1-mavzu: navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 20.25 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1151491
Bog'liq
navoiy kon


1-MAVZU: NAVOIY KON - METALLURGIYA KOMBINATI
XX asrning o‘rtalariga kelib Qizilqumning bepoyon hududlarida asrlar davomida o‘zlashtirilmay yotgan erosti boyliklarini tadqiq qilish natijasida 1958 yilda Uchquduqda topilgan uran zaxiralarini qazib olish va qayta ishlash uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etildi.
Kombinatning barpo etilishi, rivojlanishi va ulkan korxonaga aylanishi matonatli, mustahkam irodali, eng murakkab muhandislik, texnikaviy va ijtimoiy masalalarni hal etishga qodir, fidoyi kishilar mehnatining samarasidir. Ular o‘z hayotini baxshida etgan bu ish uchun kuch va g‘ayratlarini ayamadilar. Yirik korxona bugungi kunda davlatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi.
Mustaqillik yillarida kombinatning yuksak malakali xodimlari sa’y-harakati hamda uning bo‘linmalarida olib borilgan texnik qayta jihozlashning ilmiy asoslangan strategiyasi amalga oshirilishi natijasida erosti boyliklarini qazib chiqarish, qayta ishlash ko‘paydi, mahsulot sifati hamda eksporti hajmi oshdi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati oltin va uran ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi etakchi kompaniyalar o‘ntaligidan joy oldi.
Istiqlol yillarida ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning keng imkoniyatlari ochildi. Bu esa o‘z navbatida kombinatni jadal va kompleks rivojlantirishni kafolatladi. Ayniqsa, keyingi o‘n yillikda kombinatda jahon standartlariga mos, tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalar barpo etildi. Jumladan, 3-gidrometallurgiya zavodida sulfidli ma’danlarni bakterial oksidlash usulida qayta ishlash texnologiyasi muvaffaqiyatli joriy etildi. Markaziy kon boshqarmasida Oltinni uyumda ishqorlash sexi va “Muruntov” konida emulsion portlovchi moddalar zavodi, Janubiy kon boshqarmasida to‘rtinchi gidrometallurgiya zavodi, Muruntov konida quvvati bo‘yicha jahonda yagona bo‘lgan Tik-qiya konveyeri ishga tushirildi.
Davlatimiz rahbarining qo‘llab-quvvatlashi bilan kombinatda yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish, ularni ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlash, investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlari ko‘lami yanada kengaymoqda. Bu esa tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlar va uranni qazib olish hamda ularni qayta ishlash hajmining o‘sishini ta’minlayapti.
Ulkan korxonada olib borilgan texnik va texnologik yangilanishlar tufayli respublikamizda oltin, kumush va uran ishlab chiqarish qariyb ikki barobar oshdi. Kombinatning «999,9» probali oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi. O‘zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishning tashkil etilayotgani va izchil rivojlanayotgani, yangi-yangi korxonalarning ishga tushirilayotganligi mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Kombinatning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilda tamal toshi qo‘yib berilgan 5-gidrometallurgiya zavodini barpo etish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Bugun Zarafshon vohasi ulkan bunyodkorlik ishlari maydoniga aylangan. Mamlakatimizdagi bu kabi ulug‘vor rejalar va hayotbaxsh sa’y-harakatlar bugungi shiddatli islohotlar mazmunini boyitmoqda. Kombinatning ahil jamoasi bu ulug‘vor vazifalarni ro‘yobga chiqarishda bor imkoniyatlarini safarbar etmoqda.
Nаvоiy kоn-mеtаllurgiya kоmbinаti tаshkil tоpgаn sаnаsi – 1958 yil.
Jоylаshishi – 6 vilоyatdа (Nаvоiy, Sаmаrаqаnd, Tоshkеnt, Buхоrо, Jizzах, Qоrаqаlpоqistоn) (10-rasm). Ishlаb chiqаrаdigаn mеtаllаr – оltin, kumush, urаn оksidi, rеniy, pаllаdiy vа bоshqа mеtаllаr.
Tаrkibi:

  • Shimоliy kоn bоshqаrmаsi;

  • Mаrkаziy kоn bоshqаrmаsi;

  • № 5 kоn bоshqаrmаsi;

  • Jаnubiy kоn bоshqаrmаsi;

  • № 2 kоn bоshqаrmаsi;

Nаvоiy shаhridаgi sаnоаt mаydоnchаsi: 1-gidrоmеtаllurgiya zаvоdi (GMZ-1), «Nаvоiy mаshinаsоzlik zаvоdi» ishlаb chiqаrish birlаshmаsi (NMZ), Mаrkаziy ilmiy-tаdqiqоt lаbоrаtоriyasi (SNIL), Gеоlоgiya-tехnоlоgiya tаjribа-mеtоdik pаrtiyasi (ОMGTP) vа bоshqаlаr.
Shimоliy kоn bоshqаrmаsi 1958 yil tаshkil tоpgаn. Tаrkibigа 24 tа аsоsiy ishlаb chiqаruvchi birlаshmа vа 8 tа nоsаnоаt birlаshmаlаri kirаdi: GMZ-1, kоnlаr, yordаmchi birlаshmаlаr kirаdi. Аsоsiy ish fаоliyati:
- urаnni yеr оstidа vа yеr ustidа tаnlаb eritish;
- «Kоkpаtаs» vа «Dаugiztаu» kоnlаridаn оltinni аjrаtib оlish;
- sulfаt kislоtа ishlаb chiqаrish;
- mаrmаr qаzib оlish.
Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling