9-Ma’ruza. Mavzu: Quyma materiallari Reja


Quyma cho’yanlarni erituvchi pechlar, ularning tuzilishi va ishlashi


Download 213.12 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi213.12 Kb.
#1506491
1   2   3
Bog'liq
9-maruza.Quyma materiallari

Quyma cho’yanlarni erituvchi pechlar, ularning tuzilishi va ishlashi
Quyma tsexlarda olinuvchi cho’yan quymalarning ~90% dan ortiqrog’i vagranka deb ataluvchi shaxta pechlarda tayyorlanadi. Chunki ularning konstruktsiyasi oddiy, boshqarilishi qulay, kam yoqilg’i sarflab, uzoq vaqt uzluksiz va unumli ishlaydi. Bunday pechlarning dastlabkilari Rossiyada 1774 yilda qurilgan. 9.1-rasmda pechning tuzilish sxemasi keltirilgan. U yumaloq, shaxta shaklli bo’lib, devorlari o’tga chidamli shamot g’ishtidan terilib, sirtidan po’lat list bilan qoplangan. U, zalvor cho’yan plita taglik 4 da, taglik esa poydevorga o’rnatilgan ustunlarda yotadi. Taglikning markazida pechning ichki devori diametriga teng teshigi bo’lib, uning ishlashida qopqoq 3 bilan zich berkitib, tiraklar bilan tirab qo’yiladi. Zaruriyatga ko’ra qopqoq, ochilib, unda avvalgi ishlashidan qolgan metall shlak qoldiqlari chiqarilib, ta’mirlanadi. O’txona tubi qum va qolip materiallari bilan to’ldirilib, zichlanadi. O’txonaning tubida suyuq cho’yanni pechdan chiqarish teshigi bo’lib, unga nov 14 o’rnatilgan. O’txonada yig’ilayotgan cho’yan shu nov orqali yig’gich (kopilьnik) 15 ga vaqtivaqti bilan chiqarib turiladi (yig’gich yo’k pechlarni o’zida shlak chiqarish novi bo’ladi). Pechning shaxta qismida shixta materiallar (koks, metalllom va flyus) kiritish darchasi 10 bo’lib, u orqali shixtani pechga badьya deb ataluvchi yuklash qurilmasi yordamida yuklanadi. Bunda pechь devorlari shikastlanmasligi uchun darchaning pastrog’iga cho’yan plita 9 o’rnatiladi. Pechga kiritilgan koksning yaxshi yonishi uchun ventilyator 6 dan havo halqali qutiga, undan furmalar 5 orqali pechga 350-700 mm ustuni bosimida haydab turiladi (bunda har bir m2 yuzaga minutiga 100-140 m3 havo to’g’ri keladi).
Pechning shixta materiallar yuklanadigan darchasi yuqorisida tsilindrik qismi bo’lib, u truba deb ataladi. Uning ustki qismida esa uchqun so’ndirgich 11 o’rnatilgan. Jarayonda ajratilayotgan gazlar bilan chiqayotgan cho’g’langan zarrachalar trubadan o’tib, uchqun so’ndirgichda sovutilib yig’iladi. Vagrankalarning ichki devor diametri (D) bilan balandligi (H) orasida ma’lum bog’lanish bor va u ko’pincha N =(3,5-5)•D ga teng bo’ladi. Soatiga 2 tonnagacha cho’yan ishlab chiqariladigan pechlar kichik, 2-10 tonnagacha - o’rta va 20-50 tonnagacha bo’lsa - katta vagrankalar deyiladi.



9.1-rasm. Vagranka pechь sxemasi: 1-poydevor; 2-ustun; 3-qopqoq; 4-taglik; 5-havo puflagich furmasi; 6-ventilyator; 7-futerovka; 8-g’ilof; 9-cho’yan plita; 10-shixta solish darchasi; 11-uchqun so’ndirgich; 12-truba; 13-badьya; 14-cho’yan chiqish novi; 15-cho’yan yig’gich; 16-shlak chiqish teshigi; 17- cho’yanni yig’gichdan chiqarish novi; 18-kovsh



Download 213.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling