9-ma’ruza Mavzu: To‘g‘on asosida va tanasidagi filtratsiyani pasaytiruvchi elementlar. Reja


Download 252.23 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi252.23 Kb.
#1386180
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza GTI


9-ma’ruza
Mavzu: To‘g‘on asosida va tanasidagi filtratsiyani pasaytiruvchi elementlar.


Reja:

  1. Gruntli ko‘tarma to‘g‘onlarning tasnifi

  2. Gruntli to’g’onlar tanasidagi filtratsiyaga qarshi qurilmalar



Tayanch so’zlar: grunt, to’g’on, yadro, ekran, tishlar, ponur, filtratsiya.
Umumiy tasnifdan tashqari gruntli ko‘tarma to‘g‘onlar ko‘ndalang kesimi konstruksiyasi, zamindagi filtratsiyaga qarshi qurilmalar va to‘g‘on tanasiga gruntni yotqizish usuli bo‘yicha tasnifga bo‘linadi.


Ko‘ndalang kesimi konstruksiyasi bo‘yicha gruntli ko‘tarma to‘g‘onlar olti xil turga ajratiladi: 1) bir jinsli – to‘g‘on tanasi bir xil jisndan tashkil topadi (9.1-rasm); 2) har xil jinsli – to‘g‘on tanasi turli gruntdan tashkil topadi; bunda gruntlar shunday joylashtiriladiki, to‘g‘onning suv o‘tkazuvchanligi yuqori befdan pastki bef tomonga oshib boradi (9.1-rasm,b), ba’zan suv o‘tkazmaydigan gruntni to‘g‘on kesimining markaziy qisimiga joylashtiriladi; 3) gruntmas materialli ekran bilan - asfalto-beton, polimer plyonkalar va boshqalardan (9.1-rasm, v); 4) gruntli ekran bilan - to‘g‘on tanasi katta suv o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, yuqori qiyalik bo‘yicha joylashtiriladi (9.1-rasm, g); 5) gruntli yadro bilan - ko‘ndalang kesimini o‘rta qismiga yoki yuqori bef tomonga siljitib joylashtiriladi (9.1-rasm, d); 6) gruntmas materialli diafragma bilan - beton, polietilen plyonka, asfaltobeton, temir - beton shu kabilardan bajariladi (9.1-rasm, ye).






9.1-rasm. Gruntli ko‘tarma to‘g‘on turlari:
a-bir jinsli gruntdan; b-har xil jinsli gruntdan; v-gruntmas materialli ekran bilan; d-gruntli yadro bilan; ye-diafragma bilan; 1-yuqori qiyalik; 2-qiyalik qoplamasi; 3-to‘g‘on tepasi; 4-pastki qiyalik; 5-to‘g‘on tanasi; 6- drenaj banketi; 7-tovon; 8-o‘tish zonalari; 9-markaziy prizma; 10-himoya qatlami; 11-ekran; 12-yuqori prizma; 13-yadro; 14-pastki prizma; 15-diafragma; - to‘g‘on tepasi kengligi; -to‘g‘on pastki qismi kengligi; - to‘g‘on balandligi; .




















Download 252.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling