9-Ma‘ruza mashg‘uloti mavzusi: Shahar hududini yo’g’ingarchilik suvlaridan ximoyalash. Qor va yomg’ir suvlarini bartaraf qilishning chora-tadbirlari. Reja. Qor – yomg‘ir suvlarining paydo bo‘lish sabablari shahar hududidan oqova suvlarni


Download 364.96 Kb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi364.96 Kb.
#1395904
1   2   3   4
Bog'liq
9-ma\'ruza Xudayberganov B.A

Asosiy suv qochirgich - bu qor – yomg‘ir, tashlandiq, sanoat korxonalarining shartli tozalangan sizot hamda oqova suv tarmog‘iga tashlanishi kerak bo‘lgan suvlarni oqizishga xizmat qiladi.

Zamonaviy shaharsozlikda shahar suv oqizgichlari faqat hududga tushgan suvni yig‘ib, tashqariga chiqarish uchungina emas, balki quyidagi obodonchilik ishlarida ham keng qo‘llaniladi:
- bino tomlari yoki hududlardan paydo bo‘lgan suvlarni bevosita oqova suv tarmog‘i orqali olib chiqishda;
- ko‘cha va yo‘llarda hamda yer osti piyodalar o‘tish inshootlaridan yig‘iladigan suvni oqizishda;
- shahar hududidagi suv havzalarini ifloslanishdan saqlashda;
  • erigan qor suvlarini yig‘ishda.

  • Har qaysi suv havzasi o‘zining bosh suv oqizgichiga ega bo‘lib, u orqali tashlandiq va oqova suvlarni shahar tashqarisidagi ma’lum bir pastqam joyga chiqarib tashlash imkonini beradi.
    Suv yig‘iladigan maydon suv oqizgichning havza chegarasi deb tushuniladi.
    Yopiq (yashirin) suv oqizgich quyidagi elementlardan tashkil topadi:
  • ariqlardan oqib keluvchi suvni qabul qiluvchi quduq;
  • quduqlar bilan suv oqizgichni birlashtiruvchi shahobchalar;
  • suv yiqqich va suv oqizgich quvurlari;
  • ta’mirlash va tekshirish quduqlari, inshootlar suv tashlagich quduqlari, tez oqizgichlar hamda suv chiqargichlar, suvni ko‘tarish uchun nasos stansiyalari.

Suv oqizgichlar odatda o‘zi oqar qilib loyihalanishi va ularning uzunligi 1 Ga hududiga taxminan 20 dan 100 m gacha to‘g‘ri kelishi qurilish me’yorlarida belgilangan.
Oqova suv tarmog‘iga qo‘yiladigan talablar. Har qanday shaharning suv oqizgichi rivojlanishi uchun uning bosh reja qoralamasi bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun shaharning bosh rejasi asos qilib olinadi. Qoralamani tuzishda quyidagi manba va materiallar bo‘lishi ishning asosli ekanligiga shubha uyg‘otmaydi, bular quyidagilardan iboratdir:
- havza rejasi – unda ko‘chalardagi suv oqimi yo‘nalishlari, hisoblanadigan maydonlar va nuqtalar, suv qabul qilish va tekshirish quduqlari;

Download 364.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling