektron yutishi mumkin. Shu sababli, yorug‘lik ta’sirida katoddan ajralib chiqqan fotoelektronlar yorug‘lik jadalligiga proporsionaldir (fotoeffektning I qonuni).
Katodga tushayotgan foton energiyasi elektronni metalldan chiqish ishini (A) yengishga va chiqayotgan fotoelektronga kinetik energiya berishga sarf bo‘ladi.
, (3)
Bu ifoda tashqi fotoeffektning Eynshteyn tenglamasi deb ataladi va fotoeffektning II va III qonunlarini tushuntiraoladi.
Eynshteyn tenglamasidan, fotoelektronning maksimal kinetik energiyasi tushayotgan nurlanish chastotasi oshishi bilan chiziqli o‘sib borishi va nurlanish jadalligiga bog‘liq emasligi ko‘rinib turibdi.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling