9-ma’ruza: Markaziy bank va uning funktsiyalari Reja


Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari


Download 26.2 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi26.2 Kb.
#1155751
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu

9.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari.

Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:


-banknotalar (nakd pullar) emissiyasi,
-davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash,
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish,
-kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
-davlat banki sifatida faoliyat ko`rsatish,
-to`lov-hisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish,
-valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi va u bu soxada monopol xuquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur.
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, qimmatbaxo metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalqaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo`yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo`ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo`ladi. Ba`zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo`lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi.
Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o`zida yig’adi va bu rezervlar xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to`lov balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta`minlash uchun ishlatiladi. Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrogi davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shu iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo`lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko`rsatkichlarini o`zgartirish bilan bog’liq bo`lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati ikki yo`nalishda olib borilishi mumkin.
Birinchi yo`nalish - kredit ekspantsiyasi bo`lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo`li bilan olib boriladi, ya`ni ishlab chiqarish sur`atlari tushib ketgan holda, kon`yunkturada rivojlanishga erishish mumkin.
Ikkinchi yo`nalish - kredit restriktsiya siyosati bo`lib, u iqtisodiy o`sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank “tor” va “keng” ma`noda pul -kredit siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta`sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta`sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko`rash olib borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to`lov balansi kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo`ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo`lib quyidagilar xisoblanadi:
-minimal majburiy rezerv normalarini o`rnatish,
-foiz (diskont) siyosati ,
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
-ochiq bozor siyosati,
-targetlash va boshqalar. Xorijiy mamlakatlar davlat banklari tomonidan iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash uchun turli xil ta`sir doiralari, xususan; turli hil davlat instrumentlaridan foydalanib bormoqdalar.



Download 26.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling