Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali


Download 0.74 Mb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1176084
  1   2   3
Bog'liq
CMM-54 Amirov Bekzod


Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy resurslari
Bajardi: CMM-54 Amirov Bekzod

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

  • Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali
  • Xo’jalik yurituvchi sub’yekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

XYuSlarning moliyaviy resurslari ular umumiy resurslarining pul shaklida harakat qiladigan bir qismi hisoblanadi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuSning boshqa resurslari ko’rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vosita-larining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini farqlamoq lozim. “XYuS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul mablag’larining o’zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljallangan vositalar va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baho-lanishini anglatadi.

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqorida qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak.


Bu holda esa, o’z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari emas, balki amal- dagi bozor baholari harakat (ish)ga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma’lumot-larga ko’ra, bankrotga uchragan XYuS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling