9-Maruza Mavzu: Loyihalami avtomatlashtirishda foydalaniladigan exm va xtiar haqida umumiy ma'lumotlar


Download 348.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.09.2023
Hajmi348.79 Kb.
#1690004
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Maruza

HTlarining ish rejimlari. EHM apparat vositalari dasturaviy ta’minot bilan birga HTlari bir 
dasturli va multidasturli rejimlarda ishlashi mumkin. 
B i r d a s t u r l i r e j i m d a ishlaganda EHM xotirasida faqat bitta dastur bo‘ladi va faqat shu 
dastur bajariladi. Bunday rejim odatda mikro-EHM va personal EHMlar uchun xos, ya’ni individual 
foydalaniladigan EHMlar uchun xos. 
M u l t i p r o g r a m m a l i ( k o ‘ p p r o g r a m m a l i ) r e j i m d a ishlaganda EHM 
xotirasida bir nechta dasturlar bo‘ladi, ular tizimda hosil bo‘layotgan vaziyatga qarab protsessor bir 
masaladan ikkinchisiga o‘tish oralig‘ida qisman yoki to‘liq bajariladi. Multidasturli rejimda 
mashina vaqti va operativ xotira samaraliroq foydalaniladi, chunki yechilayotgan masalada 
protsessorning kutish rejimiga o‘tishi talab qilinadigan qandaydir vaziyat paydo bo‘lganda, 
protsessor boshqa masalani yechishga o‘tadi va uni shunga o‘xshash vaziyat paydo bo‘lgunicha 
bajaradi va h.k. Multidasturli rejim realizatsiya qilinganda masalalardan bir-biriga o‘tishi navbati 
aniqlanishi va o‘tish momenti tanlanishi talab qilinadi, bundan murod – mashina vaqti va xotiradan 
maksimal darajada samarali foydalanishdir. Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari va OT 
vositalari ta’minlaydi. Bu murakkab EHMlarga xos; ularda mashina yechishga o‘tadi va uni shunga 
o‘xshash vaziyat paydo bo‘lgunicha bajaradi va h.k. Multidasturli rejim realizatsiya qilinganda 
masalalardan bir-biriga o‘tishi navbati aniqlanishi va o‘tish momenti tanlanishi talab qilinadi, 
bundan murod – mashina vaqti va xotiradan maksimal darajada samarali foydalanishdir. 
Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari va OT vositalari ta’minlaydi. Bu murakkab EHMlarga 
xos; ularda mashina vaqtining narxi mikro-EHMlarnikiga qaraganda ancha qimmat. Oxirgi 
paytlarda personal EHMlarning imkoniyatlari ortib borishi bilan, ular uchun bir necha masalalar 
yechilishini bir vaqtda kuzatish va shu bilan muhandis ishi samarasini oshirish imkonini beradigan 
multidasturli OTlar ishlanmoqda. 
Multidasturli rejimda ALT foydalanuvchilarining dasturlari qaysi tartibda bajarilishiga qarab, 
masalalarni paketli ishlash va ko‘pchilik birdaniga foydalana oladigan rejimlarni farqlashadi. 
P a k e t l i i s h l a s h r e j i m i d a masalalar bir yoki bir nechta qatorga teriladi va ular 
birma-bir bajarish uchun tanlanadi. 


K o ‘ p c h i l i k b i r d a n i g a f o y d a l a n a d i g a n r e j i m d a foydalanuvchi o‘zining 
masalasini bajarishga istalgan ixtiyoriy vaqtda qo‘yadi, ya’ni bunday HT har bir foydalanuvchiga 
go‘yo individual foydalanuvchi rejimini realizatsiya qiladi. Bu odatda kvantaviy mashina vaqti 
yordamida amalga oshadi; bunda EHM operativ xotirasidagi har bir masalaga kvant vaqti ajratiladi. 
Kvant vaqti tugaganda protsessor boshqa masalaga ulanadi yoki HTdagi vaziyatga qarab yechilishi 
uzilgan masalani yechishni davom ettiradi. Mashina vaqtini kvantlab ko‘pchilikka birdaniga 
foydalanish imkonini ta’minlaydigan hisoblash tizimlarini – vaqt taqsimlanadigan HTlari deb 
atashadi. 
Avtomatik boshqarish tizimlarida real vaqt rejimi tushunchaqidan keng foydalaniladi; bunda 
masalalarni yechish tezligi ularning HTga kirib borishi tezligiga teng yoki katta bo‘ladi. ALTda real 
vaqt rejimi deganda muhandisning EHM bilan shunday muloqoti tushuniladiki, unda muhandis 
so‘roviga javoblar insonga qulay tezlikda keladi. 

Download 348.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling