Mundarija : Kirish I bob. O’lkamizda saqlanib qolgan urf odat va ma’rosimlar
Download 78.75 Kb.
|
O’lkamizda saqlanib qolgan urf odat va ma’rosimlar Jizzax va Samarqand misolida
2.2 Samarqad milliy urf odatlari.
Samarqand shahri qadimdan er yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror urf -odatlari, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga etgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan savdogarlar va sayyohlar bu shaharni bir marotaba ko‘rishni shuningdek an’analariga bir bora ishtirok etishni orzu qilishgan. Hazrat Navoiy ham bu shaharda bo‘lib, uning betakror go‘zalligi haqida asarlarida yozgan. Ajoyib shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur ham Samarqand shahrini beqiyos qadrlagan. Yevropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o‘zlari uchun sharaf deb bilganlar12. Oradan qancha asrlar o‘tsa hamki Samarqand hali xanuz odamlarni o‘ziga ohangrabodek jalb qilib kelmoqda. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari tiklandi. YuNESKOning qaroriga asosan Samarqand muzey va an’analarga boy shahar deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sa’y-harakatlari bilan Samarqand shahri o‘zgacha chiroy ochdi. Imom Ismoil al-Buxoriy nomidagi majmuaning qaytadan obod qilinishi, tarixiy yodgorliklarimizni asrab-avaylash bo‘yicha qator chora-tadbirlarning qabul qilinishi Samarqandni chinakam tarixiy muzey shaharga aylantirdi. Samarqand o’ta madaniyatli viloyatlar sifatida aks ettiriladi. Samarqand madaniyatida ko‘plab qiziqarli urf-odatlar va marosimlar mavjud. Ular orasida "Fotiha to‘yi" – unashtirish kuni ham bor. An’anaga ko‘ra, kuyovning oilasi o‘g‘liga kelin topadi. Birinchidan, hamma kelin haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘ladi: u qayerda o‘sgan, ota-onasi kim, munosibmi yoki yo‘qmi. Agar tanlangan kelinning obro‘si yaxshi bo‘lsa, kuyov tarafidan sovchilar kelinning ota-onasi bilan tanishish uchun boradilar. Bugungi dunyoda kelin va kuyov sovchilikdan oldin uchrashishlari mumkin. "Fotiha to‘yi" marosimi qiziqarli olib boriladi. ""Fotiha to‘yi" kuni kelinnikida mehmonlar to‘planadi, ya’ni kuyovning oilasi, ba’zi qarindoshlar va u yerdagi mahalla vakili yoki keksa odam – faxriy oqsoqol bo‘lishi kerak.Kuyovning vakillari tashrifning mohiyatini tushuntiradilar va, agar ular rozilik olishsa, "Non sindirish" deb nomlangan muhim marosim amalga oshiriladi. Yangi kelin va kuyov patirni teng sindirishganidan keyin ular unashtirilgan deb hisoblanadi. Marosimdan so‘ng oilalar sovg‘alar bilan almashadilar va to‘yni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olishadi. Yangi oilaning tug‘ilishi shunday boshlanadi! Samarqandda eng yuksak urf odatlar va yildan yilga tarixdan tarixga o’tib kelayotgan urf odatlardan jamlanmasi zardustlik, nonvoylik, mehmondo’stlik, kelin salom,beshik to’yi , sunnat to’yi va shu kabilardir. Download 78.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling