Mundarija : Kirish I bob. O’lkamizda saqlanib qolgan urf odat va ma’rosimlar


Download 78.75 Kb.
bet1/8
Sana15.06.2023
Hajmi78.75 Kb.
#1477835
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’lkamizda saqlanib qolgan urf odat va ma’rosimlar Jizzax va Samarqand misolida



M U N D A R I J A :
Kirish……………………………………………………………………… 3
I BOB. O’LKAMIZDA SAQLANIB QOLGAN URF ODAT VA MA’ROSIMLAR ……………………………………………………....... 5

    1. O’zbekiston madaniyati va urf odatlari………………………………… 5

1.2.Milliy qadriyatlarimizning qadr topishi – milliy tiklanishimizga zamin yaratish……………………………………………………………………… 9
II BOB. JIZZAX VA SAMARQAND URF-ODATLARI……………………………………………………………... 19
2.1. Jamiyat aholisining oila va oilaviy an’analari………………………… 19
2.2. Samarqand milliy urf-odatlarlari……………………………………… 28
III BOB. URF-ODATLAR VA AN’ANALARNI SAQLAB QOLISH VA RIVOJLANTIRISH……………………………………………………... 30
3.1. 2002 yildagi o’lkamiz an’analariga e’tibor…………………………… 30
XULOSA………………………………………………………………… 35
ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………………… 38

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi- Uzoq umr ko‘rgan, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan kishilarni ramziy ma'noda – “jonli qomus” deb ta'riflashadi.Mustaqillik qanchalik ulug‘ ne'mat ekanligi haqida o‘sha sobiq mustabid tuzumni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, milliy qadriyatlarimiz toptalgan mudhish kunlarni boshidan kechirganlar aniq va asosliroq, ta'bir joiz bo‘lsa, jonliroq so‘zlaydilar.
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligini e'lon qilgach, o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini sobitqadamlik bilan belgilab olishga kirishgan. Yurtimizning istiqlol va taraqqiyot yo‘li – iqtisodiyot bilan bir qatorda ma'naviyat, milliy qadriyatlarni ham tiklashdan iborat edi. O‘tgan yillar mobaynida biz o‘zligimizni anglash yo‘lida ulkan yutuqlarga erishdik. 1992 yil 8 dekabrь kuni qabul qilingan Asosiy Qonun – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamiyatimizning asosiy tamoyillarini va davlatimizning siyosiy-ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy tuzilmalarini hal qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, erkin demokratik kelajagimiz aniq belgilab berilgan. Aytish joizki, bizning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, shart-sharoitlari va xususiyatlarini, milliy an'analar va urf-odatlarimizga asoslangan.
Davlatimiz rahbari bo’lgan Islom Karimov qator nutqlarida jonajon O‘zbekistonimizning buguni hamda ertasi haqidagi aniq va qat'iy yo‘limiz haqida umidbaxsh g‘oyalarini ilgari surgandilar. Yurtboshimiz tashabbusi bilan o‘z davrida aniq tarixiy vaziyatga, o‘zbek xalqining ruhiyati va an'analariga asoslanib, islohotlarimizning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan. Bu ezgu niyatlar amalga oshirilishi uchun yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklatilganini to‘g‘ri anglamoq lozim.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq xalqimizni qaramlik kishanlaridan ozod qilishga, toptalgan milliy qadriyatlarimizni, dinu diyonatimiz, oru nomusimizni tiklash, o‘zligimizni anglashga, farovon hayot va yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurishga qaratilgan sa'y-harakatlar o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Prezidentimizning 1995 yil 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida so‘zlangan “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” sarlavhali nutqi xalqimiz qalbida kelajakka bo‘lgan umid va ishonch tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi. “Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida yangi davr boshlanmoqda,– deb ta'kidladi davlatimiz rahbari.– Ko‘ppartiyaviylik asosida saylangan parlament faoliyat ko‘rsatmoqda. Jamiyatning turli tabaqalari manfaatlarini ifoda etuvchi partiyalar asta-sekin o‘zligini anglamoqda va kuchga kirmoqda. Ular o‘z dasturini xalqqa yetkazishga, saflarini mustahkamlab, siyosiy tajriba orttirishga intilmoqda. Bu ham hayotimizning yangi qirralari, yangi sahifalaridir. Mana shunday sharoitda yurtimiz taqdiri, kelajagimiz uchun ishonch va qat'iyat bilan kurashadigan barcha kuchlarni birlashtiruvchi, kimning qaysi siyosiy kuch yoki partiya tarafdori bo‘lishidan qat'i nazar – ularning intilishini yaqinlashtiruvchi nuqtalarni topa bilish muhim ahamiyatga ega. Bu – bugungi kunning dolzarb va muhim vazifalaridan biridir”1. Shu davrdayoq xalqimizni birlashtiradigan, ruhan ko‘taradigan, ulug‘ maqsadlarga chorlaydigan g‘oyalar odamlar qalbiga asta-sekin singib, yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish xizmat qilayotganini anglash qiyin emasdi. Davlatimiz rahbari har bir chiqishida, mehnatkashlar bilan yuzma-yuz muloqotlarida mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlashga, davlatchiligimiz huquqiy poydevorini takomillashtirish, iqtisodiyotimiz istiqboli, erkin bozor yo‘lini izchil davom ettirishga da'vat etardi. Inson huquqlari va erkinliklarini, uning farovon hayotini, har bir oilaning to‘kin-sochin dasturxonini ta'minlashga qaratilgan rejalarini o‘rtaga tashlar edi.



Download 78.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling