9-ma’ruza. Yer osti kon lahimlarida tafsilot s’yomkasi reja


Download 32.4 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi32.4 Kb.
#1056556
  1   2
Bog'liq
9-маъруза


9-MA’RUZA. YER OSTI KON LAHIMLARIDA TAFSILOT S’YOMKASI
Reja:

  1. Tayyorlovchi va qazib oluvchi laximlar s’yomkasi.

  2. Tafsilot s’yomkasi usullari.

  3. Uglomer yordamida lavalar s’yomkasi.



Tayanch iboralar: o‘lchash, ikkinchi darajali, tayyorlovchi, qazib oluvchi, kon laximlarida, qavat, ko‘tarilma, yo‘naltirilayotgan gorizont, geometrik, trigonometrik, nivelirlash, vertikal s’yomka, gorizontal s’yomka.

Barcha ikkinchi darajali, tayyorlovchi va qazib oluvchi kon laximlarida marksheyderlik s’yomkalari o‘tkaziladi. Tayyorlovchi va qazib oluvchi kon laximlar s’yomkasi ruda ko‘mir shaxtalarida tubdan farq qiladi. Ruda konlarida s’yomka ishlari qabul qilingan qazib olish sistemasiga bog‘liq holda ko‘mir shaxtalariga nisbatan biroz murakkab holda amalga oshiriladi. Biroq hamma holatlarda tayyorlovchi va qazib oluvchi kon laximlar s’yomkasi nisbatan katta bo‘lmagan masofada, o‘lchash ishlarini ancha pastroq aniqlikda olib borilishi va shuning uchun bu lahimlardagi s’yomkalar aniqligi pastroq bo‘lgan asboblar yordamida ham olib borilishi mumkin. Ikkinchi darajali laximlar va qazib oluvchi zaboylardagi s’yomkalar 1 va 2 - razryadli teodolit yo‘li punktlariga tayangan (bog‘langan) bo‘lishi kerak, chunki ba’zida marksheyderlik ishlari qavatlar gorizontlarini yo‘naltirish (oriyentirlash) va balandlik otmetkalarini bir ish gorizontidan boshqasiga uzatishlarni o‘z ichiga oladi.


Qavatlar gorizontlarini yo‘naltirish (oriyentirlash) asosan geometrik usulda yo‘naltirishning zaruriy aniqligini ta’minlagan holda amalga oshiriladi. Agar teodolit yo‘lining blok bo‘yicha uzunligi 120 m dan oshmasa unda qavatlar gorizontlarini yo‘naltirishning yo‘l qo‘yarlik xatosi asosiy gorizont punktiga nisbatan 10' dan oshmasligi, direktsion burchakning umumiy xatoligi esa bir qancha gorizontlarni ketma-ket yo‘naltirishda quyidagidan oshmasligi kerak
m=10ʹ/√n
bu yerda n - gorizontallar soni.
Qavatlar gorizontlarini yo‘naltirish amalga oshirilishi mumkin:
laximlar bilan tutashgan ikkita tik vosstayushiylar orqali;
bitta tik vosstayushiylar orqali;
qiya vosstayushiy orqali teodolitning ekstsentren trubasidan foydalangan holda teodolit yo‘lini o‘rnatish yo‘li bilan.
qavatlar laximlarini yo‘naltirish (orientirlash) da chiziq va burchak o‘lchashlar aniqligi har xil holatlar uchun texnik yo‘riqnomada aniq belgilab qo‘yilgan.
Bitta tik vosstayushiy orqali qavat laximlarini yo‘naltirish (orientirlash) sxemasini (9.1-rasm) ko‘rib chiqamiz. Bunda ikki otvesga biriktirish. asosiy gorizont 3 da va yo‘naltirilayotgan qavat gorizonti 1 da stvor usulida amalga oshirilgan. Bu holat uchun marksheyderlik ishlari quyidagi tarzda o‘tkaziladi.

Rasm. 9.1. Bitta tik vosstayushiy orqali qavat laximlarini stvor usulida ikkita otves yordamida yo‘naltirish (orientirlash) sxemasi: a-vertikal qirqim; b-planda.

Yo‘naltirilayotgan gorizontda A va B nuqtalarni maxkamlaymiz, ular orasiga a va b otveslarni maxkamlagan holda (9.1, a rasm) sim tortamiz. Otveslar vosstayushiy 2 orqali asosiy gorizont 3 ga tushiriladi. Asosiy gorizontda otveslar stvorida C nuqtani belgilaymiz, gorizontal burchaklar β1 va β2 (9.1, b rasm) larni o‘lchanadi va KD tomon direktsion burchagini bilgan holda uni otveslar stvoriga o‘zatiladi. Shu tarzda AB chiziq direktsion burchagi qavat gorizontida aniqlanadi.


A nuqta koordinatasini aniqlash uchun qavat gorizontida Aa masofa, asosiy gorizontda esa Ca va CD masofalar o‘lchanadi. Keyin koordinatalar orttirmasi hisoblanadi va D nuqtaning ma`lum koordinatasi orqali A nuqtaning x va y koordinatalari hisoblanadi. Otveslar stvori bo‘yicha C nuqtada teodolitning o‘rnatilishini o‘zgartirib yo‘naltirish (orientirlash) ni ikki marta bajariladi. Oxirgi natija sifatida ikki marta o‘tkazilgan yo‘naltirish natijalari o‘rtachasi olinadi. Olingan AB chiziq direktsion burchagi va A nuqta koordinatasi asosida qavat laximlarida teodolit s’yomkasi o‘tkaziladi.
Balandlik otmetkasi asosiy gorizontdan qavat gorizontining qazish blokida teodolit s’yomkasi punktlariga tik vosstayushiy orqali ruletka yordamida, qiya vosstayushiy orqali trigonometrik usulda teodolit yo‘llarini o‘tkazish bilan bir vaqtda o‘zatiladi. Balandlik otmetkasini qavatlar gorizontlariga o‘zatish xatoligi ±0,15 m dan oshmasligi kerak.
9.2-rasmda balandlik otmetkasini o‘zatishning geometrik va trigonometrik nivelirlashlarni birga olib borgan holda amalga oshirish sxemasi keltirilgan.

9.2. – rasm. Balandlik otmetkasini uzatish sxemasi.

Bu holatda qavat gorizontiga nivelir 2 o‘rnatiladi, voostayushiy tepa qismiga esa ruletka 3 tushiriladi. Nivelir bilan qarab ruletkadan b va S reperga o‘rnatilgan reykadan 1 sanoqlar olinadi. Asosiy gorizontda teodolit A nuqta ustiga (yoki nuqta ostiga) shunday o‘rnatiladiki teodolit ko‘rish trubasidan osilgan otvesning pastki qismida a sanoq ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Teodolit yordamida vertikal burchak δ aniqlanadi va teodolit ko‘rish trubasi aylanish o‘qidan ruletkadagi a sanoq nuqtasigacha bo‘lgan qiya masofa L o‘lchanadi. Asbob balandligi i ni A nuqta ustidan teodolit ko‘rish trubasi aylanish o‘qigacha ruletkada o‘lchanab olinadi, keyin balandlik otmetkasi HC hisoblanadi:



Download 32.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling