yoki suv ta’minoti tizimidan olinayotgan sovuq suvga o‘z
energiyasini beradi.
Markazlashgan issiqlik ta’minotining prinsipial sxemasi.
1-issiqlik elektr markazi yoki tuman qozonxonasi, 2- isitish va
ventilyatsiya tizimi, 3- tashqi issiqlikni uzatuvchi quvurlar.
Norma bo‘yicha isitish tizimida qozondan chiqadigan
suvning harorati +150
0
C dan kam bo‘lmasligi kerak.
Iste’molchidan qaytgan suvning harorati esa +70
0
C
bo‘lishi talab qilinadi.
Issiqlik man’basi turiga ko‘ra markaziy issiqlik
ta’minoti tizimlari qo‘yidagilarga ajraladi:
a) tuman issiqlik ta’minoti tizimi.
b)
teplofikatsiya
tizimi.
(markazlashgan
issiqlik
ta’minoti)
Tuman issiqlik ta’minoti
tizimi qozonxonadan issiqlik bilan
ta’minlansa, teplofikatsiya tizimi-issiqlik elektr markazidan
oziqlanadi. Issiqlik tashuvchisiga issiqlik energiyasi tuman
qozonxonasida yoki issiqlik elektr markazida beriladi va
bosim ostida yoki o`z energiyasi hisobiga suv bug‘i quvurlar
orqali sanoat korxonalar, ma’muriy va aholi turar joy
binolarning isitish va ventilyatsiya tizimiga keladi. Isitish
uskunalar bino ichida bo‘lib, issiqlik tashuvchisi issiqlikni
berib qaytish quvurlari orqali issiqlik manbasiga qaytariladi.
Teplofikatsiya tizimida
ham elektr, ham issiqlik energiyasi
ishlab
chiqiladi.
Tuman
issiqlik
ta’minoti
Do'stlaringiz bilan baham: |