9-ma’ruza: Markaziy bank va uning funktsiyalari Reja


Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi


Download 26.2 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi26.2 Kb.
#1155751
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu

Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.

Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo`lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo`lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo`ladi. qarzni to’lash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka to’lov topshiriqnomasi yozadi. Bank o‘zining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to`laydi va to`langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi.


Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an`anaviy funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar. Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma`lumotlar bilan ta`minlash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin. Markaziy bankning ma`lumotlar talab qilish huquqi to`g’risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma`lumot - tadqiqot funksiyasining bir ko`rinishi sifatida ko`rsatadi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy bankning funksiyalari qo`yilgan maqsadlarga erishishni ta`minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yqlida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funksiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi. Yuqorida qayd etib qtilgan Markaziy bankning asosiy an`anaviy funksiyalari xalqaro bank tizimida an`anaviy ko`rinish sifatida keng tarqalgan, ya`ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o`xshab ketadi.
Download 26.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling