Operatsion tizimlari fanidan


Download 1.24 Mb.
bet8/45
Sana11.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1189397
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
QO\'LLANMA 2022

Resurslarni taqsimlash (resource allocation). Bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi yoki bir nechta vazifalar bajarilganda, ularning har biri uchun resurslar ajratilishi kerak. Operatsion tizim ko‘plab turli xil resurslarni boshqaradi. Ba’zilarida (masalan, protsessor sikllari, asosiy xotira va fayllarni saqlash) maxsus taqsimlangan kodi bo‘lishi mumkin, boshqalarida (kiritish/chiqarish qurilmalari kabi) umumiy so‘rov va ozod qilish kodi bo‘lishi mumkin. Masalan, protsessorni qanday qilib yaxshiroq ishlatish mumkinligini aniqlashda, operatsion tizimlar protsessorni rejalashtirishda protsessor tezligini, bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarni, mavjud registrlar sonini va boshqa omillarni hisobga oladi. Shuningdek, printerlarni, USB qurilmalarni va boshqa yordamchi qurilmalarni taqsimlashning tartibqoidalari mavjud bo‘lishi mumkin.
Hisoblash (accounting). Biz qaysi foydalanuvchilar qancha va qanday turdagi kompyuter resurslaridan foydalanishini kuzatishni istaymiz. Hisobni yuritish buxgalteriya hisobida (foydalanuvchilar hisob-kitoblarni olishlari uchun) yoki foydalanish statistikasini to‘plash uchun ishlatilishi mumkin.

Xavfsizlik va himoya (Protection and security). Ko‘p foydalanuvchili yoki tarmoqqa ulangan kompyuter tizimida saqlanadigan ma’lumotlarning egalari ushbu ma’lumotlardan foydalanishni va boshqarishni xohlaydilar. Bir vaqtning o‘zida bir nechta alohida jarayonlar sodir bo‘lganda, bitta jarayon boshqa jarayonga yoki operatsion tizimning o‘ziga xalaqit bermasligi kerak.Himoyalash – tizim resurslariga barcha kirishlar boshqarilishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Tizimni begona odamlardan himoyalash ham muhim. Bunday xavfsizlik har bir foydalanuvchidan tizim resurslariga kirish huquqini olish uchun, odatda, parol yordamida tizimda autentifikatsiya (o‘zini haqiqiyligini tasdiqlashni) qilishni talab qilishdan boshlanadi.

1.4. Kompyuter tizimlari, ularning tuzilishi va ahamiyati


Hisoblash jarayonida operatsion tizimlarining vazifasini yaxshiroq tushunish uchun kompyuter tizimini ko‘rib chiqamiz. U quyidagi komponentlardan tashkil topgan:

  • Kompyuter qurilmalari (hardware), uning asosiy qismi – markaziy protsessor (Central Processor Unit - CPU) – kompyuter buyruqlarini bajarish yo‘riqnomasi, dasturlar va ma’lumotlar saqlanadigan xotira, kompyuterga axborotlarni kiritishni ta’minlovchi va foydalanuvchi – inson qabul qilgan yoki boshqa dustur shaklida dastur natijalarini chiqaruvchi kiritish/chiqarish qurilmasi yoki tashqi qurilma.

  • Operatsion tizim (operating system) – kursimizning asosiy predmeti. Foydalanuvchili va turli xil dasturli kompyuter apparatlaridan foydalanishni boshqaruvchi tizim dasturiy ta’minoti.

  • Amaliy dasturiy ta’minot (applications software) – turli xil masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan dasturlar. Ularga ko‘proq dasturlash tillari (masalan C++) bilan dasturlarni translyatsiya qilishni ta’minlovchi kompilyatorlar, mashina kodi (buyruq), ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, grafik kutubxona, o‘yin dasturlari, ofis dasturlari kiradi. Amaliy dasturiy ta’minot operatsion tizim bilan solishtirilganda nisbatan yuqori pog‘onada joylashadi, va kompyuterdagi turli xil amaliy va kundalik masalalarni yechishga yordam beradi.

  • Foydalanuvchilar (users) – insonlar va boshqa kompyuterlar. Kompyuter tizimlari komponentlariga foydalanuvchi inson sifatida – kompyuterda o‘z ish faoliyati jarayonining hisoblash tizimlari bir qismi bo‘lgan istalgan inson bo‘lishi mumkin. Tarmoqdagi boshqa kompyuterlar ushbu kompyuterga bog‘lanish (serverga ulanish) bo‘yicha foydalanuvchi rolini bajarishi mumkin. Masalan, katta dasturlarni bajarish yoki fayllarni saqlash.

Kompyuter tizimlarining ishlash tafsilotlarini o‘rganishdan oldin bizga kompyuter tizimining tuzilishi haqida umumiy ma’lumot kerak. Ushbu bo‘limda biz ushbu strukturaning bir nechta qismlarini ko‘rib chiqamiz.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling