9-ma`ruza Mavzu: Kon transport mashinalari. Umumiy tushunchalar. Uzluksiz transport mashinalari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
9-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamchiliklari
- Tasmali konveyerlar.
Afzalliklari:
- tashiluvchi yukning namligi va bo‘laklarining kattaligiga kam bog‘liq bo‘lgan yukori barqaror unumdorlik; - egri yo‘l bo‘ylab yuk tashish mumkinligi; - reshtak stavi uzunligini uzgartirishning nisbatan soddaligi; - yuklash tomonida bortning balandligi katta bo‘lmaganligi tufayli yuklashning qulayligi; - kombaynni konveyer ramasida yurishi mumkinligi (agregatli konveyerlar uchun); - portlatib yuklashni qo‘llash mumkinligi; - konveyerni bo‘laklarga ajratmasdan surishning mumkinligi. Kamchiliklari: - konveyer ishlash prinsipining takomillashmaganligi; - tashish jarayonida ko‘mirning maydalanishi; - zanjir va reshtaklarni tez yemirilishi; -konveyer, zanjir va kurakchalarning og‘irligi (Hammasi metalldan bo‘lganligi uchun); -energiya sarfining nisbatan yuqoriligi; - konveyer ishlashida katta shovqin xosil bo‘lishi. Tasmali konveyerlar. Tasmali konveyerlar guruhiga harakatdagi yuk ko‘taruvchi yuzadan iborat bo‘lgan konveyerlar kiradi. Tashilayotgan material bu yuzaga nisbatan harakatda bo‘lmaydi (qimirlamaydi) va bilan birgalikda harakatlanadi (siljiydi). Tasmali konveyerda yuk ko‘tarish va tortish organlarining funksiyalari birlashgan bo‘lib, uni tasma bajaradi. Tasmali konveyerlar shaxta va rudniklarda konveyer transportining asosiy vositasidir. Ularni asosiy ishlatilish joylari – o‘rta va yig‘uv shtreklari, uklon va bremsberglar, qiya stvollar, bosh magistral shtreklar bo‘lganligi sababli shaxtalarni to‘liq konveyerlashtirish muammosi o‘z-o‘zidan hal bo‘lmoqda. Ochiq kon ishlarida ham tasmali konveyerlar ulushi yil sayin oshib bormoqda. Masalan O‘zbekistonda «O‘zbekko‘mir» OAJ ga qarashli shaxta to‘liq konveyerlashtirilgan, «Angren» ko‘mir razrezida hamda Navoiy kon - metallurgiya kombinatiga qarashli «Muruntov» karyerida tasmali konveyerlar soni ko‘payib bormoqda. 7,8-rasmlar. Tasmali konveyerlarning sxemalari Tasmali konveyerlarning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir (7,a - rasm): - egiluvchan rezinali tasma 1; - tasmani harakatga keltiruvchi 2 va egiltiruvchi 3 barabanlar, ulardan ohirgisi ko‘pincha tasmani taranglovchi ham bo‘ladi 4, 5; - tasmani butun uzunligi bo‘yicha ushlab turuvchi rolik tayanchlari; - tayanch konstruksiyalar (rama) - roliklarni o‘rnatish (mahkamlash) uchun qo‘llaniladi (21.2- rasm) 10-rasm. Tasmali konveyer barabani 11-rasm. Tasmali konveyer tasmalari turlari Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling