9-ma’ruza shamol elektr stansiyalarining turlari. Reja


Download 275.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi275.35 Kb.
#1032199
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MA’RUZA



9-MA’RUZA 
Shamol elektr stansiyalarining turlari. 
REJA: 
9.1. Shamol elektr stansiyalarining turlari.
9.2. Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi.
9.3. Shamol generatori. 
9.1 Shamol elektr stansiyalarining turlari. 
Quruqlikdagi 
Hozirgi kunda shamol elektr stansiyalarining eng keng tarqalgan turi- bu 
shamol generatorlarini tepaliklar yoki balandliklarda o'rnatilganlaridir. 
Sanoat shamol generatori 7-10 kun davomida tayyorlangan maydonga 
o'rnatiladi. Shamol elektr stansiyasini qurish uchun maxsus tashkilotlardan 
ruxsatnomalarni olish bir yil yoki undan ko'proq vaqtni talab qilishi mumkin. 
9.1.1-rasm. Ispaniyada yer sirtida joylashgan shamol elektrostansiyasi. 
Shamol generatorlarini o'rnatish uchun qurilish maydonchasiga transport 
yo'li kerak, generatorlar 50 metr balandlikda o'rnatilgani uchun og'ir yuk 
ko'tarish uskunalari 50 metrdan ortiq balandlikka ko'tarish kerak bo'ladi. 


Elektr stansiyasi elektr tarmog'iga elektr tokini uzatishda elektr kabel 
orqali ulanadi. 
Hozirgi vaqtda eng yirik shamol elektr stansiyasi Amerika Qo'shma 
Shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan Alta elektr stansiyasi bo'lib, uning 
quvvat- 1550 MVtga teng. 
Qirg'oq yaqinida joylashgan shamol elektr stansiyalari 
Sohil bo'yi shamol elektr stansiyalari dengiz yoki okean sohilidan uncha 
uzoq bo'lmagan masofada joylashadi. Qirg'oqda kun davomida davriy doimiy 
bo'lgan shamol esadi, bu yer yuzasi va suv sirtining notekis isitilishi bilan 
bog'liq. Kunduzi esadigan dengiz shamoli suv yuzasidan qirg'oqqa, tunda esa 
qirg'oqdan suv tomonga esadi. 
Shleyflarda joylashgan shamol elektr stansiylari 
Shleyflarda (qirg'oq yaqinidagi suvda joylashgan) shamol elektr 
stansiyalari dengizda qurilib, qirg'oqdan 10-60 kilometr masofa uzoqlikda 
joylashadi. Shleyflarda joylashgan shamol elektr stansiyalari bir qator 
afzalliklarga ega: 

ular deyarli qirg'oqdan ko'rinmaydi; 

ular yerni egallamaydi; 

muntazam dengiz shamollari tufayli ular ko'proq samaradorlikka ega 
bo'ladi; 
generator parraklari hosil qiladigan shovqin quruqlikkacha yetib kelmaydi. 

Download 275.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling