9-mavzu: 1930- yillarda ommaviy qatag‘onlarning avj olishi va uning O‘zbekistonga ta`siri. Reja: 20-yillarning ikkinchi yarmidagi qatag'onliklar «O'n sakkizlar guruhi»


Download 67.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi67.22 Kb.
#1793286
  1   2
Bog'liq
9 maruza-1





9-mavzu: 1930- yillarda ommaviy qatag‘onlarning avj olishi va uning 
O‘zbekistonga ta`siri. 
Reja: 
1. 
20-yillarning ikkinchi yarmidagi qatag'onliklar 
2. 
«O'n sakkizlar guruhi»,«Inog`omovchilik» 
3. H
uquq va maorif tizimida qatag'onning avj oldirilishi 
Tayanch tushunchalar:
O'n sakkizlar guruhi»,«Inog`omovchilik «Milliy 
lttihod» va «Milliy Istiqlol» . 
20-yillarning o`rtalaridan boshlab mamlakat va respublikada totalitar 
jamiyatning xususiyatlari tobora oshkora ko`rina boshladi. Bu holat xususan 
milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga nisbatan bo`lgan munosabatda yaqqol 
namoyon bo`ldi. Mamlakatda qaror topgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va 
uning rahbar o`zagi hisoblangan Butunittifoq kommunistlar (bolsheviklar) 
partiyasi - - VKP(b) bu paytga kelib yangi iqtisodiy siyosatdan butunlay yuz 
o`girdi va «sotsializm asoslari»ni qurishga jiddiy kirishdi.Mustabid sovet rejimi 
o`zgacha fikrlashga mutlaqo toqat qila olmas edi. Lenin tomonidan allaqachon 
e'lon qilingan «Kim biz bilan birga bo`lmasa, u — dushmanimiz!» shiorini Stalin 
shafqatsizlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Sovet rejimi dastawal mavjud 
tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya (qatag`on) siyosatini amalga 
oshirgan bo`lsa, 30-yillardan boshlab o`z xalqiga nisbatan ommaviy terror (qatli 
om) qo`lladi.20-yillarning ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O`zbekistonda 
«o'n 
sakkizlar 
guruhi», 
«inog`omovchilik», 
«qosimovchilik», 
«badriddinovchilik» singari ishlar to`qilishi va Munawar Qori boshchiligidagi 
milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida o`zbek xalqining ko`plab asl 
farzandlari qatag`on qilindi. 
«O'n sakkizlar guruhi» masalasi O`zbekiston Kompartiyasi MK IV plenumi 
(1925-yil 19-22noyabr), RKP(b) MK o`rta Osiyo byurosi maxsus komissiyasi 
(1925-yil 21—22-noyabr) va O`zbekiston Kompartiyasi II s'yezdi (1925-yil 22—
30-noyabr) majlislarida ko`rib chiqildi. O`zbekiston hukumati a'zolari, viloyatlar 
rahbarlari va yirik xo`jalik boshliqlaridan 18 nafar obro`li kishi o`z talablari bilan 
O'zbekiston Kompartiyasi MK plenumi va o`rta Osiyo byurosiga yozma ravishda 
murojaat qilishgan edi.Muxtor Saidjonov (Zarafshon okrujkomi kotibi), Rahmat 
Rafiqov (O`zbekiston ichki ishlar xalq komissari), Inomjon Xidiraliyev 
(O`zbekiston yer-suv ishlari xalq komissari), M.o`rinxo'jayev, Muzaffarov, 
Maxsumov va boshqa milliy rahbar xodimlar o`z murojaatlarida respublikada 
ishlash uchun toqat qilib bo`lmaydigan vaziyat yaratilganligini, amalda butun 
hokimiyat RKP(b) MK o`rta Osiyo byurosining raisi I.A.Zelenskiy va 
O`zbekiston Kompartiyasi mas'ul kotibi VJvanov qo`lida to`planganligini bayon 
qilishdi. Ular Moskvaning favqulodda organi hisoblangan o`rta Osiyo byurosini 
tugatish fikrini bayon qilishdiki, bu go`yoki quyoshli osmonda momaqaldiroq 
guldurashi bilan barobar edi. o`n sakkizlar guruhi mazkur talablar qondirilmasa, 
Moskvaga RKP(b) MK ixtiyoriga yuborishlarini so`rashdi. 1920-yilda shunga 
o`xshash talablar (Turkkomissiyani tugatish, qizil armiyani Turkistondan olib 
ketish va b.) bilan Turkiston MIK raisi T.Risqulov Leninga murojaat qilgan edi. 
o`n sakkizlar guruhining harakatlarini hukumat boshlig`i Fayzulla Xo`jayev faol 
qo`llab-quwatladi. U bu guruhning rasmiy a'zosi bo`lmasa ham, aslida ularning 




g`oyaviy ilhomchisi edi. 
Biroq O`rta Osiyo byurosi milliy rahbarlarning (o`n sakkizlar guruhiga 
keyinchalik yana boshqa mas'ul xodimlar ham qo`shildi) bu haqli talablarini 
nafaqat rad qilishdi, balki uning mohiyatini soxtalashtirishga muvaffaq bo`ldi. 
Kommunistik mafkuraning rasmiy siyosati uqtirishicha, go`yoki o`n sakkizlar 
guruhi respublikada yer-suv islohoti o`tkazilishi va boshqa tadbirlarga qarshi 
chiqib, boylar manfaatini ko`zlagan. Aslida o`zbek xalqi manfaatlarini himoya 
qilgan bu rahbar xodimlar 1925yilning oxiridayoq o`rta, Osiyo byurosining talabi 
bilan o`z mas'ul lavozimlaridan olib tashlandi.«Inog`omovchilik» O`zbekiston 
maorif xalq komissari (1925—1926), O`zbekiston Kompartiyasi MK matbuot 
bo`limi mudiri (1926-yil) lavozimlarida ishlagan Rahim Oxunjonovich 
Inog`omov (1902—1938) nomi bilan bog`liqdir. 
R.Inog`omov «O'zbekiston ziyolilari» (1926) risolasida o`zbek xalqi 
bolsheviklar amalga oshirgan oktabr to`ntarishiga nisbatan noxush munosabatda 
bo`lganligini ko`rsatgan edi. U o`zining bir qator maqola va nutqlarida 
O`zbekiston Kompartiyasining bolsheviklar markazining mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi kurashmayotganlikda, VKP(b) MK o`rta Osiyo byurosi 
(Cpe^as6ropo) va o`rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi kabi Markazning nazoratchi 
organlarini zo`ravonlikda ayblaydi. 
R.Inog`omov O`zbekiston yozuvchilarining Samarqanddagi «Qizil qalam» 
jamiyati faoliyatini dastlab yo`naltirib turgan edi.VKP(b) MK o`rta Osiyo byurosi 
va O`zbekiston Kompartiyasi MK RJnog`omovning to`g`ri mulohazalari va 
uning flkriga qo`shilganlarni partiyaga qarshi «inog`omovchilik guruhi» deb 
aybladi va ularga qarshi kurash uchun respublika partiya tashkilotini oyoqqa 
turg`azdi. 1926-yil 12-dekabrda o`zbekiton Kompartiyasi MK Ijroiya byurosi va 
plenumida bu masala ko`rib chiqilib, inog`omovchilik — mayda burjua va 
millatchilikka tomon og`ish, deb qoralandi. Dekabr oyida R.Inog`omov o`z 
vazifasidan olib tashlandi. 1927-yil yanvar oyida VKP(b) MK o`rta Osiyo 
byurosida ham bu ish maxsus ko`rilib, «inog`omovchilik o`ng oppozitsiya bilan 
g`oyaviy yaqinlikda» ayblandi. 
O`zbekiston Kompartiyasining III s'yezdi (1927-yil noyabr) R.Inog`omovni 
«g`oyaviy jihatdan» tor-mor qilindi deb hisoblab, uni Qashqadaryo okrugining 
eng chekka qishlog`iga ishlash uchun jo`natadi. 1930-yil 30mayda «IIpaBfla 
BocxoKa» gazetasida R.Inog`omovning «ochiq xati» uyushtirilib, u tavba-tazarru 
qildiriladi.Shunday qilib, kommunistik mafkura O`zbekistonda milliy 
rahbarlarga qarshi kurashda dastlabki g`alabaga erishdi.Huquq va maorif tizimida 
qatag'onning avj oldirilishi Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni faqat 
lavozimlaridan chetlatib, ularni «g`oyaviy jihatdan» tor-mor qilishdan 20-
yillarning oxiriga kelganda, endilikda jismoniy mahv etishga kirishdi. Bu jihatdan 
olganda O`zbekiston Oliy sudi organlarida o`tkazilgan qatag`onlar xarakter-lidir. 
Markazning tazyiqi bilan O`zbekiston Kompartiyasining IV s'yezdi (1929-yil 17-
fevral—2-mart)dan keyin jazo mexanizmi ishga tushirildi.O`zbekiston SSR Oliy 
sudining raisi Sa'dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo`shatilib, 
qamoqqa olindi. U bu vaziiada 1926-yildan boshlab ishlayotgan edi. S.Qosimov 
va uning 6 ta tarafdori ustidan SSSR Oliy sudi sayyor sessiyasi 1930-yil 26-mart 
— 22iyunda Samarqand shahrida sud jarayonini o`tkazdi. S.Qosimov bilan 
birgalikda O`zbekiston SSR Oliy sudining sobiq prokurori Badriddin Sharipov, 




eski Toshkentning sobiq sudyasi Mirsoat Mirzokirov, Mirzacho'1 tumani sobiq 
sudyasi Ibrohim Xo`jayev, advokatlar kollegiyasining sobiq a'zosi Spiridonov, 
yirik savdogarlar Nasritdin Alimov va Samig`jonov — jami 7 kishi aybdor deb 
topildi. Markazdan kelgan jazo organlari (sud raisi Vasilyev-Yujin va prokuror- 
R.Katanyan) ishga ataylab siyosiy tus berishdi. S.Qosimov va uning tarafdorlari 
«bosmachilar»ni qo`llab-quvvatlashda, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar» 
a'zolari bilan aloqa bog`laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga 
«qosimovchilik» yorlig`i bosildi. Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o`z xizmat 
vazifalarini bajarish vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya 
qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi 
O`zbekistonning suveren huquqi va milliy manfaatlarini poymol qilayotganligini 
ochib tashlashdan cho`chimadi.Sovet rejimi uch oy davom etgan sud jarayonini 
doimiy ravishda matbuotda yoritib bordi. Lekin unga kommunistik mafkura 
asosida yondoshilib, ishning mohiyati soxtalashtirildi. 22-iyunda S.Qosimov, 
B.Sharipov, N.Alimov, Spiridonov otib o`ldirishga, qolganlar esa 10 yil 
muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularning butun mol-mulki musodara 
qilinib, davlat hisobiga o`tkazildi.Oradan ko`p o`tmay navbatdagi ish - 
«badriddinovchilik» o`ykb topildi. 1932-yil 5-may - 15-iyunda Toshkent shahrida 
SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining sayyor sessiyasi Shamsutdin Badriddinov 
va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayonini o`tkazdi. Sh.Badriddinov 1929-yilda 
Farg`ona okrugi prokurori, keyinchalik O`zbekiston SSR Oliy sudining prokurori 
lavozimlarida ishlagan bo`lib, u va tarafdorlari 1931-yilda qamoqqa olingan edi. 
Sh.Badriddinovga «Milliy Ittihod» tashkiloti a'zolari va «bosmachilar» bilan 
aloqa bog`lagan, Munawar Qori va S.Qosimovning yaqin do`sti va hamfikri 
bo`lgan, degan ayblar qo`yildi. Bu sud jarayonida ham prokuror R.Katanyan edi. 
Sh.Badriddinov awal otishga hukm qilinib, so`ngra o`lim hukmi 10 yil qamoq 
muddati bilan almashtiriladi. Uning Muhammadjon Xo`jayev, Abdurahmon 
Rahmonov, Mahmudxon Ahmadjonov, Muhitdin Sadixonov, Ibrohimjon 
Musaxonovlardan iborat 5 ta tarafdori ham uzoq muddat qamoq jazosiga hukm 
qilinadi.Sovet rejimi sud organlaridagi milliy rahbar xodimlarni qatag`on qilish 
bilan birgalikda jazo qilichini maorif jabhasidagi ziyolilarga ham qarshi ko`targan 
edi.1929-yil 5-noyabrda Toshkentda atoqli jadid ma'rifatparvari Munawar Qori 
Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 kishi qamoqqa olinadi. Oradan ko`p o`tmay 
qamoqqa olinganlarning miqdori 87 kishiga yetdi. Ularga «Milliy lttihod» va 
«Milliy Istiqlol» tashkilotlarining a'zosi degan ayb qo`yildi. Tergov jarayoni 
keyinchalik Moskvaga ko`chirildi. Bu holat sovet rejimini o`zbek ziyolilarining 
«millatchiligi»ni fosh qilishga jonjahdi bilan kirishganligidan dalolat 
beradi.Tergov hujjatlarida yozishicha, 1919-yilda Munawar Qori boshchiligida 
Toshkentda «Milliy Ittihod» tashkiloti maxfiy ravishda tuzilgan edi. 1920-yildan 
tashkilotning Farg`ona, Samarqand, Buxoro va Xorazmda sho`balari tashkil 
qilingan. 1920-yil oktabr oyida Munawar Qorining Buxoro shahriga kelishi va 
maorif nozirligida ishlashi bilan tashkilotning mintaqadagi markazi Toshkentdan 
Buxoroga ko`chadi. Dekabr oyining oxirida Ahmad Zaki Validiyning Buxoroga 
kelishi tashkilot faoliyatini yanada kuchaytirib yuborgan. «Milliy Ittihod» 
tashkiloti a'zolari istiqlolchilik harakatining yetakchilari bilan aloqalar o`rnatib, 
ularga g`oyaviy rahnamolik qilishgan edi.1924-yil oxirlarida tashkilotning 
markazi qaytadan Toshkentga ko`chadi. O`zbekiston SSR tuzilgach, 1925yilda 




uning asosida «Milliy Istiqlol» tashkiloti tashkil topadi. Bu paytga kelib sovet 
tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatayotgan ko`plab mahalliy 
kommunistlar tashkilotning maxfiy a'zolari edi. Munawar Qori bilan birgalikda 
Fayzulla Xo`jayev va Fitrat tashkilot faoliyatida muhim rol o`ynashgan. Biroq 
«Milliy Istiqlol» tashkiloti totalitar rejim kuchaygan 20yillarning oxirida siyosiy 
faoliyatni qariyb to`xtatgan edi. 1931-yil 25-aprelda Moskvada bo`lib o`tgan sud 
majlisida Munawar Qori, Salimxon Tillaxonov, G`ulom Ikromov, Mirxalil 
Karimov, Najmitdin Sheraxmedov, Tolibjon Musaboyev, Asadulla Xo`jaxonov, 
Usmonxo`ja To`xtaxo`jayev, Isroiljon Ibrohimov, Tangriqulhoji Maqsudov, 
Hasanqori 
Xoniy, 
Zayniddinqori 
Nasritdinov, 
Mulla 
G`aybulla 
Dadamuhamedov, Abdullabek Musabekov, Said Ahroriy kabi 15 millat fidoyisi 
— «Milliy Istiqlol» a'zolari otishga, qolgan 72 kishi esa uzoq muddatli qamoq 
jazosiga hukm qilindi. Lekin qamoqdan deyarli hech kim qaytib kelmagan. 1930-
yU avgust oyida O`zbekiston xalq maorif komissarligidagi bir guruh rahbar 
xodimlar hibsga olinadi. Ular ichida maorif komissari Mannon Ramziy 
(Abdullayev, 1896—1938), uning o`rinbosari Botu — Mahmud Hodiyev 
(1904—1938), shuningdek, Oltoy — Bois Qoriyev (1903—1976), Nosir Saidiy 
va boshqalar bor edi. Ular maorif tizimini «millatchilik og'usi» bilan 
zaharlaganlikda ayblanib, bu holat «maorif frontida qosimovchilikning namoyon 
bo'lishi» deb qoralandi. Botu va uning tarafdorlari 10 yil qamoq jazosiga hukm 
qilinadi.1930-yili Davlat baijki apparatida «tozalash» o`tkazilib, ko`plab rahbar 
xodimlar qamaldi. Boshqa sud ishlari ham o`tkazildi. 
Bu ishlarning hammasi O`zbekistondagi yetuk milliy rahbar xodimlar va 
ziyolilarni tugatishga, xalqimizni totalitar rejim asorati ostida tutib turishga 
qaratilgan edi.30-yillar o`rtasidagi ommaviy qatag'onliklar Bu paytda totalitar 
rejimda ma'muriy-buyruqbozlik va avtoritar boshqaruvning kuchayishi natijasida 
qonunbuzarlik hodisalari oddiy holga aylandi. Sovet mustabid tuzumi butun 
mamlakatda bo`lgani singari O`zbekistonda ham ommaviy qatag`onlarni avj 
oldirdi. Yirik davlat va jamoat arboblari, partiya va xo`jalik rahbarlari, ziyolilar, 
ruhoniylar va harbiylar bilan birgalikda oddiy kishilar: ishchilar va kolxozchilar 
ham ko`plab ravishda qatag`on qilindi.O`zbekistonda siyosiy qatag`onlik 1937-
yilning yozida ayniqsa avjiga chiqdi. O`zbekiston XKS raisi Fayzulla Xo`jayev, 
uning keyingi vorislari Abdulla Karimov, Sulton Segizboyev, O`zbekiston 
Kompartiyasi MK 1kotibi Akmal Ikromov, moliya xalq komissari Akbar 
Islomov, yer ishlari xalq komissari (HapKOM3CM) Rustam Islomov, maorif 
xalq komissari (napKOMnpoc) Qosim Sorokin, ichki savdo xalq komissari 
Nuritdin Tursunxo`jayev, sog`liqni saqlash xalq komissari (HapKOMaapas) 
Karim Abdullayev, O`zbekiston Kompartiyasi MK kotiblari Sodiq Boltaboyev, 
LXudoyqulov, A.Sexer, bo`lim mudirlari Mo`min Usmonov, Qurbon Beregin, 
Mirmuslim Shermuhamedov, Kamol Sharipov, Qoraqalpog`iston obkomi 
kotiblari Davlat Rizayev, Komiljon Alimov, O`zbekiston LKSM MK kotiblari 
Isroil Ortiqov, FTarasov, shuningdek, yaqin o`tmishda mas'ul lavozimlarda 
ishlagan Rahim Inog`omov, Muxtor Saidjonov, Ota Po`latovich Xo`jayev, 
Sa'dulla 
Tursunxo`jayev, 
Sultonbek 
Xo`janov, 
Ubaydulla 
Xo`jayev, 
(Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev), Po`lat Soliyev, Mirkomil Mirsharopov
Muinjon Aminov, Muso Saidjonov, Mukammil Burhonov, Abdulhay Tojiyev, 
Usmonxon Eshonxo`jayev, Jo`ra To`rabekov, Nishonbek Mavlonbekov, 




EXManjara, respublikadagi viloyatlar, shaharlar va tumanlar rahbarlari, boshqa 
ko`plab xo`jalik xodimlari qamoqqa olinib, tergovdan keyin SSSR Oliy sudi 
harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining qaroriga binoan otib tashlandi.20-yillarda 
Turkiston respublikasida mas'ul lavozimlarda ishlagan: Turor Risqulov, 
Qayg`usiz Otaboyev, Nazir To`raqulov, Sanjar Asfandiyorov, Abdulla 
Rahimboyev, Nodirboy Aytaqovlar 1937—1939-yillarda qamoqqa olinib, 
mustabid sovet rejimi tomonidan yo`q qilindi. O`zbekistondagi siyosiy elita 
«millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish»da, shuningdek, 
qurolli qo`zg`olon ko`tarishni tayyorlashda ayblandi.O`zbekiston jamiyatning 
hamma tabaqalariga yoyiJgan hibsga olish to`lqini ostida qoldi. Davlat va jamoat 
arboblari, xo`jalik rahbarlari biJan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda 
qatag`on qilindi. XX asr o`zbek madaniyatining bebaho yulduzlari Fitrat, 
Cho'1pon va Abdulla Qodiriy bir kunda -1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahri 
atrofida otib tashlandi. 4-oktabrda qamoqqa olingan ko`plab yurtdoshlarimiz 
ommaviy ravishda qatl qilingan.Usmon Nosir, Mannon Ramziy, Elbek -Mashriq 
Yunusov, Bosit Qoriyev, Miyonbuzruk Solihov, Ashurali Zohiriy, Ziyo Said - 
Qosim Solihov, Muhammadsharif So`fizoda, Ishoqxon Ibrat, Tavallo - To`lagan 
Xo`jamyorov, G`ozi Olim Yunusov, G`ozi Yunusov, G`ulom Zafariy, Otajon 
Hoshimov, Qayum Ramazonov, Shokir Sulaymon, Anqaboy Xudoybaxtiyev kabi 
o`zbek xalqining ko`plab ziyolilari: shoirlar, adiblar va olimlar qatag`on 
qilindi.Shuningdek, 20-yillarda Germaniya va boshqa mamlakatlarda o`qib 
O`zbekistonga qaytgan ziyolilar ham qatag`on girdobiga tortildi. Abduvahob 
Murodiy, Sulton Jabbor, Solih Muhammad, Xayriniso Majidxonova va boshqa 
ko`plab ziyolilarimiz «Germaniya josusi» sifatida ayblanib, otib tashlandi. 
Germaniyada o`qib qaytganlardan faqat xorazmlik Maryam Sultonmurodova 15 
yillik 
qamoq 
muddatidan 
so`ng, 
yurtiga 
qaytdi.1937—1939-yillarda 
O`zbekistonda to`qib chiqarilgan soxta ayblovlar bo`yicha 41 mingdan ortiq kishi 
hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortig`i jazolandi, 6920 kishi esa otib 
o`ldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937-1953-yillarda O`zbekiston 
ichki ishlar xalq komissarligi -NKVD troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan 
ortiq kishi qatag`on qilindi, ulardan 13 ming nafari otib tashlandi. 1936-1940-
yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 
5758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4811 kishi otib o`ldirishga hukm qilingan 
edi. Bu ma'lumotlar qizil terror qanchalik keng miqyosda shafqatsiz ravishda 
amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi.Qizil terrorni amalga 
oshirishda Moskvadan jo`natilgan O`zbekiston ichki ishlar xalq komissari 
D.Z.Apresyan, uning o`rinbosari L.I.Leonov-Nemirovskiy, Tojikiston ichki 
ishlar xalq komissari N.A. Zagvozdin, chekistlar Trig`ulov, Akjigitov mash'um 
rol o`ynadi. Sovet rejimi o`zining bu gumashtalarini ham o`sha yillari otib 
tashladi.Shunday qilib, 30-yillarning oxirida O`zbekistonda mustabid sovet 
rejimi o`z hukmronligining cho`qqisiga ko`tarildi. Kommunistlar demokratiya va 
shaxs daxlsizligi prinsiplarini oyoqosti qilib, har qanday o`zgacha fikr yuritishni 
zo`ravonlik bilan yanchishga erishdi. Totalitar rejim nafaqat o`ziga qarshi 
chiqqan minglab millat fidoyilarini, balki gunohsiz o`n minglab odamlarni ham 
terror (qatli om) qildi. Sovet rejimi o`zining repressiv (qatag`onlik) siyosatini 
keyingi yillarda ham uzluksiz davom ettirib, o`zbek xalqi boshiga mislsiz azob-
uqubatlarni soldi. Lekin xalqimiz yuragida mustaqillikka bo'1gan ishonch va 




istiqlolga erishish orzusi aslo so`nmadi.Mustamlakachilik davri qurbonlari — 
shahidlar xotirasiga avlodlar ehtiromi .Asossiz qatag`on qilinganlarni oqlash 
aslida Stalin vafotidan so`ng - - 50-yillar o`rtalarida boshlangan edi. Natijada 
o`shanda O`zbekiston bo`yicha qatag`on qilingan(halok bo`lgan va qamoqda 
o'tirgan)lardan 40000 kishi oqlandi. 80-yillarning oxirida yana bir guruh kishilar 
oqlandi. Lekin ularni oqlash kommunistik mafkura talablari ostida amalga 
oshirilib, bu jarayon oxiriga yetkazilmadi. Buning ustiga ularni oqlash yangi 
kishilarni qatag`on qilish bilan bir paytda amalga oshirildi. Mustabid tuzum 
davrida bunday bo`lishi tabiiy edi.O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikka 
erishgandan keyin qatag`on qilinganlarning ko`pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi. 
Ularning porloq nomlari tiklandi. Mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning 
tashabbusi bilan 2000yil 12-mayda Toshkent shahridagi Yunusobod mavzesida 
— Bo`zsuv bo`yida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui ochildi. U mustabid 
sovet rejimi davrida qatag`on qilingan shahidlar xotirasiga bag`ishlab o`rnatilgan 
bo`lib, millat fidoyilarining aksariyati shu yerda otib tashlangan edi. LKarimov 
yodgorlik majmuining ochilish marosimida so`zlagan nutqida kommunistik rejim 
qatag`onlarining asl mohiyatini quyidagicha ochib bergan edi: «Zulm va 
zo`ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o`zligini, milliy qadr-
qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak xalqni uyg`otishga, 
xalqni boshqarishga qodir bo`lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo`lida fidoyilik 
ko`rsatgan barcha aqlzakovat sohiblari jismonan yo`q qilindi... Mana shular 
qatorida siyosatdan mutlaqo uzoq bo`lgan ming-minglab oddiy dehqonlar, 
hunarmand-kosiblar, ishchi-xizmatchilarning begunoh qurbon bo`lib ketgani 
tasawurga ham sig`maydigan ayanchli bir holdir».2001-yildan boshlab 
O`zbekiston Respublikasida har yili 31-avgust — Mustaqillik e'lon qilingan kun 
qatag`on qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanadigan bo`ldi. Bu minnatdor 
avlodlarning o`z ajdodlari xotirasiga ehtiromidir. 

Download 67.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling