9-ma’ruza. Sanoat portlovchi materiallarini tashish va yo’q qilish. Portlovchi materiallarni tashib keltirishning umumiy tartibi


Markazlashtirilgan tizimda portlovchi materiallarni sarflovchi (tarqatuvchi) kameraga, saqlash punktiga va zaryad butkasiga tashibkeltirish


Download 40.08 Kb.
bet5/7
Sana10.11.2023
Hajmi40.08 Kb.
#1763297
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza

Markazlashtirilgan tizimda portlovchi materiallarni sarflovchi (tarqatuvchi) kameraga, saqlash punktiga va zaryad butkasiga tashibkeltirish.

Sarflovchi (tarqatuvchi) omborda portlovchi materiallarni vagonetkaga, konteynerlarga yuklash ishini portlovchi moddalar tarqatuvchi ishchisi amalga oshiradi. Portlovchi materiailar yuklangan vagonetka, konteynerlarni uchastkalardagi vaqtincha saqlanadigan tarqatuvchi kamera va shkaflarga qadar kamida ikki kishidan iborat tarqatuvchi ishchilar tashib keladi. Portlovchi materiallarni yuklashda vagonetka yoki konteynerlar portlovchi materiailar omboriga yaqin lahimlarda yoki bevosita sarflovchi omborning o ‘zida amalga oshiriladi. Portlovchi materiallarni uchastkalardagi portlovchi materiailar saqlash punktiga portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidasi talablariga javob beradigan shaxta ichidagi transportda tashib keltiriladi.


Qiya va tik lahimlarning qabul qiluvchi maydonchalarida portlovchi materiailar bilan manevr ishlarini bajarish shu maydonchaga xizmat qiluvchi ishchi, portlovchi materiailar omborining tarqatuvchi ishchisi kuzatuvida amalga oshiriladi. Bu ishchilardan biri portlovchi materiallarning yer ostida harakatlanishini nazorat qilsa, ikkinchisi ularni qabul qilishga javobgardir. Qabul qilinadigan maydonchalarda portlovchi materiailar yuklangan vagonetkalarning manevr ishlari bajarilayotgan vaqtida shu ishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Portlovchi moddalar sarflovchi ombordan ularni tarqatuvchi kameralarga va uchastkada saqlovchi punktlarga zavod tarasida yoki qattiq kassetalarda, yoki sumkalarda tashib keltiriladi. Bunda portlovchi modda polietilen qopchaga joylashtirgan bo‘lishi kerak. Elektr detonatorlar tarqatuvchi kameraga zavod tarasida yoki qattiq kassetada olib kelinadi. Ish joyiga (ya’ni kavjoyda) tashib keltirilgan portlovchi materiailar usta-portlatuvchi yoki xavfsizlik qoidalarini biladigan ishchi nazoratida bo‘lishi kerak. Tashib keltirilgan portlovchi moddalar lahimning xavfsiz joyida sumka yoki kassetalarda bo‘lishi kerak. Shaxta stvollarini o‘tishda portlovchi materiallarni tashib keltirishni tartibga solish va talab etiladigan mehnat sarfini qisqartirish maqsadida portlovchi moddalar shaxta yaqinidagi zaryad budkaga markazlashtirilgan holda tashib keltiriladi. Zaryad budkasi portlovchi materiallarni qisqa muddatga (1 sutkaga qadar) saqlash, jangovar patronlarni tayyorlash, elektr detonatorlami markirovkalash uchun mo'ljallangan qurilma-moslama bo‘lib, loyihaga asosan shaxta yaqinidagi binolar, inshootlar, kommunikatsiyalardan uzoqroq, xavfsizlik qoidasiga muvofiq shaxta stvolidar kamida 50 m uzoqlikda quriladi.
Zaryad budkasi yonmaydigan materialdan quriladi. Uning, odatdagidek, ishchi va avariya holatida yoritadigan yoritgichlari, telefon aloqasi, yorug‘lik va ovoz chiqaruvchi signalizatsiyalari bo'lishi kerak. Bino aylanasiga balandligi 2 m dan kam bo'lmagan tikonli sim tortilgan devor bilan o'ralishi va qulflanadigan darvozasi bo'lishi kerak. Zaryad budkasi yer yuzasida yoki yarim chuqurlashtirilib quriladi, uning ishchi xonalari bo'lib, u yerda qisqa rnuddat portlovchi materiallar saqlanadi, elektr detonatorlar markirovka qilinadi va jangovar patronlar tayyorlanadi. Zaryad budkani isitish uchun uning o 't yoqiladigan xonasi bo'lishi kerak. U xonadagi pechka yuzasida harorat 70° dan yuqori bo'lmasligi kerak. Ishchi xonaga kirishda ikki qavatli eshik bo'ladi, birinchisi tashqi eshik yog'ochdan yasalib, har ikkala tomoniga metall listi qoplanadi. Ikkinchi eshik ichkarisida joylashgan bo'lib, u temir panjaradan iborat. Zaryad budkasida portlovchi materialning bir smenaga yetarli miqdori saqlanadi, lekin u 500 kg dan ko’p bo'lmasligi kerak va elektr detonatorlar ham shunga yarasha bo'lishi kerak. Portlovchi materiallarni qisqa vaqt saqlash uchun, portlovchi materiallar omboridagidek, stellajlar quriladi yoki portlovchi moddalar joyiangan yashiklarni qo'yish uchun rnetall shkaf (konteyner)lar o'rnatiladi. Kassetalar yoki elektr detonatorlar joyiangan yashiklar qulflanadigan metall seyflarda saqlanadi. Sarflovchi omborda portlovchi materiallarni tayyorlash, avtomashinaga yuklash va uni kuzatib borish tarqatuvchi-tashuvchi va maxsus ajratilgan usta-portlatuvchi zimmasiga yuklanadi. Portlovchi materiallarni markazlashtirilgan usulda tashib keltiruvchi ustaportlatuvchi bevosita portlatish ishlarini amalga oshirishga qo'yiimaydi. Sarflovchi ombordagi zaryad budkaga portlovchi materiallar zavodi tarasi yoki qattiq kassetada olib kelinadi. Barcha elektr detonatorlar sarflovchi omborda ularni yetkazib berishdan oldin etiketkasida ko'rsatilgan qarshilik miqdorining to'g'riligi elektr detonatorlari simlarining izolatsiyasi tekshiriladi. Elektr detonatorlar qutichaga etiketkasi bilan birga solinadi va uni tekshirgan tarqatuvchi shaxsning familiyasi yozib qo'yiladi. Elektr detonator qutichasi kassetaga yoki yashikka solinadi. Dam olish va bayram kunlari hamda shaxta bir kundan ortiq ishlamagan vaqtda zaryad butkasidagi barcha portlovchi materiallar sarflovchi omborga qaytariladi.

Download 40.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling