Mundarija : Kirish I bob. O’lkamizda saqlanib qolgan urf odat va ma’rosimlar
III BOB URF –ODAT VA AN’ANALARNI SAQLAB QOLISH VA RIVOJLANTIRISHGA BERILAYOTGAN E’TIBOR
Download 78.75 Kb.
|
O’lkamizda saqlanib qolgan urf odat va ma’rosimlar Jizzax va Samarqand misolida
III BOB URF –ODAT VA AN’ANALARNI SAQLAB QOLISH VA RIVOJLANTIRISHGA BERILAYOTGAN E’TIBOR.
3.1 2022 yildagi O’lkamiz an’analariga e’tibor. O’zbekiston respublikasi prezdenti Shavkat Mirziyoyivning bu yilgi dasturida shunday ibora va jumlalar aytib o’tildi va yana birbot takidlandi. “Urf-odat va an'analarini saqlab qolish va rivojlantirishga berilayotgan e`tibor” mavzusida tuman hokimligi bosh mutaxassisi Z.Amantursunov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. - Barchamizga ma’lumki, maqsadimiz - Urf odatlar-va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga berilayotgan e’tibor bu xalqimizning farovonligi oshishi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, milliy manfaatlarni himoyalash va maqsadli ilgari surish demakdir. – deydi Zokir Amantursunov o’z maruzasida. O‘zbekiston xalqining milliy-madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlash va boyitishdan iborat, tumanimizda bu sohada bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Biz doimo milliy o‘zlikni anglash, urf odatlar- va an’analarini saqlab qolish masalalariga ahamiyatimizni qaratib kelmoqdamiz, va bundan buyon ham ushbu hayotiy masalalar diqqat-markazimizda13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 7-oktabrdagi 222-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi” bo‘yicha tumanda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Tumanda nomoddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatga olinib, ularning yozma ma’lumotlar bazasi yaratildi va belgilangan tarkibda saqlanishi uchun yig‘ma jildlar tashkil qilindi.Tuman markaziy madaniyat markazi qoshidagi “Chinor” folklor dastasi tomonidan urf odatlar, marosimlar va bayramlarga bag‘ishlangan xalq og‘zaki ijodi namunalari har yili tumanda o‘tadigan Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida ijro etilib kelinayotgan “Kerakda-xo kerakda”, “Chelakda bozor”, “Oldilar”, “Xapalasi”, “Navro‘z sayli”, “Taralla -xo”, “Besh qarsak”, “O‘lan”, “Yalli jonim yalli”, “Durma-durma”, “Nayzangul”, “Bo‘shama”, “Payarig‘im” kabilar shular jumlasidandir. Bundan tashqari nomoddiy madaniy merosni yosh avlod ongiga singdirish maqsadida tumandagi 7-son To‘polos madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan bolalar folklor jamoasiga ham ushbu xalq og‘zaki ijodi namunali o‘rgatilib, dasturiga kiritildi. Markaziy madaniyat va aholi dam olish markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha tumanda mahallada va madaniyat markazlari bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbattda markazda nomoddiy madaniy meros obyektlarini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan. Quyidagi nomoddiy madaniy meros obyektlari o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari (shu jumladan, til-nomoddiy madaniy merosni ifodalash faktori sifatida); Mahalliy ro‘yxat obyektlarini ma’lumotlar bazasi yaratilgan (matni, foto, video intervyular yig‘ilmoqda). Har bir obyektning ijtimoiy va madaniy vazifasi14 Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqini o‘zini anglashi, tarixiy merosini tiklash o‘zlikni anglash jarayonida milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlarni tiklash, xalqimiz o‘rtasida targ‘ib qilish ishlari olib borish, shuningdek, nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va asrash, har bir obyektning ijtimoiy va madaniy muhofazasi nomoddiy madaniy meros obyektlari bilan shug‘ullanuvchi mas’ul xodimlar tomonidan muhofaza qilinadi. Yo‘qolish arafasida turgan noyob nomoddiy madaniy meros obyektlari nomoddiy madaniy meros obyektlari bilan shug‘ullanuvchi mas’ul xodimlar tomonidan aniqlanishi bo‘yicha bo‘limda chora-tadbirlar rejasi tuzilgan va reja asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Payariq tumanida o‘zbeklardan tashqari tojik, rus, qozoq kabi turli millat vakillari istiqomat qilishadi. Tumanning qadimiy aholisi azaldan dehqonchilik, hunamandchilik, chorvachilik va savdo bilan shug‘ullanib kelganlar. Tuman aholisi turmush tarzida qadimdan o‘ziga xos rivojlangan hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan bog‘liq xususiyatlar o‘z aksini topgan. Payariq tumani aholisi turmush tarzida qadimiy falsafiy, diniy, taqvimiy tasavvurlari hamda xo‘jalik an’analari bilan bog‘liq urf-odat, marosim va bayramlar mavjud. Jamoaviy hayot o‘zida turli an’analarni mujassam etgan. Ular asrlar mobaynida ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelmoqda. Mazkur urf-odat va marosimlarni taqvimiy, mehnat, oilaviy va diniy kabi guruhlarga bo‘lish mumkin. Ushbu qadimiy an’analar o‘zida yangicha ko‘rinishlarni ham mujassam etgan holda xalqimiz turmush tarzida hozirga qadar yashab kelayotgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: Navro‘z, Mehrjon, lola sayli, boychechak sayli, sunbula sayli, gul bayrami, suv sayli, qor xat, yerga urug‘ qadash, oblo baraka, hosil bayrami, uzum sayli, qovun sayli, chorvani yaylovga haydash, jun qirqimi, beshik to‘yi, sunnat to‘yi, muchal to‘yi, nikoh to‘yi, Qurbon hayiti, Ramazon hayiti, Laylat ul Qadr, Payg‘ambar yoshi, Mavlud. Mazkur urf-odat va marosimlar o‘zbek xalqi etnomadaniyatida muhim o‘rin tutadi. Ularning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga borib taqalib, tarixning turli bosqichlarida ba’zan tazyiqlarga uchrab, ba’zan yangicha ko‘rinish olib, hozirga qadar yetib kelgan. Bunga misol tariqasida Navro‘z, Mehrjon, Darveshona kabilarni olishimiz mumkin. Qo‘sh chiqarish Chigit ekish, Mehrjon Hosil bayrami, Birinchi chanoq kabilar bilan almashgan. Xalqimizning turmush tarzida yil taqvimi bilan bog‘liq turli xil udumlar, urf-odat va marosimlar mavjud bo‘lib, ularning barchasi Sharq xalqlarining quyosh taqvimidagi birinchi kun bo‘lmish Navro‘z (Nav-Yangi, Ro‘z-kun) bayramidan boshlanadi. Biz katta tantanalar bilan nishonlayotgan ulug‘ ayyom, bahor bayrami - Navro‘zni ajdodlarimiz tabarruk kun deb bilib, uni katta quvonch va xursandchilik bilan o‘tkazishga harakat qilganlar. Zamonamiz tarixchilari Navro‘zning tarixiy ildizlarini tosh asri (yer.av.10-5 ming yillar) ga borib taqaladi, degan xulosani bildiradilar. Navro‘z bayram tarzida nishonlana boshlangandan beri o‘tgan turli hukmdorlar va davlat xizmatida bo‘lgan yuqori martabali tarixiy shaxslar ham ushbu bayramni nishonlashga turfa xil munosabat bildirganlar. Zamonamizda esa mazkur milliy bayramga juda katta e’tibor berilib, turli hududlarda o‘ziga xos tarzda nishonlanmoqda. Jumladan, Payariq tumanining barcha tumanlarida ham bahor kelishi bilan yosh-u qari ushbu bayramni intiqlik bilan kutadilar va unga tayyorgarlik ko‘radilar. Navro‘z bilan bog‘liq udumlarni ikkiga: bayramdan oldin va bayramdan keyin o‘tkaziladiganga bo‘lish mumkin. Bayramgacha bo‘lgan tadbirlarga ekin-tekin ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, ko‘chalar, hovli-joylar, ziyoratgoh va mozorlarni tozalash, bayram taomlarini pishirish kabilar kiradi15. Navro‘z oldidan barcha mahallalar, ko‘chalar, qishloq qabristonlari, atrof-muhit tozalanib, yangi yilning barcha uchun xayrli kelishini Allohdan so‘rab "xudoyi", "darveshona" kabi marosimlar o‘tkaziladi. Odamlarning o‘zlari ham yangi yilni poklangan holda kutib olishga harakat qiladilar. Har yili Navro‘z bayramida doshqozonlarda sumalak, halim va boshqa bahoriy taomlar pishiriladi. Ushbu taomlar ichida eng keng tarqalgani sumalak bo‘lib, bu taomni tayyorlashning o‘zi alohida bir marosim hisoblanadi. "Sumalak" kalimasi "sharbat uchun undirilgan arpa" yoki bug‘doy ma’nolarini anglatuvchi qadimiy turkiy so‘z "suma"dan kelib chiqqan. Qadimgi ajdodlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasining yorqin namunasi bo‘lgan Navro‘z tabiat va hayotning qayta tug‘ilishi bilan birga, poklik va shodlik, ma’naviyat va birdamlik, milliy iftixor, o‘zlikni anglash va hamjihatlik ramzi hisoblanib, bahoriy marosimlarni boshlab beradi va butun bir faslni o‘z ichiga qamrab oladi. Mehrjon bayrami esa o‘zbeklar orasida kuzgi tengkunlikda o‘tkaziluvchi qadimiy taqvimiy bayram. "Mehrjon" dehqon va chorvadorlarning eng tantanali ravishda o‘tadigan bayramlaridan biri sanalgan. Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida "Quyosh va oy falakning ikki ko‘zi bo‘lganidek, Navro‘z va Mehrjon zamonning ikki ko‘zidir", - deb bejiz ta’kidlamagan. Mazkur bayram qadimiy forslar taqvimidagi yettinchi oyning nomidan olingan bo‘lib, 23-sentabrdan 22-oktabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozilishicha "..."mehr" - Quyosh nomi, Quyosh shu kuni olamga zohir bo‘lib, (bayram) uning nomi bilan atalgan". Beruniyning ta’kidlashicha "Zardusht Mehrjon bilan romro‘z (ushbu oyning 21 kuni)ni birga hayit qilishni buyurgan. Keyinchalik mazkur bayram huddi Navro‘zdagi singari bir oy davomida aholining turli tabaqalari o‘rtasida besh kundan bayram qilingan". Demak, qadimdan "Navro‘z" yangi yil va yangi ish mavsumining boshlanishi sifatida tantana qilingan bo‘lsa, "Mehrjon" o‘simliklar dunyosining o‘sishdan to‘xtab, "uyquga ketishi" va mehnat mavsumining yakunlanishi sifatida bayram qilingan. Hozirda esa "Mehrjon" o‘zining asl ma’nosini yo‘qotib, "birinchi chanoq", "paxta bayrami" va hosil bayramlariga bo‘lingan holda davom etmoqda. Xalqimizda har bir meva yoki sabzavotga bag‘ishlangan alohida sayllar bilan bir qatorda, ularning barchasiga bag‘ishlab bir yo‘la o‘tkaziladigan bayram ham bo‘lgan. U "Hosil bayrami", "Hosil to‘yi" yoki "Xirmon to‘yi" deb atalgan. Bu bayramlar mehnat mavsumlari yakunlanib, dehqonlarning bo‘sh vaqtlarida uyushtirilgan. "Hosil bayrami" tomosha - o‘yinlarga juda boy bo‘lganidan, katta sayilga aylanib ketgan. Hozirgi davrda bunday bayramlar tuman markazlarida o‘tkazilib, ularda karnay-surnaychilar, polvonlar, dorbozlar, turli ansambllar ishtirok etadilar. Shuningdek, bu kabi bayramlarda o‘zbek xalqi an’anaviy o‘yinlaridan bo‘lgan uloq - ko‘pkarining o‘tkazilishi odamlarga o‘ziga xos xursandchilik baxsh etadi. Hozirgi davrda oldiga qo‘ygan rejalarini amalda bajara olgan tumanlarda har yili mehnat mavsumi yakunlanganidan so‘ng navbati bilan "Hosil bayram" lari o‘tkazib kelinmoqda. Hosil yig‘imi oldidan o‘tkazilib kelinadigan marosimlar zamirida shukronalikka xos ko‘rinishlar mavjud bo‘lishi bilan birga hosilni magik himoyalash yoki unga qo‘yilgan tabuni olib tashlash kabi g‘oyalar ham yetakchilik qiladi. Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni Urf odatlar-va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish kelgusi avlodlarga etkazishdan iboratdir. XULOSA Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi. Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz emas. Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda. Umuman olganda, xalqimizning tarix sinovlaridan o'tgan bayramlari marosimlari, urf-odatlari xalqimizning milliy xususiyatlari, qadriyatga aylangan xalqchillik ruhi bilan sug'orilgan jihatlarini, halollik, poklik, mehnatsevarlik xislatlarini namoyon etadi. Xalqning o'ziga xos milliy, ruhiy ko'rinishlarining barchasi xalq to'ylarida o'z ifodasini topadi.Aynan mazkur marosimlar va odatlar yashovchanligining asosiy sababi ularning asosiy mazmun mohiyati hamda maqsadi kelajak avlod davomiyligini ta'minlashga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Ammo so'ngi kunlarda xalqimiz orasida to'y marosimlaridagi asosiy e'tibor yoshlarning baxtli bo'lishiga emas, quda tomonning to'y uchun qilgan xarajati miqdoriga qaratilmoqdagiki, bu jamiyatning ma'naviy muhitiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, aholining aksariyat qismi orasida to'y marosimlari uchun sarf-xarajatlarning oshib borayotganligi, isrofgarchilik, ko'p sonli mehmonlarning taklif etilishi-bu yillar davomida kutilgan orzu-havasning yaxshi niyatda amalga oshirilayotganidan ko'ra, xalq orasida "kim o'zarga" obro' talashishga aylanib qolgan. Natijada so'ngi kunlarda milliy to'y an'analarimizga aloqasi bo'lmagan, ayrim qo'shtirnoq ichidagi urf-odatlarga mos bo'lish uchun daromadlariga yarasha emas, balki qarz olib bo'lsada , katta sarf-xarajat qilishmoqda. Buning oqibatida to'ydan keyin kelib chiqadigan kelishmovchiliklar yoshlarimizni ajrashib ketishlariga ham sabab bo'lmoqda, yoki oilani bir necha yillar davomida qiynalib yashashga majbur qilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatni e'tiborga olib diniy ulamolar, imom-xatiblar aholi orasida marosimlarda isrofgarchilikka yo'l qo'yib bo'lmasligi, islom dinida to'ylar va ma'rakalarda katta sarf-xarajatlar oqlanmasligi haqida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.Yuqoridagi mavjud vaziyatni inobatga olib O'zbekiston Respublikasining parlamenti 2019 yil 14 sentabr kuni "To'y hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish" to'g'risidagi qarorni qabul qildi. Qarorda har xil ko'ngilsizliklarning oldini olish maqsadida to'y hashamlar va boshqa oilaviy tadbirlarning davomiylik vaqti hamda chaqiriladigan mehmonlar soni aniq belgilandi. Shuningdek qarorda to'y marosimlarining katta xarajat talab etadigan har bir qismiga to'xtalib, asosiy e'tibor to'ylarning ixchamligi va kamxarajatli qilib o'tkazilishiga qaratilgan. Download 78.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling