9-ma`ruza Mavzu: Kon transport mashinalari. Umumiy tushunchalar. Uzluksiz transport mashinalari
Transport mashinalarining asosiy vazifalari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
9-ma`ruza
Transport mashinalarining asosiy vazifalari:
1) foydali qazilma va boshqa nokerak tog‘jinslarini qazib olinayotgan joydan olib uzluksiz ravishda belgilangan joyga tashish; 2) yuklarni tashishda ish jarayonlarini to‘la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; 3) yuk tashishda eng xarajat qilish; 4) foydali qazilmani tashishda, uning sifati o‘zgarmasligi, Chang ko‘tarilmasligi, shovqin va texnik xavfsizlikni ta’minlashi; 5) transport vositasining unumdorligi qazib olinayotgan yukning miqdoriga mos kelishi; 6) transport qurilmasi soddaligi, ishlatishda kam ishchi kuchi talab etishi, oson bo‘laklarga bo‘linib, oson yig‘uvchanligi va h.k. lar. Uzluksiz transport mashinalari. Konveyerlar Foydali qazilmalarni qazib olish va tashish ishlarini unumdorligini oshirish va jadallashtirish yo‘llaridan biri uzluksiz texnologiyani joriy etishdir. Bu texnologiyada ishlatiladigan mashinalar kompleksi qazib olish, eltish, yuklash, tashish va yuqoriga ko‘tarish ishlarini uzluksiz bajarish talab etiladi. Konchilik korxonasidagi barcha yoki ayrim transport zvenolari uchun konveyerlarni qo‘llamasdan uzluksiz texnologiyani joriy qilib bo‘lmaydi. Konveyer transporti yuk oqimi uzluksizligini ta’minlashga, mehnat unumdorligini oshirishga va kam energiya sarflash bilan yuk tashish tannarxini kamaytirishga xizmat qiladi. 2-rasm. Konchilik korxonalarida ishlatilayotgan konveyerlar. Konveyer transporti yer osti ko‘mir konlarida qazib olish zaboylarida, gorizontal va qiya kon lahimlarida (18 gradusgacha) keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Hozirgi vaqtda konveyerlar ruda konlarida magistral va qiya stvollarda ham qo‘llanilmoqda. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda ham konveyer transportini qo‘llash ko‘lami kengayib bormoqda. Ayniqsa ko‘mir konlarida uzluksiz texnologiya qo‘llanilganda qazib olish va ochish ishlarida ham konveyer transporti keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Masalan, O‘zbekko‘mir OAJ ga qarashli Angren ko‘mir konida ham bugungi kunda konveyerlar samarali ishlatilmoqda. Muruntau kar’yerida rudalarni va qoplama jinslarni tashishda konveyerlar maydalash qurilmalari bilan birga ishlatilmoqda. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plab konchilik korxonalarida yuk tashish ishlari uchun juda katta quvvatli konveyer kompleklari joriy qilingan. Masalan, Berezovo razrezidan TES gacha (Rossiya) 15 km, Nijney Saxarada 100 km uzunlikdagi konveyer liniyasi ishlatilmoqda. Konveyer transportining afzalliklari: ishlash usuli uzluksiz, tashish uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmas unumdorlikda ishlashi, yuqori darajada avtomatlashtirish imkoniyatining mavjudligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kamligi, nisbatan yuqori qiyalikka yuk tashish imkoniyati (18 gradusgacha yoki 320- 360 minglikkacha), temir yo‘l va avtomobil transportiga qaraganda ishlatish xavfsizligi. Konveyer transportini sinflarga ajratish “yukni siljitish usuli” orqali bajariladi. Bunday holda konveyerlarni uchta guruhga ajratish mumkin: yukni bulg‘alantirish usuli bilan, ko‘chirish usuli bilan va inersiya kuchi bilan siljituvchi konveyerlar. Konveyerlar sinflari 3-rasmda keltirilgan Yer osti ko‘mir konlari qazib olish zaboylarida ko‘mir tashish uchun ko‘proq kurakli konveyerlar ishlatiladi. To‘g‘ri magistral kon lahimlarida Lentali konveyerlar, egri kon lahimlarda esa plastinali konveyerlar ishlatiladi. Uzunligi katta bo‘lgan to‘g‘ri uchastkalarda esa lenta-trossli konveyerlar ishlatiladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling