Mehmondorchilik odobi
Download 25.34 Kb.
|
Документ Microsoft Word
1-BILET 1. “Mehmondorchilik odobi” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering. 2. Soʻz-gaplarga misol keltiring va izohlang 3. Yoʻl qoidalari deganda nimani tushunasiz? Yoʻl qoidalarini buzish qanday yomon oqibatlarga olib kelishi haqida gapirib bering. 2-BILET 1. “Orzular qanotida” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing. 2. Berilgan gaplarga “har” yoki “hech” soʻzlaridan mosini qoʻying. Savob ishni ... kim ... kun qilishi kerak. Biz ....... kimdan kam emasmiz. ..... yerni qilma orzu, ....yerda bor toshu tarozu. 3. Oʻzbek milliy sport turlari haqida nimalarni bilasiz? 3-BILET 1. “Akademik Flora Inoyatova” matnini oʻqing, matn mazmunini soʻzlab bering. 2. Gap boʻlaklari va ularning vazifalarini misollar bilan tushuntiring 3. Sogʻlik haqidagi maqollardan 2 ta aytib bering va maʼnosini tushuntiring. 4-BILET 1. “Sharafli burch” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering. 2. Berilgan birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing va ularni aytib bering. Yaxshilarga intilib, kattalarga taqlid qilib, yomondan qoch, aqllidan oʻrgan, savodxon biladi, ojizlarga koʻmaklashdi, intilganga ergashish. 3. Bugungi ishni ertaga qoldirma maqolining mazmunini tushuntirib bering. 5-BILET 1. “Ona – ulugʻ zot” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring. 2. Berilgan soʻzlar yordamida soʻz birikmalari tuzing. Javon, stol, stul, divan, gilam, taom, non, ovqat, jigarrang, katta, qizil, yumshoq, mazali, issiq, shirin. 3. Qanday xalq amaliy sanʼat turlarini bilasiz? 6-BILET 1. “Abdurauf Fitrat”matnini oʻqing va soʻzlab bering bering. 2. Berilgan gaplarga mos savollar toping va gaplarni aytib bering. - ___________________________________________________ Maktabimizda shaxmat, basketbol, voleybol, futbol toʻgaraklari bor. - ___________________________________________________ Sport sogʻlom va baquvvat boʻlishga yordam beradi. 3. Doʻstingiz bormi? Doʻstingizning ijobiy va salbiy fazilatlari haqida aytib bering? 7-BILET
2. Gaplarning ajratilgan boʻlaklarini misollar bilan tushuntiring 3. Hozirgi texnologik rivojlanish haqida fikrlaringiz. 8-BILET 1. “Orzular qanotida” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering. 2. Nuqtalar oʻrniga mazmuniga mos kirish soʻzlarni qoʻying, men uni ertaga koʻraman. .........., futbol jamoamiz musobaqada yutqazib qoʻydi. 3. Karantin davridagi onlayn –maktab haqidagi fikringizni bildiring 9-BILET 1. “Yoshlikdagi orzular” matnini oʻqing va oʻz munosabatingizni bildiring. 2. Berilgan soʻzlarni toʻgʻri tartibda joylashtirib, maqollar hosil qiling va ularni ona tilingizga tarjima qiling. Ishni,qoʻyma, bugungi, ertaga. Oʻlchab, bir, kes, yetti. Savol, shirin, kutma, achchiq, berib, javob. 3. Alisher Navoiy haqida qanday maʼlumotlarga egasiz? U haqida qisqacha maʼlumot bering. 10-BILET 1. “Tillashayx jome masjidi” matnini oʻqing va siz ham boshqa bir tarixiy joy haqida fikr bildiring. 2. Baxillik, saxovat, ruhlanmoq, musavvir, tengdosh — soʻzlarining tarjimasini toping va ular ishtirokida gap tuzing. 3. Bugungi kunda tabiatni asrash uchun siz nima qilyapsiz? 11-BILET 1. “Suv hayot demakdir” matnini oʻqing va suv haqidagi maʼlumotlaringizni bayon qiling. 2. Shaxsi maʼlum gaplarga misollar keltiring. 3.Sevimli asar qahramoningiz haqida soʻzlang. 12-BILET 1. “Sharafli burch” rivoyatini oʻqing va oʻz munosabatingizni bildiring. 2. Izohlovchi haqida tushuncha bering. Misollar bilan tushuntiring. 3. Transportda yurish qoidalari deganda nimani tushunasiz? 13-BILET 1. “Muqaddas ayol” matnini oʻqing. Matndan faylasufning ayolga bergan tavsifini toping va izohlang. 2. Qavs ichiga har bir gap boʻlagining soʻroqlarini qoʻyib chiqing. Qishda(..................) hamma yoq (...................) oppoq (...................) qorga (........) burkanadi. 3. Navroʻz qanday bayram? Bu bayramning yurtimiz tarixida tutgan oʻrni haqida nimalarni bilasiz? 14-BILET 1. “Yoqub Ahmedov” matnini oʻqing va savollar tuzing 2. Ot-kesimlar qaysi soʻz turkumlari bilan hosil boʻladi. Misollar bilan tushuntiring 3. Zilzila sodir boʻlganda qanday chora koʻrish kerak? Bunday vaziyatda siz nima qilgan boʻlardingiz? 15-BILET 1. “Barkamol avlod – kelajak poydevori” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering. 2. Soʻzlarni oʻz oʻrniga qoʻyib, maqollar hosil qiling. Koʻp, soʻrama, bilgandan, soʻra, koʻp, yurgandan. Oʻrgan, ishla, bilmasang,bilsang. Shoshilma, bajarishga, , berishga, vaʼdani, shoshil, vaʼda 3. Xalqimizga xos boʻlgan mehmondoʻstlik fazilatlarni aytib bering? 16-BILET 1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring. 2. Uyushiq boʻlaklarning qoʻllanilishi va ularning imlosi haqida maʼlumotlarni misollar bilan tushuntiring 3. Quyidagi hikmatlarni tushuntirib bering. Aql- yoshdan, odob boshdan. Yoshlik bahori tez oʻtar bilgin, Keksalar soʻzlarin quloqqa ilgin. 17-BILET 1. “Isʼhoqxon Toʻra Ibrat ” matnini oʻqing va matnni ochib beruvchi savollar tuzing. 2. Nuqtalar oʻrniga mos soʻzlar qoʻying va gaplarni ona tilingizga tarjima qiling. Xiva …. Xorazmning noyob qadimiy shahridir. Madrasaga oʻn qirrali …. Shaklidagi naqsh tushirilgan. 3. Muslim Yoʻldoshevning “Bir dam oʻtir, onajonim” sheʼrini oʻqing va mazmunini tushuntirib bering. 18-BILET 1. “Vatanimiz himoyachilari” matnini oʻqing va matn mazmunini ochuvchi savollar tuzing. 2. Shaxsi umumlashgan gaplarga misollar keltiring. 3. Abdurahmon Akbarning “Tabiat, sen onamiz” sheʼrida qanday gʻoya ilgari surilgan? 19-BILET 1. “Doim hushyor” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring. 2. Nuqtalar oʻrniga kerakli qoʻshimchalarni qoʻying va gaplarni ifodali qilib oʻqing. Bilimli… kuchi ming… yetar, bilimsiz… kuchi bir… yetar. Yaxshi… bogʻ qolar, yomon… dogʻ. 3. Orzu nima? Sizda “Orzular daftari” bormi, boʻlganda unga nimalarni yozar edingiz? 20-BILET 1. “Odobli boʻling” matnini oʻqing va savollar tuzing. 2. Berilgan maqollardagi vositali va vositasiz toʻldiruvchilarni toping. Oltin oʻtda bilinadi , odam mehnatda. Arslon izidan qaytmas, yigit soʻzidan. Birni kessang, oʻnni ek. 3. Ota-ona oldidagi burchingiz haqida soʻzlab bering. 21-BILET 1. “Oʻzbekiston askari” sheʼridan foydalanib, siz ham kelajakdagi harbiy faoliyatingiz haqida fikr bildiring. 2. “Bu yurt barchamizniki”matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan misol bilan izohlang. 3. Oʻrin holi qanday soʻroqlarga javob boʻladi? Oʻrin holi ishtirokida gap tuzing. 22-BILET 1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing. 2. Aniqlovchilar qanday soʻroqlarga javob boʻladi? Misollar orqali tushuntiring. 3.“Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi?” maqoli haqida nimalarni aytib bera olasiz. 23-BILET 1. “Ilm va uning xosiyatlari” matnini oʻqing va oʻz munosabatingizni bildiring. 2. Aniqlovchini turlarini misollar bilan tushuntiring. 3. Bilim haqida maqollar ayting va ularning mazmunini izohlab bering. 24-BILET 1. “Inson yaxshilik uchun yaratilgan” matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing. 2. Berilgan gapda harakatning bajaruvchisini toping. Salim yomon baholarga maktabni bitirdi. Bobur yozgan asarlar butun dunyoga mashhur. 3. Nima sababdan Vatanni onaga tenglashtiramiz ? Fikringizni bildiring 25-BILET 1. “Burch” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing. 2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling va hollarni toping. Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi. Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik boʻlsin. 3. N. Hasanovaning “Oʻzbekiston askari” sheʼridan olgan tushunchalaringizni ayting. 26-BILET 1. “Maftunkor boʻyoqlar” matnini oʻqing va mazmunini soʻzlang. 2. Gaplardagi ot-kesimlarni aniqlang. Burchimiz- aʼlo oʻqish. Yugurish sportning bir turidir. Suv – hayot manbai. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent. 3. Tabiatni asrash qanchalik muhim? Bugungi kunda tabiatimizni asrash uchun qanday ishlar qilinmoqda. 27-BILET 1. “Vatanni his etish” sheʼrini ifodali oʻqing va mazmunini soʻzlab bering. 2. Kiritma gap haqida maʼlumot bering. Misollar bilan tushuntirib bering. 3. “Mening tengdoshlarim” deganda kimlar koʻz oʻngingizga keladi va darslikda xuddi shu nomli sheʼrda nima deyilgan? 28-BILET 1. “Oʻzbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda” matnini oʻqing, matndagi milliy sport oʻyinlaridan biri haqida soʻzlab bering. 2. Berilgan gapni oʻz ona tilingizga tarjima qiling. Men tarixiy asarlarni oʻqishni yoqtiraman. 3. Mardlik deganda nimani tushunasiz? Qanday insonni mard deb ataysiz? 29-BILET 1. “Odob ziynati” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering. 2. Aniqlovchi qaysi soʻz turkumlari bilan ifodalanadi. Misollar bilan tushuntirib bering 3. Maqol va hikmatlarni oʻqing va mazmunini soʻzlab bering. Yaxshilik qilsang, yashir. Yaxshilik koʻrsang, oshir. 30-BILET 1. “Meʼmoriy obidalar” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing. 2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling. Oʻzbekistonning qadimiy yodgorliklarini koʻrgani juda koʻp sayyohlar kelishadi. Samarqanddagi koʻp meʼmoriy obidalar Mirzo Ulugʻbek tomonidan qurilgan 3. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qoidalari haqida gapiring. Download 25.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling