9-ma’ruza. Sanoat portlovchi materiallarini tashish va yo’q qilish. Portlovchi materiallarni tashib keltirishning umumiy tartibi


Portlovchi materiallarni hayvonlar yoki ularga qo’shilgan aravalar hamda qo’l yordamida tashish


Download 40.08 Kb.
bet4/7
Sana10.11.2023
Hajmi40.08 Kb.
#1763297
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza

Portlovchi materiallarni hayvonlar yoki ularga qo’shilgan aravalar hamda qo’l yordamida tashish
Hayvonlarga qo`shilgan aravalarda tashishda quyidagi miqdordan oshmasligi lozim:
II guruh portlovchi materiallari va OSH agar arava bitta ot yordamida tortilsa -500 kg, arava ikkita ot yordamida tortilsa -800 kg;
I,III va IV-guruhlarga kiruvchi portlovchi materiallar arava bitta ot yordamida tortilsa -300 kg, ikkita ot yordamida tortilsa -500 kg.
I, III va IV guruhlarga kiruvchi portlovchi materiallarni tashishda ko`pi bilan ikki qatorda joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunda qatorlar orasiga va arava tagiga yumshoq material to`shaladi.
Portlovchi materiallarni portlatish ishlari bajariladigan joyga qo`riqchisiz olib kelishga ruxsat etiladi. Bunda portlatish xodimi kuzatuvi ostida olib kelinadi.
Detonatorlar va jangavor patronlarni faqat portlatuvchi olib borishi mumkin. Detonatorlar harorat -150C gacha bo`lganda oddiy sumkalarda -150C dan past bo`lganda isitgichli sumkalarda olib kelinadi. Portlovchi modda va portlatish vositalarini birgalikda tashishda portlatuvchi 12 kg gacha portlovchi moddani olib yurishiga ruxsat beriladi. Portlovchi moddalarni sumka yoki kassetalarda tashishda 20 kggacha ruxsat beriladi. Zavod qadog’i buzilmagan portlovchi moddalar tashish masofasi 300 m gacha bo`lganda va yo`l qiyaligi 0.02 dan oshmasa 40 kggacha ruxsat beriladi.


Portlovchi materiallarni shaxtaga tushirish va yer osti lahimlari bo'ylab tashib keltirish
Portlovchi materiallarni shaxtaga kletda va badyada tushirishga ruxsat etiladi. Qiya shaxta stvollarida esa odamlarni tushirib chiqarishga mo‘ljallangan maxsus vagonetkalarda, odam tashishga ruxsat etilgan osma kanat va monorelsli yo‘lda tashirish mumkin. Shaxta ichidagi ish joyiga portlovchi materiallar kanat (sim arqon) bcg'langan vagonetkalarda osma kanatli va monorelsli yo'llarda ustaportlatuvchi va uning yordamchi yuk tashuvchi ishchisi xavfsizlik qoidasi talabiga muvofiq tashib keltiradi. Har bir shaxtada portlovchi materiallarni shaxtaga tushirish va ish joyiga tashib keltirish tartibi shaxta boshlig‘i yoki korxona rahbari tasdiqlagan yo‘riqnornaga muvofiq ijro etiladi. Shaxtaga tushirish uchun keltirilgan portlovchi materiallar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan vagonetkalarga yuklanadi.
Portlovchi materiallarni ishlatiladigan kavjoyga hamma turdagi mavjud relsli transportlarda va qoMda tashib keltirish mumkin. Shaxta ishchilarini tushirib-chiqarish vaqtida portlovchi materiallarni shaxta yo'laklari bo‘ylab tashish qat’iyan taqiqlanadi.
Shaxta stvolida portlovchi materiallarni yuklash, tushirish chog‘ida stvol oldi lahimlarida usta-portlatuvchi, uning yordamchisi, operator, tarqatuvchi, portlovchi materiallarni yuklovchi va tushiruvchi, stvol oldi lahimida yuklarni qabul qiluvchi va uzatuvchi shaxs va shaxtada portlovchi materiallarning harakatini nazorat etuvchi texnazoratchidan boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak.
Portlatish ishlariga aloqasi bo‘lmagan barcha shaxslar xavfsiz joyga uzoqlashtiriladi. Portlovchi materiallarni tushirishda kletda, bade (kajava )da yoki vagonetkada usta -portlatuvchi va uning yordamchisidan boshqa hech kim boimasligi kerak. Har bir kishiga klet polining 1 m2 foydali maydoni to ‘g‘ri kelishi kerak. Portlovchi materiallarning tik shaxta stvolida harakatlantirilishiga shaxta dispetcheri, ko‘tarish qurilmasi mashinisti, yuk qabul qiluvchi (yuqorida va shaxta stvoli oldidagi lahimda) shaxslar xabardor qilingandan so‘nggina ruxsat etiladi.
Portlovchi materiallar joylangan yashiklar, qoplar va paketlar klet balandligining ko'pi bilan 2/3 qismini egallashi mumkin. Bu balandlik klet eshigidan yuqori boimasligi kerak. Birinchi guruh portlovch moddalar yashikda bir qator joylashtiriladi. Elektr detonatorlar va boshqa portlovchi vositalar kletda portlovchi moddalar yashigidan alohida tushirilib, klet poliga yoki maxsus vagonetkaga bir qator qo'yiladi.
Qiya lahimlarda kishilarni tushirib chiqaradigan maxsus vagonlarda portlovchi materiallarni tushirishda, vagonning har bir o'rindig'ida faqat bittadan usta-portlatuvchi yoki uning yordamchisi bo‘lishi kerak, bunda portlatish ishi bilan aloqasi bo'lmagan boshqa shaxslarning tushirilishiga ruxsat etilmaydi. Portlovchi materiallarni kon lahimlarida tashishda transport vositasining tezligi 5 m/s dan ko‘p bo'lmasligi kerak. Bunda mashinist ko'tarish mashinasini, lebedkani, elektrovozni tekis, silliq yurgizishi va to'xtatishi kerak.
Portlovchi materiallarni yer osti sharoitida relsli transportda tashiganda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: portlovchi materiallarni vagonetkaga va boshqa sig'imlarga yuklash portlovchi materiallar omboriga keladigan lahimlarda va bevosita sarflovchi ombor lahimida amalga oshiriladi; portlovchi materiallarni konning gorizontal lahimlarida tashishda akkumulatorli va kontaktli elektrovozlarda amalga oshirishga ruxsat etiladi, bunda portlatish vositalar kontaktli elektrovozda tashilganda vagonetka yog'och qopqoq bilan zich yopilgan bo'lishi kerak.
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini maxsus yoki shu yo'nalishda harakatlanuvchi bo'sh vagonetkalarda tashib keltiris mumkin, lekin bunda portlovchi modda ortilgan vagonetka bilan portlatish vositalari ortilgan vagonetkalar ortida kamida ikkita bo'sh vagonetka bo'lishi kerak, bu vagonetkalar bilan elektrovoz oralig’i 3 m dan kam bo'lmasligi lozim. Portlovchi materiallar yuklanga poyezdning boshqa vagonetkalari bo'sh bo'lishi shart, ya’ni boshqa bo'sh vagonetkalarga yuk ortilmasligi kerak.
Portlovchi materiallarning I va IV guruhlari kuzovi yog'och kigiz (rezina) bilan futirovka qilingan odatdagi vagonetkalarda yo’l kuzovi yog'ochdan yasalgan usti berkitiladigan vagonetkalarda tashilishi mumkin. Portlovchi materiallar solingan yashiklar kigiz, rezina yoki qop materiallari to'shalgan vagonetkalarga yuklanganida ular vagonetka kuzovining balandligidan yuqori bo'lmasligi va bir qator joylashtirilishi lozim. Boshqa guruhdagi portlovchi materiallarni odatdagi vagonetkalarga, vagonetka bortidan pastroq joylab tashish mumkin. Portlovchi materiallar yuklangan tarkibning orqa qismida va elektrovozning oldi qismida yoritiladigan shaxtada ishlaydigan hamma kishilarga tanish bo’lgan ≪belgi≫ boiishi kerak.
Portlovchi materiallar kon lahimlari bo‘ylab tashilayotgan payitda boshqa barcha transport vositalarining haydovchilari boshqarayotgan transport vositalarini to‘xtatishi va shu lahimda harakatlanayotgan kishilar to ‘xtab chetga chiqib, portlovchi materiallar yuklangan poyezdni o‘tkazib yuborishlari talab etiladi. Portlovchi materiallar tashilayotgan poyezdning oldidagi va orqasidagi poyezdlarning oraligi kamida 50 m boiishi kerak. Portlovchi materiallarni tashishda uni usta-portlatuvchi va uning yordamchisi kuzatib borishi kerak.
Yer osti sharoitida usta-portlatuvchi bir necha kavjoyda portlatish uchun portlovchi moddalarni bir y o ia olishi mumkin, bunda ulami portlatiladigan kavjoyga uning yordamchisi (yuklatuvchi) mustaqil ravishda tashib borishiga va uning saqlanishiga to iiq javobgar boiishiga ruxsat etiladi. U kishi naryad-yoilanmaga o‘zi bilan olgan portlovchi modda miqdori haqida imzo qo‘yadi.
Usta-portlatuvchi, tashuvchi yordamchisidan qabul qilib olgan portlovchi moddalar uchun naryad-yoilanmaga imzo qo‘yib, qabul qilib olganligini tasdiqlaydi.
Portlovchi materiallar zavod upakovkasida yoki tarmoq texnikaviy talablariga javob bera oladigan sigim (sumka, kasetalar)da tashiladi. Portlovchi moddalar va elektr detonatorlar alohida-alohida sigimlarda olib kelinadi, bunda elektr detonatorlar, jangovar patronlar, o‘t oldiruvchi trubkalar faqat usta-portlatuvchi tomonidan olib kelinadi. Elektr detonator va portlovchi moddalarni birgalikda olib kelishda usta-portlatuvchi 12 kg dan ko‘p boimagan portlovchi modda va 150 dona elektr detonatori olib kelishga haqli. Portlovchi modda elektr detonatorsiz alohida sumka yoki kasetada olib kelishsa, bu me’yorni 24 kg gacha ko'paytirish mumkin. Usta-portlatuvchi portlovchi moddasiz 500 donagacha elektr detonatorni olib kelishi mumkin. 100 kg gacha bo’lgan portlovchi moddani qo’l aravachasi yordamida tashib kelishga ruxsat etiladi.



Download 40.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling