9-ma’ruza. Shovqinbardosh kodlash tasnifi va parametrlari
Download 44.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blokli kodlar Blokli
- Chiziqli kodlar
Blokli;
Uzluksiz. Blokli kodlar uzatilayotgan axborotli ketma-ketlik aloxida kodli kombinasiyalarga bo‘linadi va ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xolda kodlanadi va dekoderlanadi. Bu xolat uzatilayotgan xabarga n ta elementlardan tashkil topgan blok yoki xar xil elementlardan iborat bo‘lgan blok mos keladi. Uzluksiz kodlar esa axborotli razryadlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat va ularni bo‘laklarga bo‘lib bo‘lmaydi. Bunday kodlarda informasion razryadlar orasiga ortiqcha razryadlar ma’lum tartibda joylashtiriladi. Blokli kodlar Blokli kodlar o‘z navbatida bo‘linuvchi va bo‘linmaydigan kodlarga ajraladi. Bo‘linuvchi kodlarda axborot va tekshiruvchi razryadlar bo‘lib, ular aniq bir - biridan ajratilgan xolda bo‘ladi. Bunday kodlar (n,k) kabi belgilanadi, n - blokli kodli kombinasiyadagi umumiy razryadlar soni; k – axborot razryadlar soni; r = n - k tekshiruvchi razryadlar soni. Tekshiruvchi razryadlar (r) yordamida kodli kombinasiyadagi xato qabul qilingan razryadlarni aniqlash va ularni to‘g‘rilash mumkin. Bo‘linmaydigan kodlardagi razryadlarning qaysi birlari axborot, qaysi birlari tekshiruvchi ekanligini ajratib bo‘lmaydi. Chiziqli kodlar Bo‘linuvchi kodlar ham o‘z navbatida chiziqli va nochiziqli kodlarga bo‘linadi. Chiziqli kodlar deb – shunday (n,k) blokli bo‘linuvchi kodlarga aytiladiki, ulardagi tekshiruvchi razryadlar, axborot razryadlarning chiziqli kombinasiyalaridan iborat bo‘ladi. Chiziqli kodlar hozirgi kunda eng keng tarqalgan kodlar sarasiga kiradi. Bunga misol sifatida siklik kodlarni keltirish mumkin. Quyida shovqinbardosh kodlarning parametrlari haqida fikr yuritamiz. Ikkita kodli kombinasiyaning kod masofasi (d) deb – shu ikkita kodli kombinasiyalarning o‘zaro farq qiluvchi razryadlar soniga aytiladi. Masalan: 11011 va 00010 kombinasiyalar orasidagi kod masofasi 3 ga teng. Chunki ular birinchi, ikkinchi va beshinchi razryadlar bilan farq qiladi. Koddagi kod masofalarining eng kichigiga Xemming masofasi deyiladi – d0. Download 44.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling