9-ma`ruza Mavzu: Kon transport mashinalari. Umumiy tushunchalar. Uzluksiz transport mashinalari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1531321
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma`ruza



9-ma`ruza 
Mavzu: Kon transport mashinalari. Umumiy tushunchalar. Uzluksiz 
transport mashinalari 
 
I. Ma`ruza rejasi: 
1. Kon transport mashinalarining umumiy tasnifi 
2. Kon transportining umumiy tavsifi.
3. Kon korxonalarida transport vazifalari 
4. Uzluksiz transport mashinalari 
II. Tayanch so‘zlar va iboralar: 
Transport, uzluksiz transport, Konveyer, avtomobil, temir yo’l, lokomotiv, transport 
sxemasi, tashish, eltish, kurakli konveyer, tasmali konveyer, yiritish stantsiyasi
rolik. 
 
III. Maqsad: 
Talabalarda transport mashinalari va komplekslari, ularning tuzilisi va ishlash 
usullari,vazifalari to’g’risida bilim hosil qilish. 
 
IV. Matn 
 
Kon transport mashinalarining umumiy tasnifi 
 
Kon korxonalarida qo‘llaniladigan barcha transport mashinalari xarakatlanish 
usuli bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi. 
Birinchi guruhga uzluksiz ishlaydigan transport vositalari kiradi. Bunday 
qurilmalarda ish xarakati uzliksiz bo‘lib, odatda, uzoq vaqt davomida o‘zgarmay 
qoladi.
Ikkinchi guruhga Uzlukli (siklik) ishlaydigan transport vositalari kiradi. 
Ularda yuk tashish ma’lum xarakat sikli bo‘yicha davriy ravishda amalga oshiriladi. 
Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda Ularni ishga tushurgandan keyin ish 
xarakati avtomatik ravishda bajariladi. Uzlukli ishlaydigan qurilmalarda esa, odatda, 
xarakatni boshqarish talab qilinadi. 
Konveyer va skreper transporti, odatda, «eltish», temir yo‘l transporti - 
«tashigich», shaxtadan yuqoriga klet, platforma yoki skipda chiqarish transporti - 
«ko‘tarish» deb ataladi. 
Uzluksiz ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi: 


- barcha ko‘rinishdagi konveyerlar (kurakli, tasmali, plastinali, kovshli va 
x.k.); 
- uzluksiz simarqonli tashigich (vagonchalarda temir iz bo‘ylab); 
- osma sim - arqon Yo‘llari qurilmalari;
- Pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari; 
- gravitatsion transport, ya’ni yukni yo‘naltiruvchi (nov, quvir va h.k) lar 
bo‘ylab og‘irlik kuchi hisobiga tashish qurilmalari. 
Uzlukli ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi: 
- lokomotiv transporti
- avtomobil transporti; 
- temir iz bo‘ylab o‘ziyurar tashigichlar va o‘ziyurar vagonchalar
- skreper qurilmalari; 
- temir iz bo‘ylab uchli sim – arqon tashigichlar. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling