9-ma`ruza Mavzu: Kon transport mashinalari. Umumiy tushunchalar. Uzluksiz transport mashinalari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1531321
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma`ruza

Kurakli konveyerlar. Kurakli konveyerlar (5-rasm) nisbatan kam abrazivli 
to‘kma yuklarni tashishda qo‘llaniladi. To‘kma yuk konveyer tortuvchi zanjiriga 
maxkamlangan kurakchalardan iborat bo‘lgan ishchi organ yordamida tarnov bo‘lab 
siljitiladi. Kurakchalar yordamida siljitilayotgan to‘kma yuk tarnovda ishqalanish-
sudralish prinsipida haoakatga keladi. 


5-rasm. Kurakli konveyerlar 
Hozirgi vaqtda kurakli konveyerlar ko‘mir konlarining lava, prosek, pech, 
oraliq hamda yig‘uvchi shtreklari bo‘ylab foydali qazilmani tashuvchi asosiy 
texnikaviy vosita hisoblanadi. Ular gorizontal hamda 25 gradusgacha bo‘lgan qiya 
lahimlarda pastga va yuqoriga qarab yuk tashishda ishlatilishi mumkin. 
6-rasm. Kurakli konveyerning konstruktiv sxemasi 
Kurakli konveyerlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat (6- rasm): 
1) konveyer stavini tashkil kiluvchi bir-biri bilan bog‘lanadigan alohida – 
alohida seksiya 1 lar; 
2) bitta yoki ikkita (ba’zi hollarda uchta) uzluksiz zanjirdan iborat bo‘lgan va 
ularga ma’lum bir hil masofada maxkamlanadigan kurakchalardan tashkil topgan 
tortish organi 4; 
3) zanjir bilan ilashuvchi yulduzchalarning o‘qlari o‘rnatiladigan oxirlovchi 
konstruksiyalar 1 va 3. 
Odatda, oxirlovchi konstruksiyalarning bittasida Yurituvchi stansiya 2, 
boshqasida esa - taranglovchi qurilma 3 yig‘iladi. Konveyerlarning ba’zi turlarida 


yuritma va taranglovchi qurilma bitta oxirlovchi konstruksiyaga joylashtirilgan 
bo‘ladi, ba’zilarida - ikkala oxirlovchi konstruksiyada yuritmalar joylashtiriladi. 
Zamonaviy sidirgichli konveyerlar ishchi organining harakat tezligi 1,5 m/s 
gacha, unumdorligi 1200 t/soatgacha, uzunligi 350 m gacha, yuritmalarininig 
umumiy quvvati 500 kVt gacha, 35° gacha qiyalikda o‘rnatilib ishlatilishi mumkin. 
Kurakli konveyerlarning afzalliklari va kamchiliklari, ularga qo‘yiladigan 
talablar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling