Operatsion tizimlari fanidan
Download 1,24 Mb.
|
QO\'LLANMA 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- JIZZAX 2023 yil
- - operating system
JIZZАХ VILОYATI KАSBIY TА’LIMNI RIVОJLАNTIRISH VА MUVОFIQLАSHTIRISH HUDUDIY BОSHQАRMАSI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TОSHKЕNT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI HUZURIDАGI JIZZАХ AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TЕХNIKUMI MAXSUS FAN O’QITUVCHISI AKROM BABANOVNING OPERATSION TIZIMLARI FANIDAN O’QUV QO’LLANMASI JIZZAX 2023 yil 1.Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyatiUshbu kursda operatsion tizim va ularning asosiy funksiyalari protsessorni boshqarish, jarayonlarni boshqarish, xotirani boshqarish, qurilmalarni boshqarish, fayllarni boshqarish, tarmoqni boshqarish, operatsion tizimlar xavfsizligi va xavfsizlikni boshqarish masalalari, Unix, Linux, Windows va Android operatsion tizimlari, shuningdek, tarmoq xizmatlari va ularning turlario‘rganiladi. Zamonaviy kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlardan, operativ xotiradan, disklardan, printerdan, klaviaturadan, sichqonchadan, displeydan, tarmoq interfeyslaridan va boshqa kiritish/chiqarish qurilmalaridan iborat. Natijada ancha murakkab tizim kelib chiqadi. Bundan tashqari, ushbu komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan maqbul foydalanish juda qiyin vazifadir. Shu sababli, kompyuterlar operatsion tizim deb ataladigan maxsus darajadagi dasturiy ta’minot bilan jihozlangan bo‘lib, ularning vazifasi foydalanuvchi dasturlarini, shuningdek ilgari aytib o‘tilgan barcha resurslarni boshqarishdir. Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli - operating system) qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va foydalanuvchi (user) kompyuteri o‘rtasida vositachilik (interface) qiladigan va kompyuter resurslarini boshqarish va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bir-biriga bog‘langan dasturlar to‘plamidir. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda operatsion tizim – bu qurilmalarning davomi bo‘lib kompyuter va kompyuter tarmoqlari uchun qulay, ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan va qurilmaga o‘rnatiladigan dasturiy vosita hisoblanadi. Operatsion tizimda ishlashdan asosiy maqsad:
Buni bajarish uchun hisoblash vositalari dasturni ishlata olishi va operatsion tizim bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
samarodorlikni ta’minlashi, uzilishlarni qayta ishlash, rad etilishlar va buzg‘unchilar hujumidan kompyuterni himoyalashi kerak. OTning bu ishi foydalanuvchi uchun ko‘rinmasligi mumkin, lekin u doimiy ravishda mavjud bo‘ladi.
Operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling