9-Ma’ruza. Mavzu: Quyma materiallari Reja
Download 18.31 Kb.
|
9-Ma’ruza. Mavzu Quyma materiallari Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot
- Qotishmalar nomi Suyuqlanish temperaturasi, S o
9-Ma’ruza. Mavzu: Quyma materiallari Reja 9-Ma’ruza. Mavzu: Quyma materiallari Reja: 1. Umumiy ma’lumot 2. Quyma materiallarning texnologik xossalari va ularni aniqlash 3. Quyma cho’yanlarni erituvchi pechlar, ularning tuzilishi va ishlashi Umumiy ma’lumot Texnik-iqtisodiy talablarga javob beradigan turli shaklli va o’lchamli quymalar olishda ular materiallarining suyuqlanish temperaturasi yuqori bo’lmasligi, qolip bo’shlig’ida sovib borishida hajmiy kirishuv qiymatining kichikligi, suyuqligida gazlarni kam eritishi, shlak va boshqa nometall materiallardan xoliroq bo’lishi bilan qotganda hajmi bo’yicha tekisroq, kutilgan kimyoviy tarkibli, mayda donli struktura berishi lozim. Ma’lumki, qotishmalar ichida kulrang cho’yanlargina yuqoridagi talablarga to’laroq javob beradi. Shu boisdan quymalarning deyarli ko’pchiligi shu qotishmalardan olinadi. 9.1-jadvalda turli qotishmalarning suyuqlanish temperaturalari va ularni qolipga kiritish temperaturalari qanday bo’lishiga misollar keltirilgan. 9.1-jadval.
Ma’lumki, qotishmalar oquvchanligi temperatura ortgan sari ortadi, lekin shu bilan birga ularni o’zida gazlar (azot, vodorod, kislorod va boshqalar)ning erituvchanligi ham ortadi. Natijada quymalarning mexanik xossalari pasayadi. SHu boisdan olinuvchi har bir quyma uchun uni qolipga kiritish temperaturasi zaruriy oquvchanlikni ta’minlaydigan holda, gazlar, shlak va nometall materiallardan deyarli tozalanishini hisobga olgan holda belgilanmog’i lozim. Masalan, olinuvchi quyma shakli qancha murakkab bo’lib, devor qalinliklari yupqa bo’lsa, qotishmani qolipga kiritish temperaturasi yuqoriroq bo’lishi kerak. Download 18.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling